Darmon – tirik organizmdagi quvvat, mador kuch.
241. Munaqqish – naqshlangan, naqsh, naqshdor.
242. Childirma – yog’och gardishga teri qoplab yasalgan, chaertib chalinadigan musiqa asbobi, doira, chirmanda.
243. Taxmon – uy yoki ayvon devorida sandiq o’rnatib, ustiga ko’rpa-toshak yig’ib qo’yiladigan tokchasimon maxsus joy.
244. Sipar – qalqon, sovut; o’q nayza, qilich kabi qurollar zarbidan saqlanish uchun qo’llangan ko’pincha doira shaklidagi qadimiy aslaha, qalqon.
245. Chakmon – jun matodan tikiladigan erkakcha uzun qishki to’n.
246. To’bichoq – chopqir, yo’rg’a ot.
247. Dorug’a – shahar posbonlar sardori.
248. Tarh – chizma lavha, loyiha, reja.
249. Yog’iy – dushman, g’anim (yov)
250. Taftish – bo’lib o’tgan ish, hodisa va shu kabilar yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida o’tkaziladigan tekshiruv;
251. Azon – namoz o’qishga chaqiriq; tong yorishishi, g’ira-shira payti; erta tong.
252. Ibtido – biror narsa, ish-harakat, hodisaning boshlanish davri, boshi, avvali.
253. Muhmali g’alba – g’alla qopi kiyadigan darajaga tushgani.
254. Muhmal – xom
255. Musta’mal – pishiq, mukammal.
256. Munshiy – saroyda yozuv ishlarini olib brogan kotib.
257. Fozila – Ilm-fan asoslarini yaxshi egallagan ayol, olima.
258. Kutval – shahar hokimi.
259. Navkar – o’tmishda harbiy xizmatkor, askar.
260. Ko’shk – qadimda baland, bahavo qilib solingan yengil imorat.
261. Eshkakchi - odam va yuklarni daryodan o’tkazishni o’ziga kasb qilib olgan kishi; qayiqchi.
262. Tolor – yog’och yoki yengil matall panjaradan qilingan ayvon.
263. Mehrob – Masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida qurilgan joy( namoz shu tomonga qarab o’qiladi.
264. Nosih – nasihatgo’y.
265. Tizgin – hayvonlarni bog’lash yoki qantarib qo’yish uchun xizmat qiladigan, uchi suvliqqa yoki boshvoqqa biriktiriladigan, uzun tasma yoki chizimcha boshqarish vositasi.
266. Nuqson – kishi nomiga munosib, uni salbiy jihatdan ko’rsatadigan belgi;kamchilik; illat, qusur, ayb.
267. Tama – birovdan bir narsa undirish hissi ,o’ziniki qilish, olishga bo’lgan intilish, umidvorlik, umid, ilinj.
268. Tamiz – (toza, ulug’,asl) 4. O’z bilimi,aqli, farosati bilan tegishlicha ish tutish qobilyati, fahm- farosat.
269. Raso – kami yo’q, to’liq, but; 7. Aqliy jihatdan to’la rivojlangan, kamolotga erishgan; yetuk, barkamol.
270. Xalifa – musulmonlar jamoasi va musulmon __latining diniy , ayni bir paytda dunyoviy boshlig’i.
271. Ark-
272. Gunbaz-
273. Mag’rur-
274. Mehr-u shafqat-
275. Hind rojasi –
276. Rum qaysari –
277. Chin fag’furi –
Do'stlaringiz bilan baham: |