Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Senatorlar saylovini tashkil etish va o’tkazish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250
5-§. Senatorlar saylovini tashkil etish va o’tkazish. 
O’zbekistonda  ikki  palatali  parlamentning  vujudga  kelishi  uning  yuqori 
palatasi Senatning shakllanishining alohida tartibini o’rnatilishi saylov tizimini yangi 
prinsiplar  bilan  boyitdi.  Senat  a’zolari  alohida  tartibda  sayllanishi  qonunlarda 
belgilandi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi  qonunning  II-
bo’limi  ”O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senatini  shakllantirish  tartibi” 
deb  nomlangan  va  uning  normali  senotorlar  saylanishining  asosiy  masalalarini 
tartibga  soladi.  Unga  asosan  Senat  a’zolari  viloyatlar,  Toshkent  shahri  va 
Qoraqolpog’iston 
Respublikasidan 

kishidan 
shu 
hududlarning 
vakillik 
organlarining qo’shma majlisida yaxshirin ovoz berish orqali saylanadi. 
Senatning 16 a’zosi Prezident tomonidan tayinlanadi. 
Qonun  Senatga  saylov  o’tkazish  muddatini,  nomzodlarga  qo’yiladigan 
talablarni,  ovoz  berish  natijalarini  aniqlash  va  boshqa  masalalarni  tartibga  solib, 
qo’shma majlislarda Senatorlarni saylash taribi to’g’risidagi nizom Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilab qo’yilgan. Shunga asosan Markaziy 
saylov  komissiyasi,  2004-yil  18-sentabrda  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
Senati  a’zolarini  saylash  tartibi  to’g’risida”gi  Nizomni  tasdiqlagan.  Ushbu  Nizomga 
Markaziy  saylov  komissiyasining  2005-yil  4-yanvardagi  240-sonli  va  2006-yil  14-
aprеldagi 270-sonli qarorlari bilan o’zgartishlar kiritilgan. 
Senatga saylov Qoraqolpog’iston Juqorg’i Kengisi, mahalliy davlat hokimiyati 
vakillik  organlari  saylanganidan  keyin  1  oydan  kechiktirmay  o’tkaziladi.  Qo’shma 
majlis,  agar  unda  deputatlar  umumiy  sonining  2/3  qismi  hozir  bo’lsa  vakolatli 
hisoblanadi.  Markaziy  saylov  komissiyasi  Mahalliy  vakillik  organlariga  saylov 


183 
 
yakunlari  e’lon  qilingandan  keyin  uch  kunlik  muddatda  qo’shma  majlislar 
o’tkazilishini e’lon qiladi. Qo’shma majlis o’tkazilishidan oldin deputatlar ro’yхatdan 
o’tadi.  Qo’shma  majlisda  MSK  vakili  ishtirok  etadi  va  majlisni  ochadi  hamda 
majlisga  raislik qiluvchi nomzodi haqida taklif kiritadi.  Rais  saylangach,  majlis  kun 
taribi  va  reglament  tasdiqlanadi.  Kun  tartibiga  Senat  a’zolarini  saylash  masalasi 
kiritiladi.  Majlis  ishini  ta’minlash,  yuritish  uchun  3  kishidan  5  kishigacha  miqdorda 
ishchi hay’ati tuziladi, unga nomzodlar rais tomonidan taklif qiladi. Hujjatlar yuritish 
uchun  3  kishidan  iborat  kotibiyat  tuziladi.  Majlisda  qarorlar  oddiy  yashirin  ovoz 
berish yo’li bilan qabul qilinadi. 
Qo’shma  majlisga raislik qiluvchining taklifiga ko’ra Senat a’zoligiga nmzod 
ko’rsatish bo’yicha eng obro’li deputatlardan oqsoqollar kengashi tuziladi. 
Bu  kengashga  viloyatlar,  Toshkent  shahar  hokimi,  Juqorg’i  Kenges  Raisi 
mansabiga  muvofiq  kiradi.  Oqsoqollar  kengashi  yashirin  ovoz  byulleteniga  kiritish 
uchun nomzodlarni tanlaydi va ularni Oqsoqollar kengashi raisi o’qib eshittiradi. Har 
bir nomzod  alohida muhokama  qilinadi va  muhokamadan so’ng  byulletenga kiritish 
to’g’risida qaror qabul qilinadi. Nomzodni byulletenga kiritash rad etilsa, oqsoqollar 
kengashi yangi nomzod ko’rsatadi. 
Yashirin  ovoz  byulleteni  namunasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Byulletenning  yuz  tomonining  yuqori  burchagiga  muhr  qo’yilib,  sanoq 
komissiyasi ikki nafar a’zosining imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Yashirin  ovoz  berish  natijasini  aniqlash  uchun  qo’shma  majlis  ishtirokchilari 
orasidan  9  a’zogacha  shu  jumladan  komissiya  raisi  va  kotibidan  iborat  sanoq 
komissiyasi  saylanadi.  Toshkent  shahar  kengashining  Senat  a’zosini  saylash  uchun 
o’tkaziladigan majlisda uch a’zodan iborat sanoq komissiyasi saylanadi. 
Sanoq  komissiyasi:  ovoz  berishni  tashkil  etadi  va  o’tkazadi;  qo’shma  majlis 
ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o’tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon qiladi; 
byulletenlarni tayyorlaydi; ovozlarni sanab chiqib, natijasi haqida bayonnoma tuzadi; 
ovoz berish natijalarini tasdiqlash uchun qo’shma majlisga taqdim etadi. 
Sanoq  komissiyasini  raisi,  ovoz  berishdan  oldin,  ovoz  berish  tartibini  e’lon 
qilib,  komissiya  a’zolari  ishtirokida  saylov  qutilarini  tekshirib,  muhrlaydi.  Ovoz 
berish kabinalari ovoz berish qutisiga boradigan joyda joylashtiriladi. 
Majlis ishtirokchilari o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida byulleten olib, bu 
haqda ro’yxatga imzo qo’yadi. Byulleten yashirin ovoz berish kabinasida to’ldirilib, 
qutiga  tashlanadi.  Ovoz  beruvchi  byulletendagi  familiya  ro’parasidagi  kvadratga 
krestik  belgi  qo’yish  bilan  ovoz  beradi.  Buzib  qo’yilgan  byulletenlar  yangisiga 
almashtirilishi  mumkin.  Ovoz  berish  tugagach,  foydalanilmagan  va  buzib  qo’yilgan 
byulletenlar  maxsus  shtamp  qo’yish  orqali  bekor  qilinib,  muhrlanib,  alohida 
saqlanadi. 
Ovoz  berish  byulletenlari  asosida  sanoq  komissiyasi:  ovoz  berish  bo’yicha 
saylovchilarning  umumiy  sonini;Saylov  byulletenlari  va  varaqalarini  olgan 
saylovchilar  sonini;  ovoz  berishda  ishtirok  etgan  saylovchilar  sonini;  har  bir 
nomzodga  yoqlab  berilgan  ovozlar  sonini;  haqiqiy  emas  deb  topilgan  byulleten  va 
varaqalar sonini aniqlaydi. 


184 
 
Ovoz berishda qatnashganlarning ellik foizidan ortig’ini ovozini olgan nomzod 
saylangan hisoblanadi. Ovozlarni sanab chiqish natijasi bo’yicha bayonnoma tuziladi, 
u  barcha  sanoq  komissiyasi  a’zolari  tomonidan  imzolanadi.  Bayonnoma  qo’shma 
majlisda tasdiqlanib qaror qabul qilinadi va bu majlis bayonnomasida aks ettiriladi. 
Bayonnoma  ikki  nusxada  tuzilib,  majlisga  raislik  qiluvchi  tomonidan 
imzolanadi.  Bu  bayonnoma  saylangan  Senat  a’zolarini  ro’yxatdan  o’tkazish  uchun 
ikki kundan kechiktirilmay Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish