Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   250
Nazorat uchun savollar 
1.  Dunyoda  turli  xil  saylov  tizimlari  mavjud.  Ularning  o’ziga  yarasha 
qo’llanish tartib taomillari bor.  
Xalqaro  saylov  tizimlari  (majoritar,  proporsional,  aralash)  o’ziga  xos 
xususiyatlari,  farqlari  va  har  birining  afzal  jixatlari  xususida  mustaqil  fikringizni 
bildiring, har bir saylov tizimi amalda bo’lgan ayrim xorijiy mamlakatlarning saylov 
tizimlarini  ularning  saylovga  doir  qonun  hujjatlari  bilan  tanishgan  holda  qiyosiy 
tahlil qiling. 
2. O’zini demokratik davlat deb e’lon qilgan har bir mamlakatda umum e’tirof 
etilgan  xalqaro  huquq  normalarining  ustunligi  tan  olinadi.  Jumladan,  saylov 
to’g’risidagi qonunlarda ham.  
Saylovga  doir  milliy  qonunchiligimizga  xalqaro  huquq  normalarining 
implementasiya  qilinishi  darajasi  xususida,  O’zbekiston  Respublikasining  milliy 


67 
 
saylov  qonunchiligini  va  xalqaro  saylovga  doir  hujjatlarni  o’rgangan  holda  qiyosiy 
tahlil qiling. 
3.  O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  157-moddasida  nazarda 
tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilib, sud tomonidan 12 yilga ozodlikdan 
mahrum  etilgan  fuqaro  S.  2014-yil  8-dekabr  kuni  belgilangan  jazo  muddatini  o’tab 
bo’ldi.  Parlament  saylovlaridan  xabar  topgan  fuqaro  S.  47-Obihayot  saylov 
uchastkasida  tuzilgan  saylovchilar  ro’yxatidan  o’zining  nomini  topa  olmaganligi 
sababli  uchastka  saylov  komissiyasiga  bu  kamchilikni  to’g’rilashni  so’rab  ariza 
taqdim  etdi.  Saylov  komissiyasi  arizani  uch  kundan  keyin  ko’rib  chiqib,  ariza 
yuzasidan  fuqaroga  javoban  quyidagilarni  ma’lum  qildi.  Fuqaro  S.  bugungi  kunda 
qo’shimcha  jazo  sifatida  tayinlangan  muayyan  huquqdan  mahrum  etish  jazosini 
o’tayotganligini, uning O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyat – josuslik jinoyati 
sodir  etganligini  va  sudlanganlik  muddati  hali  tugamaganligini  asos  qilib  amaldagi 
qonunchilikka binoan, uni saylovchilar ro’yxatiga kiritish mumkin emasligini ma’lum 
qildi. 
Savol 
1. Saylovchilar ro’yxatini shakllantirish tartibini yoritib bering. 
2.  Uchastka  saylov  komissiyasi  harakatlari  saylov  qonun  hujjatlarigi 
muvofiqligini baholang. 
3.  Mazkur  holat  yuzasidan  shartnoma  bo’yicha  (ixtiyoriy)  vakil-advokat 
sifatida fuqaro S.ga uning amaldagi qonunchilik yuzasidan fikrlarini tushuntiring. 
 
4. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylovda nomzodlardan biriga 
nisbatan adovati bo’lganligi sababli K. mazkur saylovda xotiniga ishtirok etmasligini 
aytdi.  Biroq  K.ning  xotini  bunga  javoban  saylovda  ishtirok  etishini  bildirdi.  K. 
xotinidan  xonadon  kalitini  tortib  olib,  uni  uyda  qoldirib,  ustidan  qulflab  ketdi. 
Natijada  K.ning  xotini  saylovda  ishtirok  eta  olmaydi.  Saylov  kuni  ertasiga  K.ning 
xotini  erining  xatti-harakatlari  ustidan  profilaktika  noziriga  arz  qildi.  Nozir  K.ni 
chaqirib,  qilgan  ishi  bo’yicha  tegishli  tartibda  javobgarlikka  tortilishi  to’g’risida 
ogohlantirdi.  Lekin  K.  hеch  qanday  aybli  ish  qilmaganligini,  u  o’z  xotini  huquqini 
cheklashga haqqi borligini aytdi. 
Savol 
1. Sizningcha, K.ning hatti-harakatlar qonuniymi?  
2.  Fuqarolarning  saylov  huquqlari  kafolatlari  bilan  bog’liq  normalarni  tahlil 
qiling. 
3. Ushbu vaziyatda taraflaring harakatlariga qonuniy baho bering? 
 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish