Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. O’zbekiston saylov tizimining shakllanishi va takomillashib borishi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250
3-§. O’zbekiston saylov tizimining shakllanishi va takomillashib borishi 
Saylov  tizimini  murakkab  mexanizmlardan,  tarkibiy  qismlardan  tarkib  topgan 
qurilmaga o’xshatish mumkin. Uning mexanizmlarining yangilanishi, takomillashuvi, 
ishlamay qolganlarini almashtirilishi, oxir oqibatda tizimni mazmuniga, sifatiga ta’sir 
qiladi. 
Biror-bir  mamlakatning  saylov  tizimi  birdaniga  hozirgi  holatida  vujudga 
kelmagan.  Ularning  shu  vaqtdagi  saylov  tizimining  vujudga  kelishi  uchun  ko’p 
vaqtlar  o’tgan,  mablag’lar  sarflangan,  ba’zi  paytlarda  jamiyatda  to’qnashuvlar, 
kurashlar bo’lgan. Saylov tizimidagi umumiylik, tenglik, ixtiyoriylik, xohish-irodani 
erkin  bildirish  o’z-o’zidan  yoki  birdaniga  vujudga  kelmagan.  Saylovlarda  yosh 
chegarasini kamaytirish, ayollarni saylovlarda ishtirok etishiga erishish, saylovlardagi 
ortiqcha cheklashlarni olib tashlash uchun uzoq vaqt kurashilgan. 
Mamlakatdagi  saylov  tizimi  bo’lishi  davlat  xarakteriga,  u  еrdagi  rejimga 
bog’liq,  ya’ni  davlatning  suverenligi,  demokratik  yoki  avtoritar  rejim,  diktatura 
ko’rinishida bo’lishligi saylov tizimiga ta’sir qiladi. Lekin har qanday rejim ham o’z 
saylov  huquqini  demokratik  qilib  ko’rsatish  uchun  turli  choralarni  ko’radi.  Sobiq 
ittifoq  davrida  ham  saylov  eng  demokratik  deb  ko’rsatilar,  hatto  fashistlarni 
hokimiyat tepasiga keltirgan Germaniya saylov tizimi ham demokratik hisoblangan. 
O’zbekiston  ittifoq  tarkibida  turgan  vaqtda  uning  mustaqil  saylov  tizimi 
bo’lmagan. O’zbekiston saylov tizimi SSSR saylov tizimining tarkibiy qismi bo’lib, u 
qanday  bo’lsa  bu  ham  shunday  bo’lgan.  XX  asr  80-yillarining  ikkinchi  yarmidan 


58 
 
SSSR,  shuningdek,  O’zbekiston  saylov  tizimiga  o’zgartirishlar  kiritishga  o’rinishlar 
bo’lgan. Shu davrda SSSR saylov tizimi va tajribasiga kirib kelgan, muqobil saylov, 
ko’p  mandatli  okrug,  dеputat  o’rinbosarlari  degan  institutlar  O’zbekiston  saylov 
tizimiga  ham  kirib  kelgan.  O’zbekiston  saylov  tizimining  shu  vaqtda  mustaqil 
emasligini har qanday saylov qonunlari va qonuniy hujjatlar asosan markazda qabul 
qilinishi, respublikada qabul qilingan qonunlar, hujjatlar aslo ulardan chetga chiqishi 
mumkin emasligida ko’rishimiz mumkin. 
O’zbekiston  saylov  tizimining  mustaqillik  yo’lidan  borishi  1989-yil  20-
oktabrdagi  saylov  to’g’risida  qonun  qabul  qilinishi  va  1990-yil  18-fevralda 
o’tkazilgan  saylovlardan  boshlandi.  Natijada  nomzodlar  soni  cheklanmay  saylovlar 
muqobillik  asosida  o’tkazish  sharoiti  vujudga  keldi,  takroriy  ovoz  berish,  takroriy 
saylov  degan  yangi  saylov  institutlari  vujudga  keldi  va  bu  esa  saylov 
munosabatlarining kengayishi, ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning saylov 
tizimida  bo’lishini  nazarda  tutdi.  O’zbekiston  saylov  tajribasida  saylovlarni  haqiqiy 
emas deb topish faktlari paydo bo’ldi. 
O’zbekiston saylov tizimining shakllanishi O’zbekistonning mustaqilligi bilan 
bog’liq  bo’lsa,  uni  rivojlanishi,  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  demokratik 
islohotlarga bog’liq. 
O’zbekiston  Respublikasining  mustaqil,  demokratik  saylov  tizimini 
shakllanishi,  O’zbekiston  Respublikasining  1992-yil  8-dekabrdagi  Konstitusiyasini 
qabul qilinishi 1991-yil 18-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to’g’risida”,  1993-yil  28-dekabrdagi  “O’zbekiston  Respublikasining  Oliy  Majlisiga 
saylov  to’g’isida”,  1994-yil  5-maydagi  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunlar  qabul  qilinishi  bilan  bog’liq  va  bular 
saylov tizimini yanada takomillashtirish, demokratlashtirishga olib keldi. 
Yuqoridagi qonunlar saylov munosabatlarini keng ravishda tartibga solish bilan 
yangi munosabatlarni vujudga keltirdi, masalan saylovlarni ko’p partiyaviylik asosida 
o’tishi,  nomzodlarni  fuqarolar  va  vakillik  hokimiyati  organlari  tomonidan 
ko’rsatilishi va boshqalar. 
Mamlakatimizda  olib  borilgan  demokratik  islohotlarga  monand  ravishda 
saylov  tizimi  ham  isloh  qilib  borildi.  Yuqorida  tilga  olingan  qonunlarga  ko’plab 
o’zgartirishlar  kiritilib,  saylov  tartiblari  o’zgartirildi.  Saylov  tizimidagi  (tartibidagi) 
eng muhim va sezilarli o’zgarishlar:  
-  vakillik  hokimiyati  va  fuqarolar  nomzod  ko’rsatish  huquqiga  ega  sub’ektlar 
qatoridan  chiqarib  tashlandi  va  nomzod  ko’rsatishga  faqat  siyosiy  partiyalar  (quyi 
vakillik organlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari ham) ega bo’ldi; 
-  saylovlarni  bo’lib  o’tgan  deb  hisoblash  uchun  ro’yxatga  olinganlarning 
yarmidan ko’pi emas, 33 foizi qatnashishi еtarli miqdor deb belgilandi; 
-  siyosiy  partiyalar  nomzod  ko’rsatishda  nomzodlarning  kamida  30  foizi 
ayollardan iborat bo’lishi belgilandi; 
- Oliy Majlis Senati tashkil etilishi munosabati bilan saylov tizimiga pog’onali 
saylov kirib keldi; 
- Qonunchilik palatasida deputatlar soni 150 ta qilib belgilanib, ularning 15 tasi 
Ekoharakatdan ularning anjumanlarida saylanadigan bo’ldi; 


59 
 
-  siyosiy  partiyalar  saylovda  ishtirok  etishi  uchun  to’planadigan  imzolar 
miqdori oltmish mingdan qirq mingga tushirildi; 
- saylov uchastkalarida ovoz natijalarini aniqlashda nomzod ko’rsatgan siyosiy 
Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish