M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


— xojalik korpusi; 5 — garaj; 6 — omborxona



Download 422,93 Kb.
bet173/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

4 — xojalik korpusi; 5 — garaj; 6 — omborxona.


chegaralangan maydon ajratiladi. Poliklinika uchun qurilgan korpus, asosiy davolovchi korpusdan 30—50 metr oraliqda bo‘lib, alohida yo‘lak bilan ta’minlanishi darkor.
Ba’zi hollarda poliklinika asosiy davo xonasi bilan birga blok uslubida bo‘lishi mumkin, bunday hollarda tashxis xonalarini, laboratoriyalarni, fizioterapevtik bo‘limni birga joylashtirsa bo‘ladi.
Agar kasalxona kichik bo‘lsa, u holda tashxis xonalarini davo- lanish xonasi bilan birga joylashtirilgani ma’qul, lekin ambu- latoriyaga kirish va kutish xonalari alohida bo‘lishi shart. Xo‘jalik hovlisi asosiy davolash xonasiga 30 metrdan yaqin bo‘lmasligi, shamolga teskari bo‘lishi kerak. Xo‘jalik hovlisida, qozonxona, kir yuvish xonasi, dezinfeksiya kamerasi, garaj, omborxona, sabzavotlar saqlanadigan yerto‘la, oshxona, xo‘jalik hovlisiga ki­rish uchun alohida darvoza bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik hovlisining chegaralangan joyiga patologo-anatomik bo‘lim (o‘likxona) quriladi.
Kasalxonalar qurilishi markazlashmagan, markazlashgan va aralash turda bo‘ladi.
Markazlashmagan usulda qurilgan kasalxona 1, 2, 3, qavatli qilib quriladi, qavatlarda ixtisos bo‘yicha davolash bo‘limlari




joylashadi. Yuqumli kasalliklar bo‘limini sinchkovlik bilan chegaralanganda kasalxonalar ichida yuqumli kasalliklar tarqal- maydi. Ba’zi bemorlarni bir-biridan ajratib qo‘yish (suyak sili, o‘pka sili va h.k.). Sil kasallar uchun alohida kasalxona qurishni taqozo qiladi. Markazlashmagan usulda kasalxona qurish seysmik jihatdan tinch joylarda, tog‘li hududda, maxsus kasalxonalar qurishda o‘zini oqlaydi.
Markazlashgan usul. Bu bitta binodan iborat kasalxona bo‘lib, bunday kasalxonalarda terapevtik, jarrohlik, asab kasalliklari bo‘limlari bo‘ladi.
Aralash kasalxonalar ko‘proq quriladi. Markazlashgan kasal- xonada hamma kasalliklar bo‘limlarini bir-biridan chega- ralamasdan bitta asosiy binoga joylashtiriladi. Xuddi shu binoga tashxis laboratoriyalar hamda qabulxona joylashtiriladi. Lekin yuqumli kasalliklar, tug‘ruqxona, bolalar bo‘limi markazlash­magan usulda joylashadi. Poliklinika, xo‘jalik va patologo- anatomik bo‘limlar alohida bo‘limga joylashtiriladi. Aralash kasalxonalar shahar va qishloq joylarida qurilishi mumkin.

  1. §. KASALXONA BINOLARI ICHKI LOYIHASINING GIGIYENIK ASOSLARI

Qabulxonaning ichki qismini loyihalashtirish asosiy kasalxona ichida yuqumli kasalliklar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, davolash va profilaktika ishlari sifatini oishirishga qaratilishi kerak. Bolalar, yuqumli kasalliklari bor, sil bemorlar, ruhiy kasalliklar, akusher- ginekologik bemorlar har biri maxsus ixtisoslashgan xonalarga alohida eshikdan kirishi kerak.
Qabulxona markazlashgan (kasalxona bo‘yicha) hamda markazlashmagan har bir kasallik turiga qarab alohida-alohida bo‘lishi mumkin. Qabulxonada kasallik aniqlanib unga tashxis qo‘yiladi hamda qaysi bo‘limga yotqizish masalasi hal qilinadi. Qabulxonada bemorga tashxis xonalari, (rentgen, funksional tashxis, klinik-biokimyoviy laboratoriyalar va h.k.) yordamida (kerak bo‘lganda) tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Qabulxonada har bir bemorga tezda to‘g‘ri tashxis qo‘yib yuvintiriladi. Qabul- xonaga kutish bo‘limi va sanitariya nazorati (sanpropusknik) bo‘limlari kiradi. Sanitariya qarovi xonalari: yechinish, vanna va dushxona hamda kiyinish bo‘limlaridan iborat bo‘ladi. Bo‘limlar birin-ketin joylashishi kerak.




Katta kasalxonalarda qabulxona ixtiyorida jarohatlarni boy- laydigan, tashxisni aniqlaguncha vaqtincha yotqizib turish xonasi, ba’zi vaqtlarda jarrohlik xonasi (tez operatsiya qilish uchun), singan-chiqqan suyaklarni gipslash hamda rentgen xonalari loyihasi tavsiya etiladi.
Qabulxonaga yil davomida murojaat qiluvchi bemorlar soni ko‘p tarmoqli kasalxonada davolanuvchi bemorlar sonining 10 foizini tashkil qiladi, sil va ruhiy kasalliklar bo‘yicha 2 foizini, tez tibbiy yordam 15 foiz, tug‘ruqxonaga 12% ni tashkil qiladi. Qabulxonada tashxisi aniqlanmaganlar uchun kasalxonaga bir sutkada qabul qilingan umumiy bemorlar sonining 10% i miqdorida joy ajratilishi kerak.
Bolalar uchun qabulxona alohida bo‘lishi, unda qabul qilish, ko‘rish, vaqtincha davolash (16 m2), tashxisi aniqlanmagan bolalar uchun boks (22 m2), xodimlar uchun sanitariya nazorati bo‘limi bo‘lishi kerak.
Qabul qilish-ko‘rish bokslarining soni 3 foizni, bokslar soni umumiy bemorlar uchun ajratilgan joyning 5% ini tashkil qilishi lozim. Bemorlarni kasalxonaga qabul qilish va kasalxonadan chiqarish har pediatriya bo‘limining o‘zida tashkil qilinadi.
Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida har bir bemor bolani alohida boksda ko‘rish tavsiya etiladi. Har bir boksning eshigi bo‘lishi kerak. Bemor bola ko‘rilgandan keyin boksni nam latta bilan dezinfeksiya qilinadi. (27-rasm).

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish