Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§.  Deputat  saylovida  takroriy  ovoz  berish,  takroriy  saylov  o’tkazish  va



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250
2-§.  Deputat  saylovida  takroriy  ovoz  berish,  takroriy  saylov  o’tkazish  va 
bo’shab kolgan o’rinlarga saylov o’tkazish. 
Deputat deganda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarning 
barcha  bo’g’ini  deputatlari  nazarda  tutiladi  Oliy  Majlisga  saylov  to’g’risidagi 
qonunning  45-moddasi  takroriy  ovoz  berish,  46-moddasi  takroriy  saylovni,  47-
moddasi bo’shab qolgan o’rinlarga deputat saylashi (Xalq deputatlari viloyat, tuman 
va  shahar  Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunning  42,  43,  44  moddalari) 
tartibga soladi.  
Qonun  normalariga  asosan,  agar  saylov  okrugi  bo’yicha  ikki  nafardan  ortiq 
nomzod  qo’yilgan  bo’lib,  ulardan  birortasi  ham  еtarli  ovoz  olib  saylanmasa,  okrug 
saylov komissiyasi eng ko’p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo’yicha okrugda takroriy 
ovoz  berishni  o’tkazish  haqida  qaror  qabul  qilib,  bu  haqda  Markaziy  saylov 
komissiyasi  hamda  okrug  saylovchilariga  habar  beradi.  Takroriy  ovoz  berish  qonun 
talablariga rioya qilingan holda ikki xafta ichida o’tkaziladi.  
Takroriy  ovoz  berishni  o’tkazish  uchun  asos:  asosiy  saylovda  ikki  nafardan 
ko’p nomzod ishtirok etgan bo’lishi va birorta ham nomzod еtarli ovoz olaolmasligi 
hisoblanadi. Takroriy ovoz berishni okrug saylov komissiyasi tayinlaydi.  
Takroriy  ovoz  berishda  ishtirok  etgan  saylovchilarning  ovozini  boshqa 
nomzodga nisbatan ko’proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. Ovoz berishda 
saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi. 2014-yil 21 dekabrda bo’dib 
o’tgan  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasiga  saylovda  14  ta  okrugdan  birorta  ham 
nomzod  еtarli  ovoz  ololmadi.  Natijada  2015-yil  4-yanvarda  shu  14  ta  okrugda 
takroriy ovoz berish tayinlandi.

Deputatlar saylovida takroriy saylov quyidagi hollarda o’tkaziladi. 
- agar saylov okrugida saylov o’tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo’lsa; 
- takroriy ovoz berishda deputat saylanganligini aniqlash imkoni bo’lmasa; 
-  agar  saylov okrugi bo’yicha  deputatlikka  ko’pi  bilan  ikki nomzod  qo’yilgan 
bo’lib, ularning birontasi еtarli ovozni olomagan bo’lsa. 
Qonunchilik  palatasi  deputatlarining  takroriy  saylovi  Markaziy  saylov 
komissiyasining  topshirig’iga binoan  okrug  saylov komissiyasi  tomonidan,  mahalliy 
Kengash  deputatlarining  takroriy  saylovi  tegishlicha  viloyat,  tuman,  shahar  saylov 
komissiyalarining  topshirig’iga  binoan  okrug  saylov  komissiyalari  tomonidan 
o’tkaziladi. 
                                                           
1
Xalq sо‘zi. 2014-yil 26 dekabr. 


188 
 
Markaziy  saylov  komissiyasi  viloyat,  tuman,  shahar  saylov  komissiyalari 
takroriy saylovni yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan 
o’tkazilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. 
Ovoz  berish  barcha  takroriy  saylovlarda  asosiy  saylovda  tashkil  qilingan 
saylov 
uchastkalarida 
avvalgi 
saylovchilar 
ro’yxati 
asosida 
o’tkazilishi. 
Deputatlarning  takroriy  saylovi  asosiy  saylovdan  keyin  bir  oy  ichida  o’tkaziladi. 
Saylov  komissiyalarini  tuzish,  deputatlarga  nomzod  ko’rsatish,  ro’yxatga  olish  va 
boshqa tadbirlar qonun talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda nomzod ko’rsatish 
uchun asosiy tartibda yana saylovchilarning imzosini to’plash shart emas. 
Qonun  deputat  o’rni  muddatidan  oldin  bo’shab  qolganda  ham  shu  okrugda 
saylov o’tkazilishini nazarda tutadi. 
 Deputatlik  o’rni  vakolat  muddatidan  oldin  turli  sabablar  bilan  tugatiladi. 
Bunday  sabablar:  deputat  vakolatini  haqiqiy  emas  deb  topish  (Qonunchilik  palatasi 
deputati  vakolati  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan,  mahalliy  Kengash 
deputatlarining  vakolati  tegishli  kengashlar  tomonidan  haqiqiy  emas  deb  topilishi 
mumkin);  deputatni  saylovchilar  tomonidan  chaqirib  olish;  deputatni  arizasiga 
binoan;  deputatni  o’limi  sababli;  deputatni  deputatlik  maqomi  bilan  to’g’ri 
kelmaydigan ishga o’tishi va boshqalar
1
. Shunday hollar natijasida deputatlik vakolati 
muddatidan  oldin  tugatilganda  tegishli  okrugda  saylov  o’tkaziladi.  Qonunchilik 
palatasi  deputatlariga  bunday  saylov  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan, 
mahalliy Kengash deputatlari saylovida, mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga bir 
oy qolganda tayinlanadi va bunday saylov ham saylov to’g’risidagi qonun talablariga 
to’la rioya qilingan holda o’tkaziladi. Bunday saylovlarda okrug saylov komissiyasi 
saylovlarga 25 kun qolganda uchastka saylov komissiyasi  15 kun  qolganda tuziladi. 
Deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olish saylovga 15 kun qolganda tugallanadi. 
Vakillik  organlari  vakolat  muddati  tugashiga  6  oydan  kam  vaqt  qolganda 
deputatlarning o’rinlari bo’shab qolsa, bo’shab qolgan o’ringa yangi deputat saylovi 
o’tkazilmasligi mumkin.  
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish