Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   250
 Bular  haqida  qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран.  M.:“Проспект”, 2009, 
стр.271. 
 
 


178 
 
Belgilanmagan  namunadagi  saylov  byulletenlari  va  varaqalari,  shuningdek 
bittadan ortiq kvadratga belgi qo’yilgan yoki umumiy belgi qo’yilmagan byulleten va 
varaqalar haqaqiy emas deb topiladi. Byulleten va varaqalar shubha tug’dirsa masala 
komissiyada ovozga qo’yilib hal qilinadi.  
Ovozlarni sanab chiqishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakili ishtirok etishi 
mumkin. Ovozlarni aniqlashda xonada kuzatuvchilar, OAV vakillari xozir bo’lishlari 
mumkin. 
Ovozlarni  sanab  chiqish  natijalari  uchastka  saylov  komissiyasining  majlisida 
ko’rib  chiqilib,  bayonnomada  qayd  qilinadi.  Bayonnoma  rais,  rais  o’rinbosar,  kotib 
va  a’zolar  tomonidan  imzolanadi.  Bayonnoma  rais  yoki  o’rinbosar  tomonidan  o’qib 
eshittiriladi  va  nusxasi  uchastka  binosiga 48  soatdan  kam  bo’lmagan  muddatga  olib 
qo’yiladi. Bayonnoma tegishli tartibda okrug saylov komissiyasiga taqdim qilinadi. 
Saylov  natijalarini  aniqlashning  keyingi  bosqichi  natijalarni  okrug  bo’yicha 
aniqlashdir.  Okrug  bo’yicha  saylov  natijalari  uchastka  saylov  komissiyasi  taqdim 
etgan bayonnomalar asosida aniqlanadi. Uchastka saylov komissiyalari bayonnomasi 
asosida okrug saylov komissiyasi:  

okrug bo’yicha saylovchilarning umumiy sonini; 

saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; 

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; 

har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini; 

haqiqiy emas deb topilgan byulleten va varaqalar sonini aniqlaydi. 
Okrug  bo’yicha  natija  okrug  saylov  komissiyasi  majlisida  aniqlanib 
bayonnomada  aks  ettiriladi.  Bayonnoma  komissiya  raisi,  o’rinbosari,  kotibi  va 
a’zolari tomonidan imzolanib Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi. 
Xalq  deputatlari  mahalliykengash  saylovida  okrug  saylov  komissiyasining 
bayonnomasi tegishli viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga taqdim etiladi. 
Saylov  natijalarini  aniqlashning  keyingi  bosqichi  Prezident  va  Qonunchilik 
palatasiga  deputat  saylovida  natijani  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
aniqlash,  mahalliy  Kengash  depututlari  saylovida  natijani  tegishli  viloyat,  tuman  va 
shahar saylov komissiyalarida aniqlashdir. 
Prezident 
saylovida, 
Markaziy 
saylov 
komissiyasi 
okrug 
saylov 
komissiyalaridan va xorijiy davlatlardagi vakolatxonalar huzuridagi tuzilgan uchastka 
saylov  komissiyalaridan  olingan  bayonnomalar  asosida  respublika  bo’yicha 
saylovchilarning  sonini;  ovoz  berishda  ishtirok  etgan  saylovchilar  sonini;  saylov 
byulletenlari  va  araqalaini  olgan  saylovchilarning  sonini;  har  bir  nomzodni  yoqlab 
berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi. 
Prezident saylovida ikki nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok 
etgan  saylovchilarning  nisbiy  ko’pchilik  ovozini  olgan  nomzod  saylangan 
hisoblanadi.  Saylovda  ikkitadan  ortiq  nomzod  ishtirok  etgan  taqdirda  ovoz  berishda 
ishtirok  etgan  saylovchilar  ovoziining  yarmidan  ko’pining  ovozini  olgan  nomzod 
saylangan  hisoblanadi.  2015-yil  29-martda  bo’lib  o’tgan  saylovda  Tadbirkorlar  va 
ishbilarmonlar  harakati  O’zbekiston  Liberal  demokratik  partiyasidan  nomzod  etib 
ko’rsatilgan I.A.Karimov saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90, 


179 
 
39  foizi  ovozini  olib,  Prezidentlikka  saylandi
1
.  Saylovda  turli  sabablar  bilan  bitta 
nomzod ishtirok  etgan bo’lsa, u nomzod ovoz  berishda  ishtirok  etganlarni  yarmidan 
ko’pini  ovozini  olsa  saylangan  hisoblanadi.  Saylovlarda  ro’yxatga  kiritilgan 
saylovchilarning  o’ttiz  uch  foizidan  kam  saylovchi  ishtirok  etsa,  saylov  o’tmagan 
hisoblanadi.  
Saylov  vaqtida  yoxud  ovozlarni  sanab  chiqishda  yo’l  qo’yilgan  hamda  ovoz 
berish  yakunlariga ta’sir  etgan  qoida  buzarliklar  sababli saylov  umuman  yoki  ayrim 
okruglar yoki ayrim saylov uchastkalari bo’yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Bunday  qaror  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  qabul  qilinadi  va  bu  qaror 
ustidan  ovoz  berish  yakunlari  e’lon  qilingan  kundan  e’tiboran  o’n  kun  ichida  Oliy 
Sudga  shikoyat  qilish  mumkin.  Shikoyat  qilish  huquqi  Prezidentlikka  nomzodlarga 
tegishli. 
Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda 
ana shu okruglar, uchastkalar bo’yicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham 
saylov  umuman  bo’lib  o’tgan  deb  topilishi  mumkin  bo’lsa,  Markaziy  saylov 
komissiyasining  qaroriga  binoan  saylovning  umumiy  natijalaridan  chiqarib 
tashlanadi.  
Qonunchilik  palatasiga  deputat  saylovida  Markaziy  saylov  komissiyasi  okrug 
saylov komissiyalaridan  olingan  bayonnomalar  asosida  saylov  natijalarini  aniqlaydi. 
Markaziy saylov komissiyasi bayonnomalar asosida: 

O’zbekiston bo’yicha saylovchilarning umumiy sonini; 

Saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; 

Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; 

Har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini; 

Haqiqiy emas deb topilgan byulleten va varaqalar sonini aniqlaydi. 
Ovoz  berishda  ishtirok  etgan  saylovchilarning  yarmidan  ko’pining  ovozini 
olgan  nomzod  saylangan  hisoblanadi.  Bu  saylovda  ham  ro’yxatga  kiritilgan 
saylovchilarning  kamida  o’ttiz  uch  foizi  ishtirok  etgan  bo’lishi  kerak.  Aks  holda 
saylov o’tmagan hisoblanadi. 
Saylov  chog’ida  yo’l  qo’yilib,  oqibat  natijada  ovoz  berish  yaunlariga  ta’sir 
qilgan qoida buzarlik tufayli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoki ayrim saylov 
uchastkalari  bo’yicha  haqiqiy  emas  deb  topilishi  mumkin.bunday  qaror  Markaziy 
saylov  komissiyasi  tomonidan  qabul  qilinadi  va  bu  qaror  ustidan  ovoz  berish 
yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida Oliy Sudga shikoyat qilishi 
mumkin. 
Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda 
ana shu okruglar, uchastkalar bo’yicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham 
saylov  umuman  bo’lib  o’tgan  deb  topilishi  mumkin  bo’lsa,  Markaziy  saylov 
komissiyasining  qaroriga  binoan  saylovning  umumiy  natijalaridan  chiqarib 
tashlanadi.  Markaziy  saylov  komissiyasi  saylov  yakunlari  bo’yicha  bayonnoma 
tuzadi va qaror qabul qiladi. 
Mahalliy  kengashga  saylov  bo’yicha  saylovni  yakuniy  natijasi  viloyat,  tuman 
va shahar komissiyalarida yuqoridagi tartibda aniqlanadi.  
                                                           
1
 Xalq sо‘zi. 2015-yil 7 aprel. 


180 
 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  yakunlari  to’g’risidagi  axborot 
saylovdan  keyin  o’n  kundan  kechiiktirmay  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
matbuotda e’lon qilinadi. 
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida Markaziy saylov komissiyasi okrug 
saylov  komissiyalaridan  olingan  bayonnomalar,  Ekoharakatning  oliy  organi  tegishli 
qarori  asosida  Qonunchilik  palatasiga  saylangan  deputatlarni  ro’yxatga  oladi  va  bu 
xaqda  deputatlarni  xabardor  qiladi.  Ular  ro’yxatga  olingan  paytdan  e’tiboran 
Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega bo’ladilar. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  saylov  yakunlari  to’g’risidagi  axborotni  va 
deputatlar  ro’yxatini  ularning  familisi,  ismi,  otasining  ismi,  tug’ilgan  yili,  partiyaga 
mansubligi,  egallab  turgan  lavozimi,  ish  va  yashash  joyi,  saylov  okruglarini  tartib 
raqami va joyi ko’rsatilgan holda o’n kundan kechiktirmay e’lon qilinadi. 
Mahalliy Kengash deputatlari saylovida tegishli viloyat, tumanva shahar saylov 
komissiyasi  okrug  saylov  komissiyalaridan  olingan  bayonnomalar  asosida 
saylanganlarni ro’yxatga oladi va bu haqda ularni xabardor qiladi. Saylov yakunlarini 
e’lon  qilish  Qonunchilik  padatasi  deputatlari  saylovlari  notijalarini  e’lon  qilishga 
aynan o’xshaydi. 
Saylanganlarni  ro’yxatga  olish,  saylov  yakunlarini  e’lon  qilishdan  oldin, 
shunday  holatlar  yuz  bersa  takroriy  ovoz  berish,  takroriy  saylov  o’tkazish,  (bo’shab 
qolgan  o’rinlarga  deputatlar  saylash)  qabi  saylov  tadbirlari  o’tkazilishi  mumkin.  Bu 
masala kyingi mavzuda maxsus o’rganiladi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish