Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


partiyalar esa eng kuchli, yorqin siyosiy institutlardandir



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   250

partiyalar esa eng kuchli, yorqin siyosiy institutlardandir. 
Siyosiy  partiyalar  nafaqat  siyosiy  institut,  ular  ijtimoiy  harakatlar  singari xalq 
bilan hokimiyat o’rtasidagi asosiy bog’lovchi demokratik institutdir. 
Siyosiy  partiyalarning  rolisiz,  ishtirokisiz  hozirgi  zamonda  vakillik 
demokratiyasini tasavvur qilish mumkin emas
1
.  
Shu gaplar va Konstitusiyadagi normalar fuqarolarning ommaviy harakatlariga 
ham taalluqlidir. 
Siyosiy  partiyalar  va  ommaviy  harakatlar  (ekoharakat)  fuqarolarning  siyosiy 
huquqlarini ro’yobga chiqarishi natijasidir. Shu huquq orqali, ya’ni siyosiy partiyalar 
va ommaviy harakatlarga a’zo bo’lish huquqi bilan ham fuqarolar jamiyat va davlat 
ishlarida ularni boshqarishda ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar 
jamoat birlashmalari sifatida Konstitusiyaning 56-moddasida belgilab qo’yilgan.  
Siyosiy  partiyalar  davlat  paydo  bo’lishidan  ancha  keyin,  fuqarolarning 
demokratiya  uchun  kurashlari  kuchaygan  davrlarda,  shu  kurashlar  mahsuli- 
birlashtiruvchi kuch sifatida vujudga kelgan. Dastlabki siyosiy partiyalar jamiyatdagi 
ayrim  guruhlarning  dunyoqarashini  ifoda  etuvchi  tashkilot  sifatida  vujudga  kelib, 
davlatni  boshqarishda  ishtirok  etmagan.  Davlat  huquqi  nazariyasida  ular  dastlab 
davlat instituti (siyosiy institut) emas faqat jamoat instituti hisoblangan. 
Asta sekin kurashlar natijasida ular siyosiy institut mavqеini egalladi va davlat 
boshqaruvida  ishtirok  eta  boshladi.  Bu  ayniqsa  monarxiya  tuzumini  o’zgarishi, 
respublika boshqaruvining vujudga kelishida yaqqol namoyon bo’ldi. 
Siyosiy  partiyalarning  mavjud  bo’lishi  va  yashashi  uchun  bir  necha  shartlar 
bo’lishi  zarur.  Bular,  jamiyatda  plyuralizmga  keng  yo’l  ochilgan  bo’lishi;  uni 
ifodalashning lеgitimligi; jamiyatning davlat qarorlarini qabul qilishida ishtirok etish 
imkoniyatining mavjudligi
2
.  
Jamiyatda  ijtimoiy  munosabatlarni  kengayishi,  takomillashuvi  natijasida 
siyosiy  tizim  kuchayib  takomillashib  borar  ekan  bunda  siyosiy  partiyalarning  roli 
katta  va  bu  o’z  navbatida  (siyosiy  partiyalarning  mustahkamlanishi,  kuchayishi) 
mamlakat  siyosiy  tizimini  barqaror  bo’lishiga,  kuchli  bo’lishiga,  xalqchil  bo’lishiga 
jiddiy ta’sir qiladi. 
Bu  esa  jamiyatning  kuchli  bo’lishining,  unda  farovon  hayot  bo’lishining 
garovidir.  Siyosiy  partiyalar  –  siyosiy  institut  tizimini  ajralmas  qismi  sifatida 
fuqarolik  jamiyatini  ham  muhim  shartlaridan  bo’lib  hisoblanadi.  O’zbekiston 
Respublikasi  fuqarolik  jamiyati  qurishga  kirishgan  ekan,  avvalgi  tuzumda  mavjud 
bo’lgan  yakka  partiyalilik,  yagona  partiyaning  hukumronligidan  voz  kechib, 
ko’ppartiyaviylikni  rivojlantirish  choralarini  ko’rdi.  Mamlakatimiz  mustaqilligining 
dastlabki davrlarida mamlakatda qancha partiya bo’lish kerak, qancha partiya bo’lsa 
demokratiya  bo’ladi,  degan  savollar  ham  tug’ilgan.  Qancha  partiya  ko’p  bo’lsa 
                                                           
1
 Qarang: Karimоv I. A. О’zbekistоn  XXІ asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarоrlik shartlari va taraqqiyot 
kafоlatlari. T.: О’zbekistоn, 1997, 174-175 betlar. 
2
 Qarang: Политические партии в условиях демократии. Фонд «Конрад Аденауэр». 1995, стр. 28. 


84 
 
shuncha  demokratiya  ko’p  bo’ladi,  degan  fikrlar  ham  bo’lgan  va  hozir  ham  yo’q 
emas.  Demokratiya  sifati  partiyalar  soni  bilan  bog’liq  emasligi  O’zbekiston 
Prezidenti  tomonidan  ko’rsatib  berilgan.  Uning  ta’kidlashicha  “...  demokratiyaning 
sifati  partiyalarning  ko’p  bo’lishi  bilan  belgilanmasligini  ham  yodda  tutish  darkor. 
Haqiqatan  ham  keng  ijtimoiy  guruhlarning  manfaatlarini  ifodalash  va  himoya 
qilishga qodir bo’lgan siyosiy partiyalar uchun normal siyosiy  makon yaratib berish 
muhimdir.  Partiyalarning  paydo  bo’lishi,  ularning  soni,  dasturiy  yo’l  yo’riqlarining 
o’ziga  хosligi  va  hokazolar  esa  ijtimoiy  manfaatlar  yig’indisi  va  jamlanishi  orqali 
tabiiy  yo’l  bilan  belgilanmog’i  kerak.  Siyosiy  partiyalar  mavjud  bo’lishining  asosiy 
va birdan bir prinsipi davlatning konstitusiyaviy mе’yorlarini hurmat qilish va ularga 
rioya etishdan iborat bo’lmog’i lozim”
1
.
 
Bu  takidda  qancha  partiya  bo’lishi  kerak  va  partiyalarni  mavjudligiga  nima 
sabab va partiyalarning vazifasi aniq ko’rsatib berilgan. 
O’bekiston  Respublikasi  hozir  barqaror  partiya  tizimiga  ega  bo’lib,  bu  tizim 
mamlakat  mustaqilligi  davrida  shakllanib,  takomillashib  bordi.  Mamlakat  siyosiy 
ijtimoiy  hayotida  ba’zi  partiyalar  yo’q  bo’lib  ketdi,  ba’zi  partiyalar  vujudga  keldi, 
ba’zi partiyalar qo’shilib ketdi. 
Xozirgi kunda mamlakat hayotida quyidagi partiyalar faoliyat ko’rsatmoqda:  
1. O’zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi. 
2. O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi. 
3. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi.  
4.  Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  –  O’zbekiston  liberal  demokratik 
partiyasi.  
Bu  partiyalar  davlatni  idora  etish,  hokimiyatida  qatnashish  kabi  asosiy 
vazifalardan tashqari boshqa yana o’ziga xos vazifalariga ham ega. 
“Xalq  demokratik  partiyasi”ning  asosiy  maqsadi  –  mehnat  qiluvchi 
insonlarning,  barcha  oilalarning  moddiy  va  ma’naviy  jihatdan  yuqori  darajada 
ta’minlanganligiga,  barchani,  siyosiy  qarashlaridan  qat’iy  nazar  bir  xil 
imkoniyatlariga  ega  bo’lishi,  konstitusiyaviy  huquq  va  erkinliklarining  bir  xilda 
ta’minlanishi uchun harakat qilishdir. 
“Adolat”  sosial-demokratik  partiyasi  o’z  oldiga  mamlakat  mustaqilligini 
mustahkamlash,  siyosiy-iqtisodiy  islohotlarni  tezlashtirish,  O’zbekiston  hududida 
yashovchi barcha xalq va millatlarning manfaatiga mos keluvchi adolatli, demokratik 
huquqiy jamiyat qurishni ko’yadi. 
“Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyasining  faoliyati  milliy  ma’naviyatni 
kuchaytirish,  vatan  yagona  oila,  kuchli  demokratik  davlat,  milliy  qadriyatlar,  ilmiy-
texnik  o’sish  va  xalqaro  integrasiya,  zamonaviy  inson-millat  kelajagi  g’oyasiga 
tayanadi. 
“Liberal-demokratik partiya” – mulkdorlar sinifini, kichik biznes va vakillarini, 
tadbirkor  va  ishbilarmonlarni,  ishlab  chiqarish  mutaxassislarini,  shuningdek 
tadbirkorlikga  intiluvchi  olim,  ixtirochi  va  boshqa  fuqorolarni  manfaatlarini  va 
siyosiy erkini ifodalovchi umummilliy partiyadir. 
                                                           
1
 Karimоv I.A. О’zbekistоn XXІ asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarоrlik shartlari va taraqqiyot kafоlatlari. 
T.: О’zbekistоn, 1997, 175-bet. 


85 
 
Siyosiy  partiyalarning  maqsadi  qanchalik  turli  tuman  bo’lmasin,  ular  bu 
maqsadga  hokimiyat  tuzulmalarida  munosib  o’ringa  ega  bo’lsagina  erishadi.  Bunga 
erishishning asosiy vositasi esa, saylovlardir. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish