Muallif ushbu g‘azalni tamoman o‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqollar har bir baytda go‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbotdek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. G‘azal hazaji musaddasi mahzuf,ya’ni “mafoiylun – mafoiylun – faulun” vaznida yozilgan. Taqte’si: V - - - / V - - - / V - - . * * * * * * Firoqingg‘a meni soldi qaroqing, Na hojat qiynasa emdi firoqing… Na deb hajr ilkidin sendin tilay dod, Ki hijron birla birdur ittifoqing. G‘amu hasrat bila boshim oqardi, Chu bir dam ko‘rmadim siymtek saqoqing. Ham ul dam kuydi Lutfiy sham’ yangliq, Ki ko‘rdi nogihon Nortek yangoqing. Lutfiy g‘azallarida oshiqlikning qismati faqat his-tuyg‘ularning oshkora ifodasiga bog‘liq bo‘lmay, balki hijron azoblaridan zavqlanish, mahzunlik orqali ichki dardni yuzaga chiqarishda ham namoyon bo‘ladi. Lutfiy g‘azallarida oshiqlikning qismati faqat his-tuyg‘ularning oshkora ifodasiga bog‘liq bo‘lmay, balki hijron azoblaridan zavqlanish, mahzunlik orqali ichki dardni yuzaga chiqarishda ham namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi g‘azalda oshiqni qiynayotgandardning bir o‘zi emas, balki dard bilan birga firoq, hijron, g‘am-hasrat kabi kayfiyatlar ham oshiqni iztirobga solidi, uning iztiroblari kuchayib boradi. Oxirgi ikki baytda yorning oppoq bag‘bag‘alarini ko‘ra olmaganidan hasrat chekib sochi oqargan bo‘lsa, qizil yanoqlarini ko‘rganda shamga o‘xshab kuydi. Dardning teran ildizini, dardning qiyofasini bu qadar mahorat bilan chizish faqat Lutfiyga xos. * * * * * * Janozamning kovurgokina bog‘lang nomai shavqim Kim, ul mehribon topqay xabar bu joni zorimdin. Ayur Lutfiy aning uzrin ne deb, mahsharda bo‘lgaymen, Jafo birla agar qonim to‘kub o‘tsa mazorimdin. Oshiqning ma’shuqaga yetkazmoqchi bo‘lgan oxirgi orzusi bor: oshiq janozasi kuni ma’shuqaga aytolmagan dardlarini nog‘ora sadolari orqali yetkazishni vasiyat qilmoqda, toki rahmsiz yor marhum oshiqning ohu-zorlaridan xabar topsin. Oshiqning ma’shuqaga yetkazmoqchi bo‘lgan oxirgi orzusi bor: oshiq janozasi kuni ma’shuqaga aytolmagan dardlarini nog‘ora sadolari orqali yetkazishni vasiyat qilmoqda, toki rahmsiz yor marhum oshiqning ohu-zorlaridan xabar topsin. Bu baytda oshiqning o‘kinchi yoki zolim yoridan yuz o‘girish kayfiyati yo‘q, aksincha, qabrda yotganda ham yorning jafolarini qabul qiladi, chunki oshiqning muhabbati abadiy. Chinakam muhabbatning samimiy ifodasi, oshiqlik qismatini bo‘yniga olish ana shudir. E’tiboringiz uchun rahmat!!! E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |