Nozukluk ichra belicha yo‘q tori gisuyi, O‘z haddini bilib, belidin o‘lturur quyi.” Lutfiyning jahonshumul shoir ekani doimo Navoiyning diqqat-markazida bo‘lgan. U “Badoyi’ ul-bidoya” devonining debochasida Amir Xusrav Dehlaviy, Xoja Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy singari ulug‘ shoirlar qatorida Sakkokiy va Lutfiyning shuhratiga alohida baho beradi. Navoiyning ta’rificha, Sakkokiyning shirin baytlari Turkistonda shuhrat topganini, Lutfiyning she’rlari Iroq va Xurosonda tarqalganini bayon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |