M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Odam organizmiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi muhit omil- larini ularning tabiatiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘lish mumkin



Download 422,93 Kb.
bet4/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Odam organizmiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi muhit omil- larini ularning tabiatiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘lish mumkin:

  • fizik omillar jumlasiga atrofimizdagi havoning tempe- raturasi, namligi va harakati, atmosfera bosimi, quyosh ra- diatsiyasi, radioaktiv nurlar, shovqin va boshqalar kiradi;

  • kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv yoki oziq-ovqat tarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi;




  • patogen mikroblar, zamburug‘larning ba’zi turlari va boshqalar (gelmintlar) biologik omillardir. Bular organizmga ta’sir qilar ekan, infeksion yoki parazitar kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Aytib o‘tilgan omillarning odamga ta’sir qilish-qilmasligi mehnat faoliyati, turarjoy shart-sharoitlariga, ovqatining tabiatiga va jamiyatning ijtimoiy tuzumiga aloqador boshqa bir qancha turmush sharoitlariga bog‘liqdir.

  1. §. GIGIYENA TARAQQIYOTI TARIXI

Har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy formatsiyalar evolutsiyasi texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Shu nuqtayi nazardan gigiyena tarixi turli davrlardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirini aks ettiradigan bir necha bosqichga bo‘linadi.
Gigiyena rivojlanish tarixi nisbatan uzoq emas. Gigiyenaga oid bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib, mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq odamlar qadim zamonlarda ham gigiyena va sanitariyaning ma’lum qonun- qoidalariga rioya qilishgan. Tarixiy hujjatlar, san’at asarlari va arxeologik qazilmalar ma’lumotlari eramizdan ancha ilgariyoq sanitariya qonunlarining ba’zi elementlari mavjud bo‘lganligidan hamda ma’lum sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirib kelin- ganligidan dalolat beradi.
Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi 3000— 4000-yillar) ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish va dam olish tartibi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bor. Ularda badanni toza tutish zarurligi gapirib o‘tiladi, murdalarni ko‘mish qoidalari ma’lum qilinadi va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda axlatlarni yo‘qotish va botqoqliklarni quritish ishlari uyushgan holda o‘tkazilgan, sug‘orish sistemalari va vodoprovodlar barpo etilgan. Qadimgi Yunoniston va Spartada yoshlarni jismoniy jihatdan rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, olimpiya sport musobaqalari o‘tkazib turilgan. Afinada oqova suvlarni yo‘qotish uchun kanalizatsiya qurilgan. Bu joyda uylar qurish va ovqat masalliqlarini sotish ustidan sanitariya nazorati ham tashkil etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun Qadimgi Yunonistonda binolar oltingugurt va xushbo‘y moddalar tutatib dudlangan.




Qadimgi Yunonistonning buyuk shifokori Gippokrat (mi- loddan avvalgi 460—377-yillar) gigiyena masalalariga bag‘ish- langan «Sog‘lom turmush maromi to‘g‘risida», «Havo, suv va joylar to‘g‘risida» deb nomlangan asarlarida tashqi muhitning odam salomatligiga ta’sir qilish omillari hamda shu omillarning kasalliklarga nechog‘li aloqadorligi to‘g‘risidagi o‘z kuzatuvlari va nazariy mulohazalarini bayon qilgan. Gippokratning «muhit nazariyasi»ni keyinchalik Platon, Aristotel va boshqa faylasuflar rivojlantirganlar.
Yunonlar madaniy boyliklarining vorislari bo‘lmish rimliklar yunonlardan gigiyenaga oid bilimlarni meros qilib oldilar va sanitariya obodonchiligi sohasida o‘z ustozlaridan o‘zib ketdilar. Qadimgi Rimni suv bilan ta’minlaydigan va kanalizatsiya inshootlari o‘sha zamon uchun muhandislik mo‘jizasi bo‘lgan. Qadimgi Rimda tog‘ buloqlaridan har bir kishiga bir kecha- kunduzda 0,5—1 m3 suv yetkazib beradigan 14 ta yirik va 20 ta mayda vodoprovod bo‘lganligini aytib o‘tish kifoya. Rimda ax- latlarni zararsizlantirish zamonaviy usullarining ibtidosi mavjud bo‘lgan. Narsa qo‘shib, masalliqni qalbakilashtirish va buzilgan oziq-ovqatlarni sotish man qilingan, binokorlik ishlari ustidan sanitariya nazorati olib borilgan.
To‘planib qolgan axlatlarni tozalash ishi dastlab 1609-yilda Parijda o‘tkazilgan va 1780-yilga kelib axlatni ko‘chaga tashlash odatiga qarshi kurashishga kirishilgan. Ichki kiyim va choyshab, ko‘rpa jildlari XVIII asrgacha noyob ashyo bo‘lib, bitliqilik juda keng tarqalgan, hatto qirol xonadoni ham bundan mustasno bo‘lmagan. Ovqat uchun tutiladigan alohida idish Yevropada taxminan XVI asrda paydo bo‘lgan.
O‘rta asrlar tarixi haddan tashqari katta epidemiyalar va Yevropa aholisining qirilishini bir qadar aks ettiradigan tarixdir. O‘rta asrlarda Yevropada chechak, tif, gripp epidemiyalari bir- biriga ulanib turgan. Tanosil kasalliklari, teri va ko‘z kasalliklari keng tarqalgan. XVI asrda toun epidemiyasi Yevropa aholisi to‘rtdan bir qismining yostig‘ini quritgan. Yangi paydo bo‘lgan burjuaziya sinfi sanoatni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va foydani ko‘paytirishdan manfaatdor edi. Bunday maqsadga erishishida unga sog‘lom ishchilar kerak bo‘lganligi uchun ham u ma’lum sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Ketma-ket sodir bo‘lib turgan epide­miyalar yirik shaharlarda sog‘lomlashtirishga oid shoshilinch





Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish