O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
XORAZM VILOYAT KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI
BOG’OT TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI
“Chilangarlik ishi”
O’quv amaliyotidan
ISHCHI O’QUV DASTUR
Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi: Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari) bo’yicha
Kvalifikasiya nomi: Avtomobillarni ta’mirlash chilangari
O’quv rejadagi tartib raqami:
Ajratilgan soat: 60
Bog’ot-2021
Tuzuvchi
M.A.Botirov Bog’ot tuman 1-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’lim ustasi
Taqrizchilar
Kirish
Hozirgi kunda Resublikamiz uchun avtomobil transporti oldiga qo’yilagn vazifalar va maqsadlarni amalga oshirish dolzarb muammolardan biri sanaladi. Jumladan yuk va yo’lovchilarni tashish ishlarini tashkil etish masalalari transport vositalarini texnik tayyorgarligi omillariga bog’liq. Ularni soz va belgilangan topshiriqlarni bajarishga shayligini ta’minlash esa ko’p jihatdan kadrlar muammosi bilan bog’liq.
Kollej talabalarini zamonaviy bilim va malakalarga ega bo’lishlari uchun ularda nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarni xosil qilish zarur.
Yuqorida qayd qilingan masalalarni inobatga olib yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jumladan talabalarga o’qitilayotgan kasb mahorati fani oldiga ham bir qator masalalar qo’yilgan. Fanni o’qitishda talabalargi quyidagi nazariy bilim va ko’nikmalarni hosil qilishga qaratiladi:
talabalarga chilangarlik kasbi va ishi turlari, mehnatni ilmiy tashkil etish, ish joyidagi jixozlar, ish joyini tashkil etish, chilangarlik ishlarida sanitariya va gigiena sharoitlari va xavfsizlik texnikasi to’g’risida bilim berish;
rejalash va o’lchash asboblari, rejarlash usullari xaqida ko’nikmalar xosil qilish;
metallarni to’g’rilash, to’g’rilash usullari, kesish asboblari, ularni charxlash va tekshirish usullarini o’rgatish;
kesish jarayoni va usullari, kesish ishlarini mexanizatsiyalash operatsiyalarini tushuntirish;
list va metall taxta materiallaridan egish usulida detallar tayyorlash ko’nikmalarini xosil qilish;
metallarni egish ishlarini mexanizatsiyalishtirishni tashkil etish;
metallarni parmalash va zenkerlash, zenkovkalash, teshiklarni kengaytirish ishlari haqida bilim berish;
metallarda rezba kesish, parchilash, kavsharlash, qalaylash va yelimlab biriktirish ishlarini o’rgatish;
fazoviy rejalash usullarini o’rgatish; va turli avtomobil transportiga oid fanlar bilan aloqadorlikda o’rganilgan nazariy va amaliy ko’nikmalarni amaliyotda qo’llashni tashkil etishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |