MAVZU: YER OSTIDA TANLAB ERITMAGA O'TKAZISH KORXONALARINI LOYIHALASH ASOSLARI VA BOSQICHLARI
REJA: KIRISH 1. KORXONANING TARKIBIY QISMLARI
2. LOYIHALASH UCHUN DASTLABKI MA'LUMOTLAR 3. LOYIHA ISHLARINING TARKIBI
XULOSA
Kirish Kelajakdagi ishlab chiqarish korxonalarini loyihasini tuzish uchun etakchi fan yutuqlari, texnika va ishlab chiqarish, bizga ma'lum bo'lgan qazib olishdagi texnologiyalar ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari yangi korxonani yaratish uchun har qanday yurt hududida uning istiqboliga sarflanmay qolishi va boshqa hudud qiyin xo'jalik yoki boshqa bog'liqliklarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Yangi korxona bu shartlarni to'laqonli bajarishi va kelajakda bu hududning iqtisodini ko'tarmoq va sotsial rivojlanishini mustahkamlamoq kerak.
KORXONANING TARKIBIY QISMLARI Yer osti tanlab eritish korxonalari quyidagi asosiy qismlardan: qazib olish kompleksi, tayyor eritmalarni va ishchilarni tashish tizimi, eritmalarni qayta ishlash va yordamchi ishlab chiqarish ishlaridan tashkil topgan bo'ladi
Qazib olish kompleksi o'zining ishlashi (ish prinsipi) ga ko'ra tayyorlash va konni ekspluatatsiya yo'li bo'yicha rudali jismga ishchi eritmalarni yuborish yo'li bilan foydali komponent tarkibini o'zgartirish va yer yuzasiga mahsulotni yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Bu kompleks o'tkazuvchan cho'kindi tog’ jinslari konlarini qazib olishda texnologik texnologik skvajinalarni o‘z ichiga oladi, ya'ni ishchi eritmalarni Yuborovchi va mahsulotli eritmalarni qayta so'rib oluvchi vositasi hisoblanadi. Konni qazib olishda rudani birlamchi maydalab qazib olish kompleksida kon lahmlari tizimi (yoki texnologik skvajinalar) ni ochish uchun tayyorlash va uning bo'lak qismlarini ekspluatatsiya qilish yer osti eritmaga o'tkazish bloklaridan ishchi eritmalarni yuborishni va mahsulotli eritmalarni yig'ishni o‘z ichiga oladi. Bu turdagi konlarni tayyorlash ishlarida o'tkazuvchanlikni sun'iy ravishda hosil qilish uchun burg'ilash - portlatish ishlarini ekspluatatsiyasini o'tkazish va ochilib qolgan rudalar bilan ishchi eritmani iloji boricha aloqasini kuchaytirish kerak. Texnologik qurilma foydali komponentlarni mahsulotli eritmalardan ajratib olish va ishchi eritmalarni tayyorlash uchun mo'ljallangan. Ochiq usulda uranni qazib olish kon korxonalari bilan, uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulida ishlaydigan kon korxonalarini solishtirganda kapital xarajatlar konda (ser suv kon bo'lganda) ochish ishlari, suvsizlantirish ishlari, yer usti ishlab chiqarish kompleks inshootlari va ularda kon ishlab chiqarish va transport uskunalari barpo etilmaganligi uchun kamayadi. Gidrometallurgiya zavodlari qurilishiga talab bo'lmaganligi kapital xarajatlarni 15-20 % kamaytiradi. Gidrometallurgiya zavodlarini texnologik kompleks jarayonlaridan kapital xarajatning kichik qismini tashkil qiladigan sorbsiya, desorbsiya, ekstraksiya va reekstraksiya, kristalllarni kuydirishgina qoladi. Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish kon korxonasi loyihasini tuzishda sorbsiya-desorbsiya bo'limlari aynan ruda qatlami yotgan joyda, ekstraksiya- reekstraksiya va prokalka ishlari kam hajmdagi mahsulot bilan ishlaganligi uchun odatda GMZ zavodlari yoniga joylashtiriladi. Eritmalarni tashish tizimi qazish va texnologik kompleksning bog'lovchi halqasi hisoblanadi va texnologik skvajinalarga ishchi eritmalarni yuborish va mahsulotli eritmalarni yig'ish va uni eritmaga o'tkazish uchastkasidan texnologik qismga yuborishi qismlarga ajratish uchun xizmat qiladi. Uning tarkibiga markaziy va maydondagi nasosli stansiyalar va ishchi eritmalar, mahsuldor eritmalar va tarkibida ruda kam bo'lgan rudalar uchun quvur o'tkazgichlar kiradi. Agar eritmalarni texnologik skvajinalardan chiqarib olish uchun erliftlar ishlatilsa, unda tizimga quvur o'tkazgichlar siqilgan havoni va kompressor stansiyasini ham qo'shish mumkin. Yuqorida qayd etilgan yer osti eritmaga o'tkazish korxonasi asosiy qismlaridan tashqari uning tarkibiga bir qator yordamchi xizmat qiluvchi inshootlar (ta'mirlovchi baza, garaj, maishiy, omborxona binolari va boshalar), yozilganidek amalda ishlab chiqarishda korxonadagi ishlovchilar uchun yaxshi sotsial-maishiy sharoitni ta'minlashi kerak.
11.1-rasm. Konni qazib olish ketma-ketligi sxemasi.
- loyihalangan eritmaga o'tkazish ekspluatsion bloklar (IEB), ularning raqamlanishi (1) va joylashishi (shimol;sh): 2 - birinchi navbatda qazib olinadigan konning maydoni: 3 - zavodning ishlab chiqarish ishchi maydoni ; 4 - tajribaviy-sanoat qurilmasi ishchi maydoni; 5,6 - nasos stansiyalari birinchi va ikkinchi navbatga mos ravishda; quvur o'tkazgichlar; 7 - birinchi navbatda bosim hosil qiladigan; 8 - birinchi navbatda bosim hosil qilmaydigan yer osti usulida eritmaga o'tkazish; 9,10- mos ravishda