Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


partiyalarga qo’llaniladi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250

partiyalarga qo’llaniladi.  
Bu qoidalar siyosiy partiyalrning saylovlarda ishtirokini ta’minlovchi huquqiy 
asos  hisoblansa,  siyosiy  partiyalarning  saylov  ishtirokchisi  bo’lishi  uchun  yana 
boshqa asos, saylovchilar roziligi (oldindan qo’llab-quvvatlash) ham asos bo’ladi. 
Siyosiy  partiyalar  saylovda  ishtirok  etishlari  –  ya’ni  nomzod  ko’rsatish 
huquqiga  ega  bo’lishlari  uchun  saylovchilarning  tegishli  miqdordagi  ovozini 
to’plagan  bo’lishlari  kerak.  Amaldagi  qonunchilikda  Oliy  Majlis  Qonunchilik 
palatasiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga ega bo’lish uchun siyosiy partiyalar kamida 
qirq  ming  saylovchining  imzosini  to’plashi,  Prezident  saylovida  nomzod  ko’rsatish 
huquqiga  ega  bo’lish  uchun  respublika  saylovchilarining  kamida  bir  foizining 
to’plagan bo’lishi kerak. 
                                                           
1
 Taqqoslash uchun: Prezident saylоvida kamida оlti оy rо‘yhatdan о‘tgan bо‘lishi kerak. 


86 
 
Yuqoridagi  asoslar  mavjud  bo’lgandagina  siyosiy  partiyalar  saylov 
ishtirokchisiga aylanadi.  
Siyosiy  partiyalarning  saylovlarda  ishtirok  etish  usullari  ham  qonunchilikda 
belgilab qo’yilgan, bular: 
- siyosiy partiyalar nomzodlar ko’rsatadi; 
-  siyosiy  partiyalr  saylov  jarayonida  qonun  doirasida  tashviqot  targ’ibot  ishlarini 
olib boradi; 
- saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qiladi;  
- nomzodlarning ishonchli vakillarni tanlashida ishtirok etadi; 
- saylov jarayoni tadbirlarida ishtirok etuvchi kuzatuvchilarni tanlab, taqdim etadi; 
-  saylov  uchastkasida  ovozlarni  sanash  chogida  ishtirok  etish  uchun  markaziy  -  
saylov komissiyasi belgilagan tartibda vakolatli vakillarni tayinlaydi; 
- saylov komissiyalarining majlislarida ishtirok etadi; 
- saylovlarda ishtiroki haqida matbuot konferensiyalari, briffinglar o’tkazadi; 
-  zarur  hollarda  saylov  komissiyalariga,  kerak  bo’lsa,  sud  organlariga  ariza 
shikoyat bilan murojat qiladi. 
Siyosiy partiyalarning saylov jarayonida ishtiroki Markaziy saylov komissiyasi 
tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarda ham belgilanadi. “O’zbekiston Respublikasi 
Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palasiga  saylov  bo’yicha  saylov  kampaniyasi  davrida 
deputatlikka  nomzodlar,  siyosiy  partiyalarning  saylovoldi  tashviqotini  o’tkazishda 
ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish  tartibi  to’g’risida”gi  Nizom  shulardan 
hisoblanadi
1
.  
Saylovlarda  ishtirok  etuvchi  yana  bir  sub’ekt  –  ekoharakat  bo’lib,  uning 
ishtirokining  ham  huquqiy  asosi  belgilangan.  Bu  harakat  faqat  Oliy  Majlis 
Qonunchilik  palatasiga  saylovda  saylov  ishtirokchisi,  alohida  mavqеga  ega  bo’lib, 
boshqa  saylovlarda  boshqa  harakatlar  va  jamoat  birlashmalari  maqomida  ishtirok 
etadi.  
“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida“gi  qonunning  1-
moddasi  3-qismida  “Qonunchililik  palatasining  15  deputati  O’zbekiston  Ekologik 
harakatidan  saylanadi”  –  deb  belgilab  quyilgan.  Shuni  o’zi  bu  harakatni  saylovda 
ishtirok etishi uchun еtarli, boshqa hеch qanday asos talab etilmaydi. Shu qonunning 
7
1
-bobi  “O’zbekiston  Ekologik  harakatidan  Qonunchilik  palatasiga  deputat  saylash 
tartibi” ni belgilaydi. 
Bu harakatni saylovdagi alohida maqomi (deputat saylash) O’zbekiston saylov 
tizimining  o’ziga  xos  xususiyatidir.  Bunday  tartib  boshqa  mamlakatlarda  ko’zda 
tutilmagan.  Ekoharakatga  Qonunchilik  palatasiga  deputat  saylash  huquqining 
berilishi,  hozirgi  kunning  eng  muhim  muamolari  —  Ekologik  muhitni  saqlash,  u 
orqali kishilar salomatligini saqlash, tabiatni saqlash, hayotni davom ettirish sifatida 
belgilanadi.  Ana  shu  sohadagi  muammolarni  hal  qilishda  Ekoharakatga,  uning 
qonunchilik organidagi ishtirokiga katta umid qilinmoqda. 
                                                           
1
 Qarang:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлиси  Қонунчилик  палатасига  сайлов  бўйича  сайлов 
кампанияси  даврида  сайловолди  ташвиқотини  амалга  оширишда  депутатликка  номзодлар,  сиёсий 
партияларнинг  оммавий  ахборот  воситаларидан  фойдаланиши  тартиби  тўғрисидаги  Низом  /  Ўзбекистон 
Республикаси  Марказий  сайлов  комиссиясининг  2014-йил  11-сентябрдаги  618-сонли  қарори  билан 
тасдиқланган. 


87 
 
Ekoharakat  va  siyosiy  partiyalarning  saylovdagi  ishtiroklarini  farq  qiluvchi 
holatlar ham mavjud:  
- agar siyosiy partiyalar barcha saylovlarda asosiy ishtirokchi bo’lib qatnashsa, 
ekoharakat  faqat  Qonunchilik  palatasiga  saylovda  asosiy  ishtirokchi  bo’lib 
qatnashadi; 
-  siyosiy  partiyalar  saylovlarda  nomzod  ko’rsatish,  tashviqot  ishlarni  olib 
borish, saylovlarning qonuniy asosida o’tishini, adolatli bo’lishini kuzatishda ishtirok 
etsa,  Ekoharakat  qonunchilik  palatasiga  15  deputatni  o’z  a’zolari  orasidan,  o’zining 
oliy  anjumani  (konferensiya)da  saylaydi
1
.  Bunday  huquqqa  O’zbekistonda  ham, 
boshqa  davlatlarda  ham  hеch  bir  siyosiy  partiya,  ommaviy  harakatlar,  jamoat 
birlashmalari  ega  emas.  Qonunchilik palatasiga saylanadigan 15  deputat nomzodlari 
ham  ekoharakat  tomonidan  tanlanadi.  Bu  deputatlar  ekoharakat  oldida  ma’sul  va 
parlamentda ularning manfaatini ifoda etadi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish