1787 yilda Betxoven o’zining orzusini amalga oshirdi va Venaga borib Motsart bilan uchrashdi. Mashhur kompozitorga o’zining asarlarini chalib ko’rsatdi. Motsart uning iste’dodga tan berdi, asarlaridagi o’ziga xos uslubni, ijrochilik mahoratini ko’rib qoyil qoldi va qimmatli maslaxatlar berdi. Shu davrda 1789 yilda buyuk voqea - Franciya revolyutsiyasi sodir bo’ldi. Ozodlik, tenglik, hamdo’stlik, insonarvarlik kabi shiorlar ehlon qilindi. Yosh kompozitor dunyoqarashining shakllanishiga, ijodining keyingi davrda rivojlanishiga bu revolyutsion g’oyalar kuchli tahsir ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |