3. Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi.
Eramizdan avvalgi 416-yilda Sitsiliyaning kichik bir shahri Egesta o`z qo`shnisi, qudratli
Sirakuza qo`llab-quvvatlab turgan, doriylarning Selinuntiga qarshi kurashda Afinadan yordam
so`raydi
45
. Afina savdogarlarini Sitsiliyaning hosildor yerlaridan joy olish o`ziga jalb qilgan
bo`lsa, dengizchi va eshkakchilarni uzoq sayohat o`ziga tortardi. Xalq yig`ini katta flot va
qo`shin yuborishga qaror qildi. Tashqaridan qaraganda bu Egestaga ko`rsatiladigan yordam edi,
aslida esa ular Sirakuzaga qarshi kurashib, butun Sitsiliyani egallab olishmoqchi edi. Bu
ekspeditsiya(harbiy harakat, yurish) uchta strategga bo`lib berilgan edi–Alkiviadga, Nikiyga va
Lamaxga. Eramizdan avvalgi 415-yilning bahoriga kelib hammasi tayyor bo`ldi va 6mingda
41
Война Афин со Спартой. Fraktal-vortex.narod.ru sayti.
42
The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti.
43
Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti.
44
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,207.
45
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.266.
- 12 -
ortiqroq jangchi joylashtirilgan ulkan armada urushga shay holatda Pireyga e`tiborini jamladi
46
.
Ammo suzib ketish oldidan boshlangan barcha harakatlarga soya solgan noxushlik sodir bo`ldi.
Bir kechada Afinada qandaydir bezorilar hamma germlarni – savdo va sayohat xudosi Germes
tasvirlangan tosh ustunlarni-buzib ketishibdi. Ammo bu voqea ko`pchilik tomonidan shunchaki
bir necha ichib olgan yoshlarning bezoriligi emas, balki fitnachilarning demokratiyaga qilgan
tahdid da`vati sifatida qabul qildi. Darhol tergov ishlari boshlandi. Bu ish bo`yicha hech narsa
topilmadi, lekin boshqa narsa aniqlandi: Alkviad Elevsin misteriyalari(dininy marosim) parodiya
qilganlikda ayblandi. Qudratli strateg darhol sud qilib hammasini aniqlashtirib olishini talab
qildi. Biroq ish qoldirildi va Alkiviad uzoq yo`lga shubha ostida chiqishiga to`g`ri keldi.
Sitsiliyada ularni yaxshi kutib olishmadi: Naksos darvozalarini ochdi, lekin Katanga kuch bilan
kirishga to`g`ri keldi. Bu ikki shaharda o`rnashib olgach afinaliklar Sitsiliya qirg`oqlarining
ichkarirog`iga suzishdi. Afinaliklarning asl maqsadi ko`pgina sitsiliyaliklarga ayon bo`lib
bo`lgan edi, Sirakuzada yaqinlashib kelayotgan noxushlikka tayyorgarlik ko`ra boshlashdi. Bu
orada Afinada “muqaddas marosim” tergov ishlari davom etardi. Alkiviadni xush
ko`rmaydiganlar bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi edilar. Alkiviadga qarshi ish ochildi va uni
Afinaga sud uchun olib kelish uchun Sitsiliyaga maxsus kema yuborildi. Alkiviad kelganlar bilan
tinch yo`lga tushdi ammo yo`lda kemadan qochib, qirg`oqqa yashirinishga muvaffaq bo`ldi. U
suddan qochganligi bilan o`z aybini isbotladi. Afinada uni o`limga hukm qilishdi, ismini
lan`atlab, mulkini musodara qilishdi
47
. Ekspeditsiya poydevori bo`lgan Alkiviadning yo`qligi
voqealar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Bosh qo`mondonga aylanga Nikiy eng yaxshi
yo`llar bilan harakat qilmayotgan edi. Eramizdan avvalgi 414-yilning bahoridagina afinaliklar
Sirakuzaga yaqin kelib uni qamal qila boshlashdi. Qish bo`yi sirakuzaliklar shahar atrofida yangi
himoya chizig`ini yaratishdi, kuchli qo`shin to`plab Peloponnes davlatlarining qo`llab-
quvvatlashi va yordamidan bahramand bo`layotgan edilar. Ular afinaliklarning qamal
harakatlarini yo`qqa chiqarishni uddalashdi
48
. Eramizdan avvalgi 413-yilning bahorida
sirakuzaliklar dengizda ham ancha jonli harakat qilishga o`tishdi. Sirakuza yonidagi Afina
qo`shinlari xavf ostida qolgandi. Bu orada Gretsiyaning o`zada ham urush qaytalandi. Eramizdan
avvalgi 414-yildayoq spartaliklar armiyasi Afinaning ittifoqdoshi Argos yerlariga bostirib
kirdi
49
. Javob shu bo`ldiki, afinaliklar floti Lakonika qirg`og`iga hujum qildi. Afinani tinchlik
sulhini buzganlikda ayblab (afinaliklar bunda eramizdan avvalgi 419/18-yilda spartaliklarni
ayblashgan edi) spartaliklar qo`shini shoh Agis qo`mondonligida keyingi bahorda Attikaga
bostirib kirishdi. U paytga kelib Spartaga o`tishga muvaffaq bo`lgan Alkiviadning maslahatiga
ko`ra ular Afina shimolidan 20 km uzoqlikdagina joylashgan Dekeleyani egallashdi va
Attikaning yarmini doimiy kuzatuv ostiga olishdi. Spartaliklar Afinaga qarshi hamma
operatsiyalarini Dekeleyadagi bazalariga tayanib olib borganliklari uchun Peloponnes
urushlarining bu so`nggi bosqichini Dekeleya urushi deb ham ataladi.
Spartaliklarning Afinaga bu qadar yaqinda ekanligi dahshatli tahdid uyg`otardi. Shunga
qaramay afinaliklar Sitsiliyadagi kampaniyani davom ettirishardi. Eramizdan avvalgi 413-yilning
yozida ular u yerga yangi, avvalgisidek katta flot va qo`shinlarni mashhur Demosfen
boshchiligida yuborishdi. Bunday yordam kuchlarining yetib kelganligi afinaliklar g`alaba
qozonish imkoniyatlarini
oshirishi
kerak
edi.
Biroq Sitsiliya va Peloponnesdagi
ittifoqdoshlaridan yordam yetib kelgan sirakuzaliklar ham chekinishni hayollariga ham
keltirishmadi. Ikkita jangda Afina floti mag`lub bo`ldi. Harakatlana olmaydigan yarador va
kasallarni qoldirib ruhi cho`kkan afinaliklar Sitsiliya janubiga yo`l olishdi. Biroq yo`lda Nikiy va
Demosfen guruhlari bir-birlaridan ajralib alohida-alohida sirakuzaliklar qurshoviga tushib
qolishdi. Asirga tushgan afinaliklarni sirakuzaliklar tosh konlariga ko`mib tashalashdi. Nikiy va
Demosfenni esa tinch holatdagi davlatga asossiz hujum qilgan qo`mondonlar sifatida qatl
qilishdi. Afinaning Sitsiliyadagi mag`lubiyati ulkan talofotli bo`ldi. Shunchalik ko`p odam va
46
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,208.
47
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.275.
48
The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti.
49
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,208.
- 13 -
kemalar yo`qotilgan ediki, ularni yaqin yillar ichida tiklab olishning iloji yo`q edi. Spartaliklar
esa Dekeleyaga yaxshi o`rnashib olishdi. Ular qancha uzoq muddat qolishsa, Attika shuncha
zarar ko`rardi: qishloq xo`jaligi hududlari xonavayron bo`lgandi, Lavr konlaridan kumush qazib
olish qiyinlashib borardi va bu ham yetmagandek dushman boshiga hunarmandchilikda band
bo`lgan 20 ming qul yopirilib kelgan edi
50
. Afinaning eng muhim ittifoqdosh shaharlari – Evbey,
Lesbos va Xios – yashirincha peloponnesliklar bilan aloqaga kirishishdi. Tez orada bu harakat
butun Ioniya va Eliodani egalladi. Separatistlarni qo`llab-quvvatlash uchun spartaliklarga katta
flot kerak edi. Biroq uni qurish kattapulni talab qilardi, spartaliklarda esa u yo`q edi. Bunday
sharoitlarda Spartaning Eron bilan yaqinlashuvi sezildi. Sparta kerakli ko`makni oldi, ammo ular
fors hukmdorining butun Kichik Osiyoda, bir necha sohilbo`yi grek shaharlarini ham hisoblagan
holda, hukmronligi va hokimiyatini tan oldilar. Eron Sparta yordamida o`zining eski dushmani
Afina bilan hisobni tenglashtirib olish imkoniyatiga ega bo`ldi. Eramizdan avvalgi 412-yilning
butun ikkinchi yarmini afinaliklar bor kuchlari bilan ketgan ittifoqdoshlarini qaytarishga
urinishdi
51
. Afina floti Lesbosni qayta bo`ysundira oldi, ammo Xiosga qarshi harakatlar natija
bermadi, Milet yaqinidagi operatsiyani esa kuchli Peloponnes floti kelib qolganligi uchun
to`xtatishga to`g`ri keldi. Eramizdan avvalgi 411-yilning boshiga kelib Afina qo`li ostida Lesbos,
Samos, Kos va ikki-uchta Kichik Osiyo sohillaridagi shaharlar qoldi. Bu barcha omadsizliklar
natijasida eramizdan avvalgi 411-yilda Afinada siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Antidemokratik
harakatlarga Samos yaqinidagai Afina floti komandirlarining bir qismi qo`shildi. Spartaliklar
bilan janjallashib, fors satrapi Tissafern huzurida qo`nim topishga ulgurgan Alkiviad Samosdagi
Afina qo`mondoni bilan aloqa o`rnatib, ularni uni haydab yuborgan demokratiyani hokimiyatdan
ag`darishga undardi. Buning evaziga forslar bilan Afina foydasiga kelishuvga erishishga yordam
berishni taklif qiladi. To`ntarish ideologi(g`oyaviy rahnamosi) sofist Antifont, asosiy ijrochilari
esa harbiylar Pisandr va Frinix bo`ldilar. Eramizdan avvalgi 411-yilning bahorida Pisandr o`z
tarafdorlarining guruhi bailan Samosdan Afinaga yetib keldi. Bu vaqtga kelib shaharni
allaqochon antidemokratik harakat egallab olgandi: oligarxlar jamoasi aholini terrorlashtirar edi.
Xalq sardorlari – ular ichida Androkl ham bor edi–kuch bilan chetlashtirilgandi. Dahshatga
tushgan fuqarolarni yig`inga chaqirishdi va u yerda Pisandrning taklifi bilan davlat boshqaruv
usuli o`zgartirildi: to`laqonli fuqarolar soni 5 ming badavlat afinaliklar bilan cheklangan edi,
butun hokimiyat oligarxlarning 400 lar Sovetiga topshirildi
52
. Ommaviy to`lovlar va bo`lib
berishlar bekor qilindi. Oligarxiya g`olib bo`ldi, ammo ularning g`alabasi uzoqqa cho`zilmadi.
Aholining katta qismi demokratik an`analar davomchisi bo`lgan Afinada oligarxik tuzumning
mustahkam va uzoq davom etishi uchun poydevor yo`q edi. Oligarxlarning Samosdagi flot va
qo`shinni o`z nazoratiga olish harakatlari samarasiz bo`ldi. Demokratiyaga moslashgan
jangchilar dengizchilar, eshkakchilar oligarxiya haqida eshitishni ham xohlashmasdi. To`ntarish
tarafdorlari bo`lgan komandirlar vazifasidan ozod etildilar, ularning o`rniga yangilari tanlandi.
Hokimiyatga kelgan oligarxlar hatto eslamagan Alkiviad o`sha vaqtdayoq Samosdagi
demokratlarga o`z xizmatini talkif qiladi va ular uning qo`mondonlik qobiliyatlariga muhtojlik
sezgan holda uni komandirlar qatoriga qo`shishadi. Afinaning o`zida esa 400 lar hukumati
yaxshi holatda emasdi. Shuning uchun oligarxlarning bir qismi Antifont boshchiligida
kapitulyatsiya(qo`shinlarni olib chiqib ketish) yo`li biln bo`lsa-da Sparta bilan kelishuvga
kirishni talab qilardi. Bu bilan ular yetishmayotgan quvvatni spartaliklardan olmoqchi edilar.
Bunga boshqa guruh Feramen boshchiligida qarshilik qilardi. Afinadagi ichki inqirozdan
foydalangan spartaliklar kanallarda (suv yo`llarida) operatsiyalarni boshlab yuborishdi. Ularning
u yerda paydo bo`lishlarining o`ziyoq Afina ittifoqchilarining ajralib ketishi uchun yetarli edi va
tez orada afinaliklar qo`lida Xersones Frakiyskiy va Osiyo qirg`oqlaridagi Lampsakgina qoldi.
Afinaliklar uchun yana bir dahshatli zarba Evbeyaning boy berilishi bo`ldi–u yerga ular o`z
domenlari sifatida qarashga o`rganib qolishgandi, u yer Attikadan kam bo`lmagan non berib
turardi. Evbeyaning boy berilishi Afinaninyangi inqirozga olib keldi: 400lar hukumati quladi va
50
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,208.
51
То произведение… - ст.209.
52
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,210.
- 14 -
boshqaruvga Feramenning konservativ ruhdagi guruhi keldi (eramizdan avvalgi 411-yil kuz)
53
.
Endi yangi yo`nalish ishlab chiqildi(unga ko`ra hokimiyat o`sha 5mingtalar yig`iniga
uzatilgandi). Bunga konservativ siyosat tarafdorlari bo`lgan Fukidid va Aristotel katta baho
berishdi. Yangi hukumat Alkiviadga amnistiya haqida qaror qabul qildi va shu bilan flot bilan
hamkorlikka yo`l ochdi. Uchta ketma-ket jangda Alkiviad va afinaliklar Peloponnes flotini yer
tishlatishdi hamda kanallar(suv yo`llari) ustidan deyarli mutlaq nazoratni qo`lga olishdi. Afinada
bu g`alabalardan ruhlangan xalq boshini ko`tardi va eramizdan avvalgi 410-yil bahorda
demokratik tuzum to`laligicha tiklandi
54
. Ularning muvaffaqiyati sezilarli darajada Alkiviadning
dadilligi va mahorati tufayli edi. Bu sarkardaning obro`si qaytadan orta boshladi. O`sh og`ir
damlarda ko`plar an`anaviy yo`lda harakat qilayotgan siyostachilarga nisbatan ishonchlarini
yo`qotgan edilar va xodolar suygan omadli sarkardagina Vatanni halokatdan saqlab qolishi
mumkin degan fikrga kelishgan edi. Eramizdan avvalgi 407-yilda Alkiviad o`z yurtiga qaytdi va
Afina xalqi tomonidan yuksak kutib olindi. U oltin chambarak bilan mukofotlandi va quruqlik va
dengizdagi yakka qo`mondon etib tayinlandi. O`sha yilning so`ngidayoq 100ta trierdan iborat
eskadraga bosh bo`lib Alkiviad Afinadan Ioniyani zabt etish uchunyo`lga chiqdi
55
. Bu urada
spartaliklar o`z flotlarini tiklab olishdi va Efesda afinaliklarni ham deyarli o`shanday eskadra
kuttib turardi. Sparta flotining qo`mondoni mag`rurlik va shon-shuhratga intilishda Alkiviaddan
qolishmaydigan mohir sardor Lisandr bo`ldi. U Kichik Osiyodagi yangi fors hukmdori–Sparta
flotining ta`minotini o`z bo`yniga olgan – Kir Kichkina bilan yaxshi aloqalar o`rnatgan edi.
Eramizdan avvalgi 406-yilning bahorida Alkiviadning vaqtinchalik yo`qligidan foydalangan
Lisandr Afina flotini qisman talofot yetkazdi. Afinliklarga yetkazilgan zarar sezilarli darajada
emasdi, biroq kayfiyati o`zgaruvchan demos Alkiviadga sovidi va u strateglikka qayta
saylanmadi. Xafa bo`lgan Alkiviad Afinadan ketdi. Bu orada Sparta floti 140 ta trierga yetdi.
Afina floti Lesbosdagi Mitelena bandargohida yakson qilindi. Afinada Akropoldagi
ibodatxonalarda saqlangan qimmatbaho buyumlar pulga aylantirildi; bu pullar 110 ta trierdan
iborat yangi flotni shakllantirishga sarflandi. Fuqarolar yetishmaganligi sababli unga meteklar va
ozod qilingan qullar ham olindi. Bu flot Lesbosga yo`l oldi va Lesbos va materik orasodagi
dahshatli to`qnashuvdan keyin peloponnesliklarni yakson qiladi. Ular kemalarining yarmidan
ayrilishdi. G`alaba hal qiluvchi edi, biroq tushkunlikka tushgan Afina xalqi strateglarni
zararlangan yoki cho`kayotgan o`z kemalaridagi dengizchilarni qutqarib olmaganlikda aybladi.
Sudga kelgan hamma strateglar Afinada o`limga hukm qilindi. Boshqaruvdagi bu demosning
bunday harakatlari qo`shin ruhiyatiga yomon ta`sir o`tkazdi: strateglar muhim va mas`uliyat
talab etadigan qarorlarni qabul qilishga qo`rqib qolishdi. Eramizdan avvalgi 405-yilning
bahorida Lisandr boshchiligidagi Sparta floti Gellespontda urush harakatlarini boshlab yubordi
56
.
Afina strateglari Egospotama daryosining quyilish joyi yaqinidagi Xersones Frakiyskiy sohilida
uncha omadli bo`lmagan pozitsiyani egallashdi. Lisandr qulay fursatni poylab kutilmagan da
afinaliklarga hujum qildi. Afina kemalari qirg`oqda ekipajsiz turar edilar va spartaliklar ularni
osongina egallashdi. Spartaliklar qo`liga ko`plab afinaliklar va mahalliy aholidan asir tushdi.
Lisandr ular ichidan aynan Afina fuqarolarini ajratib olib(ular 3mingga yaqin edi) ularni qatl
ettirdi. Egospotama yaqinidagi mag`lubiyat afinaliklar uchun katta falokat edi. Endi ularda
yo`qotilganlarni tiklab olishning haech qanday imkoniyati qolmagan edi. Afina davlatining
taqdiri hal bo`lgan edi. Afina mulklari bo`ylab Lisandr o`z reydini boshladi. Hamma shahrlarda
haydab chiqarilayotgan Afina garnizonlarining o`rniga o`zinikilarni joylashtirdi hamda oligarxik
hukumat –dekarxiya(10lar komiteti)ni o`rnatdi. Eramizdan avvalgi 405-yilning kuzida Lisandr
150ta kema bilan Afina yaqinida paydo bo`ldi
57
. Bir vaqtning o`zida shahrga ikki tomondan
spartalik piyoda qo`shinlar yaqin kela boshlashdi. Afina tor blokada halqasi bilan o`rab
olingandi. Qish boshlarida shaharda ochlik boshlandi. Uning ta`siri bilan afinaliklar muzokaralar
53
Historical Commentary on the Peloponnesian war. Classics.mit.edu sayti
54
Война Афин со Спартой. Fraktal-vortex.narod.ru sayti.
55
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.349.
56
Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti.
57
Золотой век Древней Греции и Пелопоннесскаявойна. Хreferat.ru sayti.
- 15 -
olib borishdi. Ammo spartaliklarning Afinani Pireya bilan bog`lab turgan Uzun devorlarni buzib
tashlash talabi afinaliklarga oshib tushdi va muzokaralar to`xtib qo`yildi. Biroq eramizdan
avvalgi 404-yilning bahorida qamaldagilarning ahvoli chidab bo`lmas darajaga keldi
58
. Tinchlik
tarafdorlari ustun kelishdi; Afina uchunjuda og`ir sharoitlarda tinchlik sulhigab kirildi. Ular
barcha tashqi mulklaridan ayrilishdi, Uzun devorlarni buzishga va spartaliklarga barcha
kemalarini, o`z bandargohlarini qaroqchilardan himoya qilishga yetarli 12 ta kemadan tashqari,
topshirishga majbur bo`ldilar. Ularni barcha quvg`in qilinganlarni(demokratiya dushmanlarini!)
qaytarib olishga majbur qilishdi; Afinaning tashqi siyosati butunlay Spartaga qaram bo`lib qoldi.
Eramizdan avvalgi 404-yilning aprelida lisandr Afinaga kirib bordi va darhol g`oliblar
xursandchiligida Uzun devorlar buzilishi boshlandi. Keyin Lisandr Samosga yo`l oldi. U yerda
mahalliy demokratiya Afinaga chindan sodiq qolgan edi. Uzoq muddatli qamaldan so`ng
samosliklar ham kapitulyatsiya qilishga majbur bo`ldilar va shu bilan Peloponnes urushi
haqiqatdan o`z nihoyasiga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |