Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Nomzodlarga qo’yiladigan talablar



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   250
5-§. Nomzodlarga qo’yiladigan talablar 
Kimlar  prezident,  deputat,  Senator  bo’lib  saylanishi  xalq,  mamlakat  taqdiri 
bilan  chambarchas  bog’liq.  Shu  lavozimga,  vakillik  organlariga  munosib,  xalq 
manfaatini  shaxsiy  manfaatdan  ustun  qo’yuvchi,  bilimli,  tajribali,  kamtar,  insofli, 
vijdonli  kishilarni  saylanishi  mamlakatni  taraqqiy  etishiga,  faravon  turmush 
bo’lishiga,  adolat  o’rnatilishiga,  inson  huquqlarini  ta’minlanishiga,  tinchlik-totuvlik 
bo’lishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  ham  saylanadiganlar  oldiga  jiddiy  talablar 
qo’yiladi.  Bunday  talablar  prezident,  deputatlar  (ularning  turli  bo’g’inlari)  uchun 
turlicha  bo’lib,  ularning  barchasi  uchun  bir  xil  talab  ham  mavjud,  ya’ni  barcha 
nomzodlar albatta O’zbekiston fuqarosi bo’lishi shart. 
Nomzodlarga  qo’yiladigan  talablar  qonunlarda  belgilab  qo’yilgan  bo’lib,  ular 
konstitusiyaviy  hamda  boshqa  qonuniy  talablar  bo’ladi.  Konstitusiyaviy  talablar 
konstitusiyada, boshqa talablar saylov qonunlarida belgilangan. 
Bundan  tashqari  prezidentlikka  nomzod  va  deputatlikka  nomzodlarga 
qo’yiladigan talablar, hatto turli pog’onadagi deputat nomzodlari uchun qo’yiladigan 
talablar har xil.  
Bularni  alohida-alohida  o’rganish  maqsadga  muvofiqdir.  Shuni  ta’kidlash 
lozimki,  nomzodlarga  qo’yiladigan  talablar  passiv  saylov  huquqi  (saylanish  huquqi) 
bilan bog’liq. 
Barcha  nomzodlar  uchun  yosh  sеnzi,  o’troqlik  sеnzi  (turli  muddatlarda) 
o’rnatilgan.  Bundan  tashqari  biron-bir  qonunda  nomzodlarga  qo’yiladigan  talablar 
qatorida  muomala  layoqatiga  ega  bo’lish  ko’rasatilmagan  bo’lsada,  bu  saylov 
huquqiga  ega  bo’lishining  asosiy  sharti  bo’lganligi  uchun  muomala  layoqatiga  ega 
bo’lish albatta talab etiladi. 
Nomzodlarga  qo’yiladigan  talablarni  quyidagi  turlarga  bo’lish  yoki  tizimlash 
mumkin. 
Prezidentlikka 
nomzodga 
qo’yiladigan 
konstitusiyaviy 
talablar 
– 
konstitusiyaning  90-moddasida  belgilangan,  unga  asosan  prezident  bo’lish  uchun 
shaxs (nomzod) o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, 
bevosita saylovgacha o’n yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston 
fuqarosi bo’lishi kerak. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston 
Prezidenti  bo’lishi  mumkin  emasligi  haqidagi  qoidani  ham  saylanuvchiga 
qo’yiladigan  talab  deb  hisoblash  mumkin.  Bular  prezidentlikka  nomzodga 
qo’yiladigan konstitusiyaviy talablardir.  


150 
 
“O’zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 25-
moddasida  prezidentlikka  nomzodga  qo’yiladigan  talablar  belgilab  qo’yilgan.  Unga 
asosan: 
- qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar; 
-  o’zlariga  nisbatan  jinoiy  ish  qo’zg’atilgani  munosabati  bilan  qonun 
tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar; 
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O’zbekiston 
Prezidentligiga nomzod etib ro’yxatga olinmaydi. 
Demak,  prezidentlikka  nomzod  bo’lish  uchun  qasddan  jinoyat  sodir  etganlik 
uchun sudlanmagan bo’lish, shaxsga nisbatan shu davrda jinoyat ishi qo’zg’atilmagan 
bo’lishi  va  diniy  tashkilot  va  birlashmalarning  professional  xizmatchisi  bo’lmasligi 
kerak. 
Oliy 
Majlis 
deputatligiga 
nomzodlarga 
qo’yiladigan  talablar  ham 
konstitusiyada  va  saylov  qonunlarida  belgilangan.  Konstitusiya  normalariga  binoan 
(77-m,  4-qism)  Qonunchilik  palatasiga  25  yoshga  to’lgan  va  kamida  5  yil 
O’zbekiston  Respublikasi  hududida  muqim  yashayotgan  fuqarolar  nomzod  bo’lishi 
mumkin. “Oliy Majlisga saylov to’g’risida”gi qonunning 25-moddasida, deputatlikka 
nomzodlarga qo’yiladigan talablar belgilangan. Unga asosan quyidagilar: 
- sodir etgan o’ta og’ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yohud 
sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar; 
-  saylov  kuniga  qadar  so’nggi  besh  yil  mobaynida  O’zbekiston  hududida 
muqim yashamagan fuqarolar (bu konstitusiya normasi bilan ham belgilangan); 
-  O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  harbiy  xizmatchilari,  Milliy 
xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning xodimlari; 
-  diniy  tashkilot  va  birlashmalarning  professional  xizmatchilari  deputatlikka 
nomzod etib ro’yxatga olinmaydi. 
Bu  еrdagi  yosh  chegarasi,  shaxsni  shu  lavozim  yoki  daraja  uchun 
mo’ljallangan,  ular  hal  qilishi  lozim  vazifalarni  bajara  olish  qobiliyatiga,  bilimga, 
hayot  tajribasiga  ega  bo’lishni,  muqim  yashash  muddati  shu  еrdagi  sharoitlar  bilan 
yaqindan tanish bo’lishni nazarda tutadi. 
Sudlanganlik,  jinoyat  sodir  etganlik,  jinoiy  ish  yuzasidan  qonun  ta’qibida 
bo’lganlik uchun, nomzod bo’la olmaslik ma’naviy-ahloqiy tomonidan pok bo’lishini 
ko’zlaydi. 
Diniy tashkilotlarning professional xizmatchilariga nisbatan chegara qo’yishlik 
davlatni  dindan  ajratilganidan,  O’zbekiston,  dunyoviy  davlatligidan,  harbiy  tuzilma 
xizmatchilari cheklovini qo’yilishi esa, siyosat bilan harbiy faoliyat qo’shilishi salbiy 
oqibatlarga olib kelishini oldini olish maqsadidan kelib chiqadi. 
Qonunlarda  mahalliy  Kengash  deputatligiga  nomzodlar  uchun  ham  talablar 
belgilangan.  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kegashlariga  saylov 
to’g’risida”gi  qonunning  23-moddasi  “Deputatlikka  nomzodlarga  qo’yiladigan 
talablar” deb nomlanib, unga ko’ra, quyidagilar:  
-  sodir  etilgan  og’ir  va  o’ta  og’ir  jinoyati  uchun  sudlangan  yoki  sudlanganlik 
holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar; 
-  saylov  kuniga  qadar  so’nggi  besh  yil  mobaynida  O’zbekiston  hududida 
muqim yashamagan fuqarolar; 


151 
 
-  O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  harbiy  xizmatchilari,  Milliy 
xavfsizlik  xizmatining,  Ichki  ishlar  vazirligining,  Davlat  bojxona  qo’mitasining, 
boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning xodimlari; 
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka 
nomzod etib ro’yxatga olinmaydilar. 
Sudyalar,  prokuratura  organlari  va  hokimiyat  ijroiya  organlarining  mansabdor 
shaxslari  (hokimlar  bundan  mustasno)  deputat  etib  saylanadigan  bo’lsalar,  egallab 
turgan  lavozimlaridan  bo’shash  to’g’risida  ariza  berganlari  taqdirdagina  tegishli 
Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro’yxatga olinadilar. 
Qonunchilik  palatasi  va  mahalliy  Kengash  deputatlari  nomzodlariga 
qo’yiladigan talablarda o’xshashlik bilan birga farqlar ham bor. Har ikki Qonunning 
tegishli  moddalarini  taqqoslansa  4ta  avvalgi  talab  deyarli  bir  xil,  faqat,  mahalliy 
Kengashlarga  saylov  qonunida  4-band  ancha  kengroq  bo’lib,  unda  Ichki  ishlar 
vazirligi  va  Bojxona  qo’mitasi  xodimlari  ham  nomzod  bo’lishi  mumkin  emasligi 
ko’rsatilgan. Yana mahalliy Kengash deputatlarini sayloviga taalluqli qonunda, qaysi 
idoralarning  xodimlari  vazifasidan  bo’shash  to’g’risida  ariza  bergandagina  nomzod 
bo’la  olishligi  belgilangan  bo’lib,  bunday  talab  Qonunchilik  palatasi  deputati 
nomzodlariga qo’yilmaydi. Chunki Qonunchilik palatasi professional asosda, ishdan 
ajralgan holda ishlaydigan organ. 
Xorijiy  mamlakatlarda  ham  saylovlarda  nomzodlar  oldiga  turli  talablar, 
shuningdek, bizni qonunchiligimizda yo’q talablar ham qo’yiladi.  
 
Masalan,  Daniyada  nomzodning  o’zi  saylovchilarning  imzosini  to’plasa,  nomzod  sifatida 
ro’yxatga olinadi. Angliyada parlametning quyi palatasiga deputat bo’lib saylanishi uchun 500 funt 
sterling garov to’lashi kerak. AQShda ham saylov badali to’lanadi.

Ayrim  mamlakatlarda  mamlakat  prezidentligiga  nomzodlarga  ancha  yuqori  yosh  (40-50) 
talabi qo’yiladi. AQShda esa prezident bo’lish uchun AQSh fuqaroligini tug’ilish bilan olgan shaxs 
bo’lishi  kerak.  Keyinchalik  fuqarolikni  olganlar  prezident  bo’la  olmaydi.  O’z-o’zidan  bunday 
shaxslar nomzod sifatida ro’yxatga olinmaydi.  
 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish