Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§.  Siyosiy  partiyalarning  saylovlarda  faolligini  oshirishga  qaratilgan



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250
4-§.  Siyosiy  partiyalarning  saylovlarda  faolligini  oshirishga  qaratilgan 
tadbirlar.  
“O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunining 1-
moddasida  “Siyosiy  partiya  O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  qarashlar, 
manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini 
shakllantirishda  jamiyat  muayyan  qismining  siyosiy  irodasini  ro’yobga  chiqarishga 
intiluvchi  hamda  o’z  vakillari  orqali  davlat  va  jamoat  ishlarini  idora  etishda 
qatnashuvchi  ko’ngilli  birlashmasidir”  –  deb  siyosiy  partiyalar  tashkil  bo’lishidan 
ko’zlangan maqsad qonuniy tarzda mustahkamlab quyilgan. 
Shu  qonunga  asosan  davlat,  siyosiy  partiyalar  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlarini  muhofaza  etilishini  kafolatlaydi  va  ularni  o’z  maqsad  va  vazifalarini 
bajarishlari uchun teng imkoniyatlar yaratib beradi. 
E’tiborga  loyiq  masala  shundaki,  davlat  siyosiy  partiyalari  rolini,  faolligini 
oshirishga  qaratilgan  tadbirlarni,  choralarni  muntazam  amalga  oshirib  kelmoqda. 
Ayniqsa,  buni  siyosiy  partiyalarning  saylovlarda  ishtirokini  faollashtirishga 
qaratilgan tadbirlarda yaqqol ko’ramiz. 
Mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridan  to  xozirgi  kunga  qadar  amalga 
oshirilgan quyidagi tadbirlar, siyosiy partiyalarning faolligini kuchayishiga, saylovlar 
natijasiga  qiziqishni  kuchayishiga,  ularning  saylovlarda  teng  ishtirokini  kengroq 
ta’minlashga qaratildi: 
1)  2004-yil  30-apreldagi  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish  to’g’risida”gi 
qonuniga  asosan  siyosiy  partiyalarning  Qonunchilik  palatasiga  va  davlat 
hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishi davlat tomonidan 
moliyalashtiriladigan  bo’ldi.  Shu  qonundagi  eng  muhim,  saylovlarda  siyosiy 
partiyalarning ko’proq deputat saylanishiga erishish uchun kurashini faollashtiruvchi, 
qiziqtiruvchi  bir  qoida  belgilandi.  Bu  ham  bo’lsa  saylovlarda  siyosiy  partiyalar 
Qonunchilik  palatasiga  saylovda,  palata  partiya  fraksiyasi  tuzishi  uchun  еtarli 
miqdordagi  deputatlarni  saylanishiga  erishmasa,  saylov  uchun  ajratilgan  pul 
mablag’ini,  siyosiy  partiyalar  davlat  byudjetiga  qaytarish  tartibi  o’rnatildi.  Shunday 
bo’lmasligi  uchun  siyosiy  partiyalar  albatta  harakatlarini  kuchaytirishga  majbur.  Bu 
siyosiy partiyalar ko’proq nomzodlarini deputat bo’lib saylanishidan manfaatdorligini 
keltirib  chiqaradi  va  shunday  bo’lishi  uchun  siyosiy  partiyalarni  barcha  qonuniy 
usullardan foydalanib, saylovlarda kurash olib borishga undaydi. 
2)  Qonunchilik  palatasiga,  viloyat  va  Toshkent  shahar  Kengashlariga 
deputatlikka nomzod  ko’rsatish huquqi  faqat  siyosiy  partiyalarda qoldirilib,  nomzod 
ko’rsatish  huquqi  sub’ektlar  qatoridan,  Mahalliy  vakillik  organlari,  fuqarolar 
(ularning  tashabbuskor  guruhlari)  chiqarib  tashlandi.  Bu  siyosiy  partiyalarning 
saylovlardagi ishtirokini kuchayishiga, faolligiga ta’sir qiladi. 
3)  2007-yil  11-apreldagi  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 
demokratlashtirish, hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning 
rolini  kuchaytirish  to’g’risida”gi  qonun  siyosiy  partiyalarning  saylovlardagi  rolini 


90 
 
yanada  oshirishda  muhim  asos  bo’ldi.  Uning  4-moddasiga  asosan,  Bosh  vazir 
Qonunchilik  palatasidagi  barcha  siyosiy  partiya  fraksiyalari  bilan  maslahatlashuv 
o’tkazilgandan so’ng Oliy Majlisga, 5-moddasiga asosan viloyat va Toshkent shahar 
hokimlari  tegishli  Kengashdagi  partiya  guruhlari  bilan  maslahatlashuvlar 
o’tkazilgandan  so’ng  tegishli  Kengashga  O’zbekiston  Prezidenti  tomonidan  ko’rib 
chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qilinishi belgilandi. 
2011-yil  18-aprelda  Konstitusiyaga  kiritilgan  o’zgartirish  Bosh  vazir 
nomzodini  taqdim  qilishni  yanada  takomillashtirdi  va  natijada  u  siyosiy 
partiyalarning  rolini  yanada  ko’chaytirdi.  Unga  asosan  Bosh  vazir  nomzodi  – 
Qonunchilik  palatasi  saylovida  eng  ko’p  deputatlik  o’rinlarini  olgan  siyosiy  partiya 
yoki  teng  miqdorda  eng  ko’p  deputatlik o’rinlarini  qo’lga kiritgan  bir  necha siyosiy 
Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish