M. A. Nurmatova musiqa o’qitish metodikasi



Download 0,65 Mb.
bet63/81
Sana01.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#287298
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
MUSIQA O’QITISh METODIKASI

III - BOB. UMUMIY TALIM MAKTABLARIDA MUSIQA

OQITIShNING MAZMUNI VA METODIKASI

1-MAVZU: Umumiy talim maktablarining boshlang’ich 1-2 sinflarida

musiqa oqitishning mazmuni va metodikasi
RE J A:

l. Birinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi

2.Birinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari

3.Musiqa darslarida musiqa tinglash va tahlil qilish

4.Ikkinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi

5.Ikkinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari



1-sinfda o’quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda o’qituvchi o’qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va vokal-qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilish zarur. 1-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xapakteriga ko’ra ma’lum darajada xotirasi to’liq rivojlanmagan, diqqat-e’tibori, ovoz apparatlari to’la shakilanmaganligi sababli, ovoz pardalari nozik, ovoz diapazonlari cheklangan bo’ladi. Uzoq vaqt surunkasiga qo’shiq kuylash bolalar ovoz apparatlarining shakillanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dars strukturasini buzib, musiqa savodi va musiqa tinglash faoliyatlari o’rnida ham qo’shiq kuylatish xollariga yo’l qo’yish tavsiya qilinmaydi. O’quvchilarning ovoz apparatlariga putur yetkazmaslik ovozni saqlashning muhim sharti birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilarning ovoz diapazonini aniqlash, ishchi diapazonlaridagi notalardan tashqariga chiqmaslik va uni kengaytirib borishga alohida e’tibor berish lozim. Kichiq maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlariga xos juda mayin va yoqimli tembrga ega bo’ladilar. 1-sinfdan boshlab o’quvchilarning vokal va xor malakalari takomillashtirib boriladi. O’tirib va turib kuylaganda gavdani to’g’ri tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik, garmonik intervallarni to’g’ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan xolda (mayin ovozda, yoqimli) kuylash ustida muntazam ravishda ish olib boriladi. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor malakalarini oshirishda ashula o’rganishdan oldin maxsus vokal mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bundan avval o’quvchilarni ishchi diapazonining prima (o’rta) tovushlaridan boshlab pastga tomon yo’naluvchi tetraxordlardan foydalaniladi. Nafas esa me’yorida, shovqinsiz, yelkani ko’tarmay, o’z vaqtida olish va mayin atakada kuylashga alohida e’tibor beriladi. «Qattiq ataka» boshlang’ich sinflarda juda kam ishlatiladi. Chunki, qattiq atakada kuylash xali juda ham nafis bo’lgan ovoz apparatlarining zo’riqishiga olib keladi. Buni amalga oshirish uchun dasturdagi qo’shiqlarda o’qituvchining o’zi o’quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlarni hisobga olgan xolda tanlab oladi.

Repertuarga kiritilgan musiqaviy asarlar ana shu xususiyatlarini nazarga olgan xolda, mazmuni va mavzusi jihatdan xilma-xil bo’lmog’i kerak. Ushbu asarlar ularni xis-tuyg’ularini ifodalash bilan birga kundalik turmushni va tabiatni aks yettirishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarni hayotiy tajribalariga asoslangan xolda har bir musiqa zamirida ma’lum xis-tuyg’u va fikrlar aks yettirilishi haqida tushuntirishi kerak. Birinchi darslardanoq musiqa asarlarini o’zidan paydo bo’lmasligi, uni kimdir katta ijodiy mehnat qilib yaratishi haqida suhbat o’tkazadi. Buning uchun «Musiqani kim yaratadi?», «Kim ijro etadi?», «Kim tinglaydi?», - degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’rganiladigan asarlarning xarakterlarini obrazli qilib ifodalansa, bolalar uni tushunib mazmunini aniq qilib ochib beradilar.

Dasturda o’quvchilarga musiqa savodi bo’yicha ma’lum xajmda bilim berish, nota bilan kuylash malakalarini hosil qilishga ham alohida e’tibor berilgan. Darsning bu turida tovush qator bosqichlarining baland-pastligi, nota chiziqlariga joylashuvi, pauzalarning uzun-qisqaligi, o’lchov, major va minor ladlari, dinamik tuslar kabi musiqaning nazariy elementlari bilan tanishadilar.

1-sinfda musiqa savodini o’rganish yuzasidan o’quv yilining oxiriga kelib bolalar musiqa haqida quyidagi bilim va malakalariga ega bo’ladilar:


  1. birinchi oktavadagi notalarni yaxshi bilish;

  2. chorak va yarimtalik notalarni eshitib farq qila bilish va yoza olish;

v) bolalar tanish kuylar va mashqlarni eshitib olib va notalarning nomlarini

aytish bilan bir vaqtda, ularni nota yozuvidan kuzatib borganlari xolda,

birinchi oktava doirasida kuylash;

Musiqa tinglash darsning boshidan oxirigacha amalga oshadi. Agar 1-sinf bolalari sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak, ular musiqani idrok etib kiradilar.Ashula aytsalar, uni avval eshitib, idrok etib, so’ng organib kuylaydilar.

Raqsga tushganda ham musiqani tinglab borib uning badiiy ifodasini raqs harakatlari bilan tasvirlaydilar. Faqatgina musiqa tinglashgina o’quvchilarni chin ma’nodagi keng musiqa olamiga olib kirishi mumkin, chunki ashula aytganda ular taqat o’z ovozlari imkoniyatlariga ko’ra bolalar qo’shiqlarini kuylaydilar. 1 -sinf o’quvchilar turli xarakter va janrlardagi musiqa asarlarini eshitish bilan birga, xilma-xil cholg’u asboblari, ularning sadolari va tovush tembrlari bilan ham tanishadilar. O’quvchilar asarni qayta-qayta eshitganlaridagina uni yaxshi o’zlashtirib, puxta esda saqlashlari va sevishlari mumkin. Asar bilan tanishish jarayonida uning haqida oq’ituvchining qisqa, omma qiziqarli va obrazli kirish so’zlari, asarning janri, tuzilishi, mazmuni, ifoda vositalari va badiiy obrazlari haqidagi qiziqarli suhbatlar muhim ro’l o’ynaydi.

Shunday qilib, 1-sinfda bolalar musiqaning xarakteri va obrazlari haqida, uning oddiy qonuniyatlari haqida umumlashma bilim va nisbiy tushunchalarga ega bo’ladilar, bu shartli ravishda notaga bo’lgan davr deb ataladi. Musiqa elementlari asosan qo’l bilan kuy harakati, tovushlar baland-pastligi, uzun-qisqaligi:

Qo’shiq haqida o’qituvchining qisqacha kirish so’zi (mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlar, hayotiy ahamiyatlar va boshqalarni hikoya, suhbat yo’li bilan qisqacha bayon etish); qo’shiqni ijro etib yoki gram yozuvida eshittirish; suhbat yo’li bilan qo’shiqning musiqa xarakteri, uning ifoda vositalari va mazmunini aniqlash hamda ayrim ijro uslublarini belgilash; qo’shiqni musiqali jumlalarga bo’lib o’rgatish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash; qo’shiqni ijro etish va qo’shiq haqidagi bolalar taasurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o’tkazish, ya’ni umumlashtirish.

Birinchi sinfda yil mavzusi «Biz musiqani sevamiz» , chorak mavzulari esa:

I-chorak: «Biz yoqtirgan kuy va qo’shiqlar»

II-chorak: «Musiqali o’yinlar, raqs va qo’shiqlar»

III-cnorak: «Xushnavo cholg’ularimiz»

IV-chorak: «Xushnavo cholg’ularimiz»

Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z diqqat-e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib tura olmaydilar, tezda charchab qoladilar. Shuning uchun bu sinflarda fizqult pauza daqiqalaridan foydalaniladi. Musiqa darslarida fizqult pauza daqiqalari o’rniga ijroga ritm berib borish, chapak chalish, bir joyda turgan xolda qadam tashlash, takt xissalarini sanash, dirijyorlik elementlarini qo’llash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, bolalar musiqa asboblarida chalish va raqs harakatlarini bajarish ularni darsga faol jalb qilishga qo’l keladi. Bu harakatlar o’quvchilarning fikrlarini faollashtiradi, dars qiziqarli o’tadi.




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish