Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylovlarda siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratilishi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   250
3-§. Saylovlarda siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratilishi. 
O’zbekiston  saylov  huquqining  eng  muhim  prinsiplaridan  biri  –  teng  saylov 
prinsipidir.  Bu  faqat  fuqorolarning  saylovda  tengligini  o’zi  bilan  cheklanmaydi. 
Tenglik  saylov  jarayonining  barcha  tadbirlarida,  saylov  ishtirokchilari  faoliyatida 
ham tenglik bo’lishini bildiradi.  
Saylovlarda  teng  ishtirok  etishning  asoslari,  chora-vositalari  qonunlarda 
belgilangan. Tenglik, teng imkoniyatlar quyidagilarda ko’rinadi: 
1)  Saylovda  ishtirok  etmoqchi  bo’lgan  barcha  siyosiy  partiyalarga 
saylovchilarning imzosini to’plashda bir xil ko’rsatgich belgilanadi va ularga saylov 
komissiyaga bir xil vaqtda, bir xildagi hujjatlar topshirish belgilangan; 
2)  Siyosiy  partiyalar  tomonidan  ko’rsatiladigan  nomzodlarga  bir  xil  talablar 
quyiladi va har bir saylovlarda ishtirok etuvchi partiyalarga bitta saylov okruglaridan 
bittadan nomzod ko’rsatishga ruxsat berilgan. 
3)  Saylovga  tayyorgalik  ko’rish  va  uni  o’tkazish  bilan  bog’liq  barcha 
tadbirlarda  ishtirok  etish  uchun  siyosiy  partiyalarning  har  biridan  bir  xil  miqdorda 
kuzatuvchi ko’rsatish belgilangan; 
4) Siyosiy partiyalarning har biridan ko’rsatilgan nomzodlar bir xil miqdordagi 
ishonchli vakillariga ega bo’lish huquqiga ega; 
5) Siyosiy partiyalarning saylovdagi tengligi, ularning saylov davrida ommaviy 
axborot  vositalaridan  teng  foydalanishi  imkoniyatlarini  belgilashda  yanada  yaqqol 
ko’rinadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  2014-
yil  11-sеntyabrdagi  618-sonli  qarori  bilan  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
Qonunchilik  palatasiga  saylov  bo’yicha  saylov  kampaniyasi  davrida  deputatlikka 
nomzodlar,  siyosiy  partiyalarning  saylovoldi  tashviqotini  o’tkazishda  ommaviy 
axborot vositalaridan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom  qabul qilingan. Ushbu 
Nizomning 1-moddasida “Deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarga Qonunchilik 
palatasiga  saylov  kampaniyasi  davrida  saylov  oldi  tadbirlarini  o’tkazish  uchun 
                                                           
1
 Ўзбекистон  экологик  ҳаракатидан  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  Қонунчилик  палатаси 
депутатлигига  номзодлар  кўрсатиш  ва  уларни  сайлаш  тартиби  тўғрисида  Низом  /  Ўзбекистон  Республикаси 
Марказий сайлов комиссиясининг 2014-йил 11-сентябрдаги 618-сонли қарори билан тасдиқланган. 


88 
 
ommaviy  axborot  vositalardan  foydalanishda  teng  huquq  beriladi”  degan  qoida 
mavjud. 
Bu  tenglik  saylov  oldi  tashviqoti  bir  vaqtda  boshlanib,  bir  vaqtda 
to’xtatilishida,  tashviqotni  amalga  oshirishda  ommaviy  axborot  vositalaridan 
foydalanishda  suiste’molchiliklarga  yo’l  qo’ymaslikning  belgilanishida;  saylovoldi 
tashviqoti  olib  borishda  barcha  siyosiy  partiyalar  uchun  teng  sharitlar  yaratilishida 
ham ko’riladi. Davriy matbuot nashrlarida siyosiy partiyalarga teng miqdorda bosma 
maydoni, bir xil shrift va boshqa sharoitlar yaratiladi.  
Davlat radioeshittirish va televidiniesi tashkilotlari hamma siyosiy partiyalarga 
bir haftada bepul qirq daqiqadan vaqt ajratadi. Bu eshittirishlar eng ko’p tinglovchi va 
tomoshabin  qamrab  olinadigan  bir  vaqtga  to’g’ri  kelishi  kerak.  Bu  vaqtdan  siyosiy 
partiya vakillari yoki siyosiy partiyadan ko’rsatilgan nomzodlar debatlar o’tkazishda 
foydalanadi. Siyosiy partiyalarning televidinie va radioda chiqishi qur’a tashlash yo’li 
bilan  yoki  alifbo  tartibida  belgilanadi.  Davriy  nashrlarda  bepul  ajratilgan  bosma 
maydonlari siyosiy partiyalar o’rtasida teng taqsimlanadi.  
Saylov  davrida  ommaviy  axborot  vositalar  orqali  tarqatiladigan  har  qanday 
xabarlar  xaqiqatga  to’g’ri  kelishi,  ular  biror  bir  tarzda  hеch  bir  siyosiy  partiyaning 
huquqiy  manfatlariga  zarar  еtkazmasligi  kerak.  Televidinie  va  radioning  axborot 
dasturida siyosiy partiyalarga tegishli ma’lumotlar uchun ajratilgan vaqt miqdori ham 
bir  xil  bo’lishi  belgilangan.  Tashviqot  materiallari  siyosiy  partiyalarni  roziligisiz 
tahrir qilinishi mumkin emas. 
Saylovoldi  tashviqot  materiallarini  e’lon  qiladigan  davriy 
matbuot 
nashrlarining  tahririyatlari  biror  bir  siyosiy  partiyaga  nashr  tiraji  yoki  davriyligini 
o’zgartirish yo’li bilan ustunlik berishga haqqi yo’q. 
Qonunchilik palatasiga saylovlarda, ommaviy axborot vositalarining xodimlari 
birorta  siyosiy  partiya  tomonidan  deputatlikka  nomzod  etib  ko’rsatilsa,  saylovchilar 
bilan  uchrashuvlar,  saylov  oldi  yig’ilishlarida,  televidiniye  va  radioda  chiqishlar 
davrida  saylov  o’tkazishga  ajratilgan  mablag’lar  hisobiga  o’rtacha  ish  haqqi 
saqlangan holda xizmat vazifasini bajarishdan ozod etiladilar.  
Siyosiy  partiyalarning  Qonunchilik  palatasiga  saylov  bo’yicha  saylov 
kampaniyasi  paytida  saylov  oldi  tashviqoti  o’tkazishda  ommaviy  axborot 
vositalardan  foydalanish  tartibini  buzish  –  saylovlarda  tenglikni  buzish  deb  qaralib, 
aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. 
6)  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi”da  saylovlarda  partiyalararo 
raqobatning  kuchayishi  ijobiy  hol  ekanligi  ta’kidlanib,  saylovoldi  tashviqoti  davrida 
siyosiy partiyalarga teng sharoit yaratish mexanizimlarini samaradorligini oshirishga 
qaratilgan  normalarni  kiritish  haqida  taklif  kiritildi
1
.  Uning  natijasida  saylov 
qonunlariga  bir  nechta  yangi  normalar  kiritildi.  Misol  uchun  O’zbеkiston 
Rеspublikasining  2012-yil  19-dеkabrda  qabul  qilingan  “Saylov  erkinligi  yanada 
ta’minlanishi  va  saylov  qonunchiligi  yanada  rivojlantirilishi  munosabati  bilan 
«O’zbеkiston  Rеspublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida»gi  hamda  «Хalq 
                                                           
1
 Qarang:  Karimоv  I.A.  О’zbekistоn  XXІ  asr  bо‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarоrlik  shartlari  va  taraqqiyot 
kafоlatlari. T.: О’zbekistоn, 1997, 39-bet. 


89 
 
dеputatlari viloyat, tuman va shahar kеngashlariga saylov to’g’risida»gi O’zbеkiston 
Rеspublikasi  qonuniga  o’zgartish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida”gi  O’RQ—
340-sonli Qonuni shular jumlasidandir. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish