M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni, vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqozo etdi



Download 422,93 Kb.
bet5/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni, vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqozo etdi.

  1. asrning o‘rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining gurkirab rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davrni boshladi. Bakteriologik va fizik-kimyoviy tahlil usullari gigiye- naga ham kirib keldi, aholi istiqomat qiladigan hudud va uy- joylar sanitariya holatini sog‘lomlashtirish, ovqatlanish gigiye- nasi, me’yor va talablarni asoslashda qo‘llanila boshlandi. Bu gigiyenadagi eksperimental yo‘nalishning ibtidosi bo‘ladi.

Ingliz olimi Parks va nemis gigiyenisti Pettenkofer gigiyena fanining asoschilari hisoblanadi. 1857-yilda Parks tashqi muhit omillarini fizik-kimyoviy va bakteriologik tekshirish natijalariga asoslangan gigiyenaga oid asarini nashr ettirgan bo‘lsa, Pet- tenkofer gigiyenaning aniq fanga aylanishiga yo‘l ochgan ko‘p yillik laboratoriya-statistik tekshirishlarini o‘tkazdi. Petten- koferning turarjoylarni shamollatish (ventilatsiya qilish) va isitish sohasida olib borgan tekshirishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Pettenkoferning zamondoshi va hamkori — fiziolog Foytning ovqatlanish fiziologiyasi va gigiyenasi sohasidagi ishlari, ayniqsa qimmatlidir. Pettenkoferning izdoshlari Rubner va Flugge havo, tuproq, suv, turarjoy va kiyim-kechakka sanitariya nuqtayi naza- ridan baho berishning gigiyenik me’yorlarini ishlab chiqdilar.

  1. asrning ikkinchi yarmida bakteriologiyaning rivojlanishi mashhur Lui Paster (1822—1895) kashfiyotlari bilan bevosita bog‘liq. Uning kashfiyotlari turarjoylar, aholi yashaydigan joylarni sog‘lomlashtirish va kasalliklarning oldini olish masalalarini hal qilish uchun gigiyenada yangi tekshirish usullaridan foydala- nish imkonini berdi. Bu gigiyenaning yangi sohalari — epidemiologiya va sanitariya bakteriologiyasining tez rivojla- nishiga olib keldi.

Gigiyena mustaqil ilmiy fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. Bunga kapitalizmning rivojlanishi, shaharlar va sanoat korxonalarining o‘sishi hamda turli epidemiyalarga qarshi kurashishning zarurligi asosiy zamin bo‘ldi. Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, fiziologiya, mikrobiologiya) sohasida XIX asr o‘rtalarida erishilgan yutuqlar ham gigiyenaning rivojlanish sa- bablaridan biridir. Gigiyena kafedrasi ilk bor 1871-yilda Peterburg harbiy meditsina akademiyasida tashkil etildi, unga gigiye­naning turli masalalariga oid 90 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi A.P. Dobroslavin boshchilik qildi. «Jamoat sog‘lig‘ini saqlash




kursi», «Gigiyena», «Harbiy gigiyena kursi» kitoblari uning qalamiga mansubdir. A.P. Dobroslavin harbiy gigiyenaga aloqa- dor ko‘pgina masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. 1882-yili Moskva universitetida F.F. Erisman rahbarligida Rossiyada gigiyena fanining rivojlanishida juda muhim rol o‘ynagan gigi­yena kafedrasi tashkil qilindi. F.F. Erismanga va uning shogirdlari yaratgan asarlarda gigiyenaning barcha bo‘limlari o‘z aksini topdi. Shu olim tomonidan uch tomlik «Gigiyena bo‘yicha qo‘llanma» chop etildi. G.V. Xlopin (1863—1929) XIX asr oxiri

  1. asr birinchi choragi gigiyenasining yirik vakili hisoblanadi. G.V. Xlopin gigiyenada eksperimental yo‘nalish tarafdori edi. U «Sanitariya-gigiyenik tekshirish metodlaridan qo‘llanma», «Gigiyena asarlari» va «Umumiy gigiyena kursi» darsliklarini va boshqa ko‘pgina qo‘llanmalarni yaratdi.

  1. asrga kelib gigiyenaninig rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Maxsus ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalar tarmog‘i kengaydi, tibbiyot institutida gigiyena fakulteti va kafedralarining soni oshdi. Gigiyenaning ayrim sohalari: mehnat gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi, davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasi, harbiy va radiatsion gigiyena mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Gigiyenik talablar va normativlar hayotga keng tadbiq qilina boshlandi. Bu o‘rinda gigiyena sohasininig rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan atoqli olimlar N.A. Semashko, Z.P. Solovyov, A.V. Melkov, V.A. Uglov, A.N. Sisin, A.N. Marzeyev va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish lozim.

Nikolay Aleksandrovich Semashko (1874—1949) sotsial gigiyenaning mustaqil ilmiy fanga aylanishining asoschisi, sog‘liqni saqlash, maktab gigiyenasining nazariy va tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. U o‘zining «Sog‘liqni saqlashni tashkil qilish nazariyasidan ocherklar» kitobida sog‘liqni saqlashning asosiy qonuniyatlarini umumlashtirdi.


  1. Download 422,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish