M a ' r u z a №9 Metallarni bosim bilan ishlash asoslari. Metallarni bolg‘alash



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana01.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#728607
1   2   3   4   5
Bog'liq
M A ' R U Z A № 9

keyin (b) makrostrukturasi. 
Bunday jarayon modelini sxematik tarzda qirralari bilan yonma-yon qo'yib taxlangan 
tangalarning bir oz qiyalatilgandagi vaziyatiga o'xshatish mumkin. 
Bunda tangalar bir-biriga nisbatan sirpanib siljishi bilan birga qiyalanish tekisligiga qarab bir 
oz buriladi ham. 
Metallarni sovuqlayin bosim bilan ishlashda bu murakkab jarayondagi strukturaviy o'zgarish 
oqibatida uning puxtaligi, qattiqligi, elastiklikligi, ortib, plastikligi kamayadi (7.4 –rasm). 
7.4-rasm. Po'lat zagotovkalarni sovuqlayin bosim bilan ishlashgacha (a) va ishlashdan keyin 
(b) mikrostrukturasi. 
Bunday fizik puxtalanish naklyop deb ataladi. 
Metallarni (masalan, po'latlarni 1000
0
C ga) qizdirib ishlashda donlar bog'lanish puxtaligi 
kamayganligi sababli avval metallmas materiallar, keyin donlar deformasiyalana boradi va qisman 
parchalanadi. Lekin po'latning rekristallarnishi (qayta kristallanish) sababli deformasiyalanayotgan 
donlar ayni vaqtda qayta kristalanib dastlabki holiga qaytadi. Metallmas materiallar esa 
deformasiyalanganligicha qoladi, chunki ular qayta kristallanishga berilmaydi. Shu sababli 
ularning tola yo'nalishi bo'yicha puxtaligi ortadi. 
Agar metallarni bosim bilan ishlashda qayta kristallanish to'la kechsa, bu ishlovga qizdiririb 
ishlash, qayta kristallanish sodir bo'lmasa, sovuqlayin ishlash deyiladi. 
Metallarning qayta kristallana boshlanish temperaturasini quyidagi formula bo'yicha aniqlash 
mumkim: 
5
4
,
0
в
а
e
T
Т


Bu yerda Tabs – metallning absolyut suyuqlanish temperaturasi.Masalan, temir uchun Tr
-
temperatura 450
0
C mis uchun 280
0
C, alyuminiy uchun 100 
0
C. 
Demak, temir 400 
0
C gacha qizdirib ishlansa ham buni sovuqlayin ishlash deyiladi, chunki bu 
temperaturada metall donlari qayta kristallanib dastlabki holiga qaytmaydi. Metallarni qizdirib 


bosim bilan ishlash uchun ular xiliga, markalariga qarab to'la qayta kristallanish kechadigan 
temperaturada qizdirilishi kerak. 
Metallarni bosim bilan ishlashdan avval ularning plastikligini oshirish uchun ular malum 
temperaturada qizdiriladi. Uglerodli konstruksion po'latlarning qizdirish temperaturasini 
belgilashda Fe-Fe
3
C holat diagrammasidan yoki spravochniklardan foydalaniladi. Akademik 
S.I.Gubkin bu temperaturani metallning absolyut suyuqlanish temperaturasining 0,70-0,95 
qiymatidan olishni tavsiya etadi. Malumki, qizdirish temperaturasi zarur temperaturadan past 
bo'lsa, metall plastikligi ham past bo'ladi. O'ta qizdirilsa, donlari yiriklashadi, sirt yuzasi 
uglerodining kuyishi oksid pardalar hosil bo'lishiga olib keladi. Qizdirish tezligining haddan 
tashqari ortishi sirt yuzalari bilan ichki qatlamlar temperaturalari tafovuti hisobiga termik 
kuchlanishlar,qayta kristallanish temperaturalarida fazalar o'zgarganda strukturaviy kuchlanishlar 
ham hosil bo'ladi. 
Bu kuchlanishlarning qo'shilishi natijasida zagotovkaning deformasiyalanishida bazan darz 
ketishga olib kelishi mumkin. 
Ayniqsa bu hol issiqlikni yomon o'tkazadigan, murakkab shaklli yirik zagotovkalarni 
qizdirishda katta xavf tug'diradi. Shu sababli bunday zagotovkalarni fazalar o'zgarish 
temperaturasiga sekin bir tekisda qizdirish kerak. Keyin esa tezroq qizdirish mumkin, chunki bu 
temperatura sharoitida metall plastikligining ortishi xavf tug'dirmaydi. 
16-rasmda metallarni qizdirib bosim bilan ishlashda ishlash temperaturasiga ko'ra donlar 
o'lchamining o'zgarishi grafik ravishda sxematik ko'rsatilgan. Ishlov berishdan avval zagotovka 
donlar o'lchami a bo'lgan deylik. Bu zagotovkani zarur temperaturagacha qizdirib, uni shtamp 
bo'shlig'iga o'tkazamiz. Malumki, bu vaqt ichida zagotovka bir oz soviydi. Uni egri chiziq 
bo'yicha belgilaymiz. Bu temperaturada donlar o'lchami hali birmuncha qattiqligicha qoladi. 
Dastlabki ishlovdagi zarb zagotovka donlarini maydalaydi. Lekin bunda sarflangan kinetik 
energiyaning bir qismi issiqlikka o'tishi sababli zagotovka temperaturasi pasaymay, bir oz 
ko'tariladi va buni d- chiziq bo'yicha belgilaymiz. Keyingi zarbgacha uning temperaturasi bir oz 
pasayadi va uni Сu egri chiziq bo'yicha belgilaymiz. Agar bosim bilan ishlov berish ж 
temperaturada tugallansa, uning donlari з o'lchamli bo'ladi. Biroq, ishlov berish davom 
ettirilganda har bir zarb ishlovdan keyin donlar o'lchami temperatura o'zgarishida IK, LM, NO 
egri chiziqlar bo'yicha o'zgara boradi. Binobarin, donlar o'lchami ham o'zgara boradi. 
Demak, zagotovkalarni yuqori temperaturada bosim bilan ishlansa, uni kutilgan shaklga keltirish 
uchun kamroq mehnat saroflansa-da, lekin donlar yirikroq bo'ladi va aksincha. 
Shuning uchun metallarni bosim bilan qizdirib ishlashda ularni qizdirish temperaturasi, qizdirish 
tezligi, shu temperaturada tutish vaqtini belgilashda yuqorida qayd etilgan masalalarga etibor 
berish lozim. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish