1. Urush arafasida Yunoniston. Delos va Peloponnes ittifoqlari.
Yunon shahar-davlatlarining gurkirashi davomiy bo`lib chiqmadi. Bu yunon-fors
urushlaridagi g`alabalar va Peloponnes urushlari orasidagi qisqa mo`tadillik va ko`tarilish davri
bo`lgan . Buning ustiga hatto o`sha davrda ham mo`tadillik nisbiy edi, ko`tarilish esa qulash
tendensiyalariga to`la edi. Forslar bilan to`qnashuvda yunonlar ozod fuqarolar jamiyati forslar
despotiyasidan ustun ekanligini ishonch bilan isbotlab berishdi. Shu bilan birga yunon-fors
urushlari xo`jalikning kuchli quldorlik shakllarini rivojlantirgan holda fuqaroviy jamoalarda
ijtimoiy va egalik manfaatlar o`sishiga yordam bergan. Shuningdek, ular umumiy ozodlikning
qudratli himoyachilari bo`lgan Afina va Spartani oldingi qatorlarga olib chiqdi. Qadimgi
Yunonistonda, ko`p bo`lmagan shahar respublikalar orasida asosan ikki qarama-qarshi kuch
amalda bo`lgan. Bir tomondan har bir fuqaroviy jamoa boshqasidan to`la erkin ravishda yashashga
intilgan va polislar orasidagi bu avtonomiya va avtarkiyaga bo`lgan tendensiya (og`ish, urf), ya`ni
so`zsiz siyosiy va iqtisodiy erkinlik, Yunonistonda yuzlab yillar hukm surgan parchalanishning
sababi bo`lgan. Boshqa tomondan, iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo savdo aloqalarining
rivojlanishiga bo`lgan ehtiyoj hamda o`z manfaatlarini hamkorlik asosida himoya qilishga bo`lgan
zarurat yunon shaharlarini birlashishga undadi. Bu vaziyatdan, albatta, o`z foydasini ham hisobga
olgan holda ko`proq rivojlangan va qudratliroq bo`lgan polislar foydalanib qolgan. Shunday qilib,
Sparta Janubiy Yunonistonning katta qismlari bo`yicha konservativlarni birlashtirgan holda er.av.
VI asrdayoq Peloponnes ligasining tashkilotchisiga aylangan edi
5
. So`ng keyingi yuz yillikda
Afina boshqa birlashma – Delos, yoki savdo aloqalari jihatida umumiylashgan dengizbo`yi va orol
polislarining katta qismini birlashtirgan va forslarga qarshi kurashda o`sha kuchlarni birlashtirishni
ko`zlagan Afina dengiz ittifoqining rahbariga aylandi. Peloponnes ligasining yadrosi konservativ,
agrar tipga mansub bo`lgan, asosan savdo-iqtisodiy aloqalarga moslashgan doriylar jamoalari edi.
Har jamoa o`z sardorining tashabbusiga bo`ysungan holda ta’sir doirasini saqlab qolish va
kengaytirishga intilgan va raqobatchi guruhlar muvaffaqiyatlarini obdon kuzatib borgan. Ikki
ittifoq o`rtasidagi bu raqobat – amalda eng avvalo Afina va Sparta boshchiligidagi raqobat – o`z
o`rnida er.av. V asrda Yunoniston jamiyatida shunday siyosiy qarama-qarshilikka aylanganki, u
umumiy katta ichki mojaroni, Peloponnes urushi( er. av. 431-404-yillar)ni keltirib chiqargan
6
.
Bunda birnchi o`rinda Afina tashabbuskor tomon sifatida namoyon bo`ladi. Tez rivojlanib
borayotgan iqtisodiyot va unga asoslangan ijtimoiy harakatlarga bo`lgan ehtiyoji afinaliklarni o`z
ta’sir doirasini, o`z hududini kengaytirishga, xom-ashyo va resurslarini ko`paytirishga undagan.
Bu Afinada quldorlik demokratiyasi gurkiragan er.av. V asr o`rtalarida yuzaga kelgan agressiv
siyosat hamma joylarda – Peloponnesda, Istmada, O`rta Yunononistonda, Beotiyada va Egey
arxipelagi orollarida – Afinadan zulm ko`rgan odamlarni ishongan tog`i bo`layotgan Sparta bilan
afinaliklarning o`zaro to`qnashuvlari bo`lib turgan kezlarda o`z kulminatsiyasiga erishdi. Afina
bilan dengizda raqobatini olib brogan doriylarning savdo shaharlari, eng avvalo Megara va Korinf,
butunlikni saqlab qolish g`amidaga katta yer egalarining hammalari Spartaga murojaat qilishardi.
O`z navbatida Sparta ham Peloponnes ligasida siyosiy yaxlitlikni saqlab qolishni xohlardi.
Afinaning V asrning 50-yillarida Istma va O`rta Yunonistonda o`z kuchini o`rnatishga bo`lgan
harakatlari oxir oqibat uning Sparta bilan qurolli to`qnashuviga olib keldi
7
. Bu Birinchi, yoki
Kichik Peloponnes urushi nomini olgan urush (eramizdan avvalgi 457–446-y.)
8
o`ziga xos
kuchlarni sinash voqeasi bo`ldi. U ikki tomonga ham muvaffaqiyat keltirmadi; shunchaki
navbatdagi urushga tayyorgarlik vazifasini o`tovchi qisqa vaqt bo`lgan “O`ttiz yillik” tinchlik
(shartnomasi bo`lsa kerak) bilan tugadi. Tarixchi Fukidid yozgan edi: “So`zlarda yashirin holatda
berilsa-da, menimcha, haqiqiy sabab shunda bo`lganki, afinaliklar o`z harakatlari bilan
lakedoniyaliklar (ya’ni spartaliklar) uchun xavf tug`dirib ularni urush boshlashga majbur qilgan”
9
.
5
Пелопоннесская война. History-names.ru sayti.
6
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,201.
7
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
САНКТ-ПЕТЕРБУРГ: Наука, 1999. – ст.130.
8
Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti.
9
Фукидид.История. -
САНКТ-ПЕТЕРБУРГ: Наука, 1981. – ст.83.
- 5 -
Urushning sababi Afina va Sparta o`rtasida Yunonistonda gegemonlik qilish uchun olib
borgan raqobati ekanligi aniq bo`lishiga qaramay, shuni ham eslatib o`tish kerakki, bir tomondan
Afina va boshqa tomondan Korinf va Megara o`rtasidagi savdo raqobatlari dastlabgi mojarolarni
keltirib chiqargan. Demak, Peloponnes urushlarining yana bir muhim sababi iqtisodiy omillarga
taqaladi. O`sha mojaroning birinchi sababi shimoli-g`arbiy suvlar, Italiya qirg`oqlariga bo`lgan
yo`llarga egalik qilish uchun Korinf bilan yuzaga kelgan tortishuv edi. 30-yillar o`rtalarida
Adriatika dengizining sharqiy qirg`oqlarida - qachonlardir Kerkira orollaridan ajralib chiqqan
Epidamn shahrida demokratlar va oligarxlar o`rtasida keskin kelishmovchilik yuzaga keldi.
Demokratlar ustun kelishdi, biroq haydab chiqarilgan oligarxlar mahalliy noyunon aholi bilan
birlashib o`z hujumlari bilan shaharda qolganlarning joniga tega boshlashdi. Ular yordam so`rab
o`z metropoliyalari Kerkiraga murojaat qilishdi; yordam ololmagach Korinfga. Korinf va uning
koloniyasi Kerkira o`rtasida allaqachon Ioniy dengizining shimolida hukmronlik qilish uchun
raqobat ketardi. Endilikda korinfliklar Epidamnga qo`shimcha kolonistlarni va garnizonni
yuborishdi. Bu Korinfning Kerkira bilan qurolli to`qnashuviga olib keldi. Kerkiraliklar
afinaliklarga ularni ittifoqqa qo`shish va ularga yordamga kelishni so`rab murojaat qilishdi. Afina
biroz o`zini olib qochganidan keyin rozilik berdi. Er. av. 433-yil Kerkira va materik orasidagi
havzada kerkiraliklar va korinfliklar o`rtasida jang bo`lganda afina floti unga aralashib
kerkiraliklarni mag`lubiyatdan saqlab qolgan
10
. Shunday qilib Korinf va Kerkira o`rtasidagi
Epidamn uchun bo`lgan tortishuv Afina va Korinfning bir-biriga qarshi qurollanishiga sabab
bo`lgan. Bu orada Xalkidik yarimorolidagi Potideya tufayli ikkinchi mojaro kelib chiqdi.
Korinfliklar tomonidan asos solingan Potideya Afina dengiz ittifoqi tarkibiga kirgan. 30-yillarda
afinaliklar tomonidan ittifoq to`lovi summasining oshirilishi va xalkidik shaharlari ustidan
qattiqroq nazoratning o`rnatilishi potideyaliklarning Peloponnes ittifoqiga yaqinlashish yo`llarini
qidirishiga olib keldi. Er. av. 433-yilda Afinadan ochiqchasiga ajralib chiqqan Potideya yordam
so`rab Korinf va Peloponnes ligasiga murojaat qildi.
11
Peloponnesdan Potideyaga ikki ming
ko`ngillidan iborat otryad yetib keldi. Afinaliklar o`z o`rnida er. av. 432-yilning bahorida
qo`zg`olon qilayotgan u shaharga butun boshli qo`shin yubordi
12
. Nihoyat, uchinchi falokat ham
qo`shildi: afinaliklar Megara ustiga ham yurish qilishdi. U Peloponnes ligasiga suyandi, biroq
iqtisodiy jihatdan hamon uning qishloq xo`jaligi mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari
uchun bozorni ta`min etayotgan Afinadan e`tiborini qochirmadi. Afinaliklar Megaraga Peloponnes
ittifoqi bilan aloqalarni uzishi uchun bosim o`tkaza boshlaydi . Bu bosim hech qanday natija
bermagach esa megaraliklarga Afina portlari va Afina ittifoqi shaharlariga kirish va savdo qilish
taqiqlab qo`yildi. Potideya va Megaraning Peloponnes ittifoqidan ularni qo`llab-quvvatlashini
so`rashi va korinfliklarning Afinaliklarga qarshi darhol chora ko`rilishi talab qilib turganligi
Spartada hal qiluvchi qadamni tashlash istagini uyg`otdi. Er.av.432-yilning kuzida spartaliklar xalq
yig`ilishi afinaliklarni “O`ttiz yillik” tinchlikni buzganlikda aybdor deb topganligi haqida qaror
chiqardi
13
. Birozdan so`ng shunga asosan Afinaga qarshi urush boshlashga qaror qilgan
peloponnes ittifoqi a`zolarining yig`ini bo`lib o`tdi(Spartada). Yilning kech payti bo`lgani uchun
urush darrov boshlanmadi–tomonlar qishni kuchlarni to`plash va ikki tomonlama diplomatik
hujjatlarni tayyorlashga sarflashdi. Bu safar tashabbus spartaliklarniki bo`ldi. Ular Periklga qarshi
muxolifat kuchayib borayotgan, Afina ittifoqi shaharlarida oshib borayotgan notinchlik hukmron
bo`lgan Afinaning ichki holatidan mohirona foydalanib qoldilar. Spartaliklar afinaliklardan
“ma’budani behurmat qilganlar”ni haydab chiqarishni talab qilishdan boshlashdi. Gap er.av. VII-
asrda fitnachi bo`lgan Kilonning tarafdorlarini kaltaklashda aybdor bo`lgan aristokrat
Alkmeoniylar urug`ining avlodlari haqida borardi
14
. Perikl ona tomonidan Alkmeoniylardan
bo`lgani uchun ham spartaliklar qo`ygan ultimatum uni ham nishonga olgan edi.Spartaliklarning
talabini Afina rad etdi. Shunda spartaliklar yangi talablarini e`lon qilishdi: Potideya qamalini bekor
10
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,198.
11
Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,198.
12
Золотой век Древней Греции и Пелопоннесскаявойна. Хreferat.ru sayti.
13
Peloponntsian war. En.academic.ru sayti.
14
Фукидид. История
(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)
. -
САНКТ-ПЕТЕРБУРГ: Наука, 1999. – ст.84.
- 6 -
qilish va Eginaga avtonomiya berish, megaraliklar haqidagi qarorni bekor qilish va, nihoyat, Afina
qo`li ostidagi barcha grek shaharlariga ozodlik berish
15
. Oxirgi talabni bajarish afinaliklar uchun
noqulay edi. Biroq u bilan birga Spartaning boshqa talablari ham rad qilindi. Afinaning yon
bosmasligi undagi ichki vaziyat bilan izohlanadi – Perikl o`z hiylalarini amalga oshirolmayotgan
edi. 30-yillarning oxiriga kelib Afinadagi siyosiy vaziyat keskinlasha boshladi. Oxirgi 10 yil
davomida mamlakat boshqaruv kemasini mutlaq o`zi boshqarib kelayotgan Periklning holati
kuchsizlandi va bu siyosatni uzoq muddat uning o`zi yo`naltirib kelganiga bog`liq. Periklning
avtoritar pozitsiyasi turli qatlamlar va oligarxlar va demokratlar muxolifati asta kuchayib
borayotgan turli guruhlar orasida norozilikni chaqirardi. O`sha muxolifatga Kleon boshchilik
qilardi. Perikl siyosatini ochiqchasiga tanqid qilmagan holda muxolifat kuchlari dastlabgi
paytlarda Perikl yoki unga yaqin odamlarga tajovuz uyushtirib u yoki bu yo`l bilan uning obro`sini
tushirish bilan cheklandilar. Bunday hujumlarga birinchilardan bo`lib uning qiz o`rtog`i Aspasiya
duchor bo`ldi. Komik shoir Germipp Aspasiyani orsizlik va o`rtakashlikda ayblagan
16
. Periklning
ustozi materialist-faylasuf Anaksagor ishonchsizlikda ayblandi. Periklning boshqa tarafdori
mashhur haykaltarosh Fidiyni Parfenon uchun Afina haykalini yasashga sarflanishi kerak bo`lgan
qimmatbaho materiallarni yashirishda ayblanib sudga berildi
17
. Bunga dalil topilmagach Fidiyga
dinga qarshi jinoyat qilganlikda ayb qo`yildi-u Afina haykali poydevorida boshqa haykallar
orasida o`zini va Periklni ifodalashga jazm etgan edi. Perikl Aspasiyaning oqlanishiga erisha oldi.
Anaksagor jarima va quvg`in qilinish bilan qutulib qoldi. Biroq Fidiy qamoqqa hukm qilindi va
keyinroq o`sha yerda o`lim topdi. Bu voqealar Periklga qattiq ta`sir qilishi kerak edi. Uning
Peloponnes ittifoqi bilan bo`lgan mojarolarga nisbatan o`zgarmayotgan pozitsiyasi uning xalqni
yana o`z hukmdori atrofida birlashib urush boshlashni xohlagani bilan izohlanadi. Urush tomon
ketar ekan Periklda g`alabaga erishishga ishonish uchun yetarlicha asos bor edi. Afinaning
kuchlari juda ishonchli ko`rinardi. Unga bo`ysungan Delos ittifoqi Gretsiyadagi eng yirik siyosiy
uyushma edi. Afina bilan ittifoqqa endigina Kerkira hamda Buyuk Gretsiya va Sitsiliyaning bir
qator polislari kirgan edi. Afina yiliga 600 talant (15 tonnadan ortiq) kumush yig`ib olar edi
18
.
Afina piyoda qo`shinlari 30 mingdan oshiq kishidan iborat edi. Ulardan 13mingtasi goplitlar,
1200tasi otliqlar, 16 mingtasi garnizon jangchilari bo`lgan. Flot 300 ta suzishga tayyor turgan
trierlar (kema turi bo`lsa kerak) va ularga qo`shilishi kerak bo`lgan ittifoqdosh xiosliklar,
lesbosliklar va kerkiraliklar eskadralari(harbiy kemalar guruhi)dan iborat edi
19
. Afina
dushmanlarining kuch va imkoniyatlari nisbatan ishonchsizroq ko`rinardi. To`g`ri, Peloponnes
ittifoqi piyodalar qo`shinini 60ming kishiga chiqarishi mumkin edi.Biroq peloponnesliklar floti
afinaliklarnikidan ikki, uch marta kam edi. Agrar polislarining moliyaviy imkoniyatlar
afinaliklarniki bilan hatto tenglasha olmasdi. Peloponnesliklar Attika ustiga hujun qilishni
rejalashtirishardi. Ular odamlar urushga jalb qilinishi mumkin bo`lgan qishloq xo`jaligi
hududlarini yakson qilib, birinchi jangdayoq urushni yutib chiqishmoqchi edi. Periklning rejasi
quruqlikda Afinaning o`zini va boshqa qal’alarni himoya qilish bilan cheklanish, faol
operatsiyalarni esa dengizda olib borishdan iborat edi. Peloponnes qirg`oqlarini qurshab olib,
qo`shinlarni kiritib va tobe aholida qo`zg`olon uyg`otish bilan afinaliklar o`z dushmanlari
davlatining qulashi va yakson bo`lishiga umid qilsa bo`lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |