Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Nomzodlarning maqomi va ularning faoliyatining huquqiy kafolatlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   250
6-§. Nomzodlarning maqomi va ularning faoliyatining huquqiy kafolatlari 
Prezidentlikka  nomzodlar,  deputatlikka  (turli  pog’ona  vakillik  organlari 
deputatligiga  nomzodlar)  ro’yxatga  olingach,  to  deputat  etib  saylanib  ro’yxatga 
olingunicha  ma’lum  huquqiy  maqomga  ega  shaxslar  hisoblanadi.  Ularning  huquqiy 
maqomi, hamma nomzodlarning saylov jarayonining barcha tadbirlarida bir xil, teng 
asosda ishtirok etishlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy choralardir. 
Nomzodlarning  huquq  va  burchlari,  faoliyatining  huquqiy  kafolatlari  saylov 
to’g’risidagi qonunlarda belgilab qo’yilgan. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  28
1
-
moddasi  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  huquqlarining 
kafolatlari” – deb nomlangan. Unga asosan:  
-  prezidentlikka  nomzod  etib  ro’yxatga  olinganlarning  hammasi  teng 
huquqlarga ega (bu qoida amaldagi prezident nomzod etib ro’yxatga olinganda ham 
amalda  bo’ladi,  ya’ni  uning  nomzod  sifatida  huquqi  boshqa  nomzodlar  bilan  teng 
bo’lishi nazarda tutiladi); 


152 
 
-  prezidentlikka  nomzod  saylovchilar  bilan  uchrashuvlar  o’tkazish,  saylovoldi 
yig’ilishlarida  so’zga  chiqish,  televidenie  ko’rsatuvlari  va  radioeshittirishlarida 
qatnashish vaqtida saylovni o’tkazish uchun ajratilgan mablag’lar hisobidan o’rtacha 
oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan 
ozod bo’lish huquqiga ega; 
-  nomzod  ro’yxatga  olingandan  keyin  Respublika  hududi  doirasida  davlat 
yo’lovchi  transportining  barcha  turlarida  (shahar  yo’lovchilar  transporti,  taksi  va 
transportning  boshqa  turlarining  buyurtma  yo’nalishlaridan  tashqari)  tekin  yurish 
huquqiga ega; 
-  nomzod  O’zbekiston  Bosh  prokurorining  roziligisiz  jinoiy  javobgarlikka 
tortilishi,  hibsga  olinishi  yoki  sud  tomonidan  beriladigan  ma’muriy  jazoga  tortilishi 
mumkin  emas.  Bosh  prokuror  bunga  rozilik  bergan  taqdirda  bu  haqda  Markaziy 
saylov komissiyasini darhol xabardor qiladi; 
- nomzodni majburiy keltirish, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yukini, 
transportini, turar-joy va xizmat binolarini ko’zdan kechirish mumkin emas. 
Prezidentlikka  nomzodlarga  qonunning  36-moddasiga  asosan,  ovoz  berish 
yakunlari e’lon qilingach, o’n kun ichida Oliy sudga shikoyat qilish huquqi berilgan. 
Bulardan  tashqari  prezidentlikka  nomzodlarning  barchasi  uchun  televidenie, 
radioda bir xil vaqt ajratish, matbuotda bir xil xajmda bosma nashrlari ajratish tartibi 
belgilangan bo’lib, bular ham nomzod faoliyatini kafolatlaridan hisoblanadi. 
 Tegishli  vakillik  organlari  deputatligiga  nomzodlarning  huquqlari  kafolatlari 
ham tegishli saylov qonunlarida ko’zda tutilgan. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 29-
moddasida  deputatlikka  nomzodlarni  saylovoldi  tadbirlarida  ishtirok  etishlari  uchun 
ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  vazifalaridan  ozod  qilish  kafolatlangan.  Xususan, 
deputatlikka  nomzod  qilib  ro’yxatga  olingan  shaxs  saylovchilar  bilan  uchrashuvlar 
o’tkazish, saylovoldi yig’ilishlarida so’zga chiqish, televidenie ko’rsatuvlari va radio 
eshittirishlarda  qatnashish  vaqtida,  o’rtacha  oylik  ish  haqi  saylov  o’tkazish  uchun 
ajratiladigan  mablag’lar  hisobidan  saqlangan  holda,  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat 
vazifalarini bajarishdan ozod bo’lish huquqiga ega. 
Shuningdek,  ushbu  qonunning  30-moddasida  deputatlikka  nomzodning 
transportda  tekinga  yurish  huquqi  belgilanib,  unga  muvofiq  deputatlikka  nomzod 
ro’yxatga  olinganidan  keyin  tegishli  saylov  okrugi  doirasida  davlat  yo’lovchilar 
transportining barcha turlarida (shahar yo’lovchi transporti, taksi va transport boshqa 
turlarining  buyurtma  yo’nalishlaridan  tashqari)  tekinga  yurish  huquqiga  ega.  Saylov 
okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod saylov okrugiga kelishda undan 
yashash joyiga qaytishda ham shu huquqdan foydalanadi. 
Хuddi  shunday  huquqlar  mahalliy  Kengash  deputatligiga  nomzodlarga  ham 
taalluqli  bo’lib,  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov 
to’g’risida”gi Qonunning 26
1
-moddasida mustahkamlangan. 
Deputatlikka  nomzodlarni  saylov  davrida,  tashviqot  ishlari  olib  borishda 
tengligini ta’minlash o’ta muhim bo’lib, shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasi 
“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasiga  saylov  bo’yicha 
saylov  kampaniyasi  davrida  deputatlikka  nomzodlar,  siyosiy  partiyalarning 
saylovoldi tashviqotini o’tkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi 


153 
 
to’g’risida”  Nizomni  tasdiqlagan
1
.  Shu  hujjatda  nomzodlarga  tashviqot  ishlarida 
ommaviy  axborot  vositalaridan,  davriy  nashrlardan  bir  xilda,  teng  foydalanish 
choralari belgilangan. 
Kеyinchalik,  O’zbеkiston  Rеspublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasining 
2014-yil  11-sеntyabrdagi  618-sonli  qarori  bilan  “O’zbеkiston  Rеspublikasi  Oliy 
Majlisi  Qonunchilik  palatasiga  saylov  bo’yicha  saylov  kampaniyasi  davrida 
saylovoldi  tashviqotini  amalga  oshirishda  dеputatlikka  nomzodlar,  siyosiy 
partiyalarning  ommaviy  aхborot  vositalaridan  foydalanishi  tartibi  to’g’risida”gi 
Nizom yangi normalar bilan boyitilib, yanada takomillashtirildi. 
 
Xulosa.  
Saylovlar  natijasida,  kim  prezident  bo’lishi,  kimlar  deputat  etib  saylanishida 
nomzod  tanlash  muhim  masaladir.  Shuning  uchun  nomzodlarni  kim  ko’rsatishi, 
qanday  tartibda  ko’rsatilishi,  ularga  qo’yiladigan  talablar,  nomzodlarni  ro’yxatga 
olish,  ro’yxatga  olishni  rad  etish  masalalari  keng  va  mukammal  tartibga  solingan. 
O’zbekiston  saylov  qonunchiligini  takomillashib  borishi,  nomzod  ko’rsatish 
tartiblarini  ham  takomillashib  borishiga  ta’sir  qiladi.  Qonunchiligimiz  nomzodlar 
ko’rsatish  huquqiga  ega  sub’ektlar  doirasini  demokratiyaga,  xalqaro  saylov 
talablariga  moslashtirish  maqsadida  bir  necha  o’zgartirishlarga  uchradi.  Nomzod 
ko’rsatish  uchun  qo’yilgan  talablar  osonlashtirildi  (saylovchilar  imzosi  60  mingdan 
40 mingga tushirildi Qonunchilik palatasi deputati saylovida). 
Saylovlarni  demokratik,  adolatli  o’tishi  nuqtai  nazaridan  qonunchiligimizda 
nomzodlar  faoliyatini  huquqiy  asoslari  mustahkamlab  qo’yilgana  bo’lib,  u  asoslar 
saylovlarda  nomzodlarning  teng  ishtirok  etishi,  ularga  bir  xil  sharoit  yaratilishini 
ta’minlanishini ko’zda tutadi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish