Tayanch tushunchalar:
Ahloqiy tarbiya - o’quvchilarda umuminsoniy ahloqiy printsiplarga sodiq bo’lishdek, jamiyat ahloqiy talablari va me’yorlarini hisobga olgan xolda o’z xatti harakatlarini tanlay olish mahoratini, ahloqiy tafakkur va kundalik odatdagi ahloqiy xatti-harakatlarning mustahkam tizimini shakllantirish.
Ahloqiy tarhiyalanganlik - shaxsning asosiy fazilatlarining (mehnatsevarlik, to’g’riso’zlik, jamoaviylik) yoki ahloqlikning asosiy belgilarining rivojlanishi darajasiga qarab aniqlanadi.
Estetik tarbiya - badiiy-estetik tafakko’rni shakllantirish, real hayotda san’atdagi estetik xodisalar, ko’rinishlar holatlarni xis qila olish, qabul qila olish, baholay olish qobiliyatlarini shakllantirish shuningdek, ijodiyotda faol ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |