5. Markaziy saylov komissiyasining ayrim vakolatlari, ma’lum faktlarni
rasmiylashtirish va e’lon qilish bilan bog’liq vazifalardan kelib chiqadi, bularga
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
-
saylov kampaniyasi boshlanganligini ommaviy axborot vositalarida
e’lon qilish;
-
saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan
fuqarolar sonini ko’rsatgan holda okruglar ro’yхatini e’lon qilish;
-
okrug saylov komissiyalarini joylashgan еri to’g’risidagi ma’lumotlarni
e’lon qilish;
-
Prezidentlikka va deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olib, ro’yxatlar va
nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish;
-
saylangan deputatlarni va Senat a’zolarini ro’yxatga olib, ularni
matbuotda e’lon qilish;
-
saylangan shaxsga Prezident etib saylanganligi haqida guvohnoma
berish;
-
Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosiga guvohnoma va ko’krak
nishonini berish.
Markaziy saylov komissiyasining ayrim vakolatlari boshqa qonun va
hujjatlarda ham belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to’g’risida”gi qonunning 36-moddasi va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to’g’risida”gi qonunning 44-moddasiga asosan Markaziy saylov komissiyasi
saylovni haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, ayrim saylov uchastkalarida,
116
Prezident saylovida esa ayrim okrug va uchastkalarda saylovni haqiqiy emas deb
topib, umumiy natijadan chiqarib tashlashi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasining yuqoridagi qonunlardan tashqari boshqa
hujjatlarda ham ayrim vakolatlari belgilangan, masalan, “O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida”gi Nizomda. Senat a’zolarini
saylashga
bag’ishlangan
viloyatlar,
Toshkent
shahar
xalq
deputatlari
Kengashlarining,
shuningdek,
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
Jo’qorg’i
Kengesining qo’shma majlislarining vaqti va joyi haqidagi qaror Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Deputatlarning qo’shma majlisini Markaziy saylov komissiyasi vakili ochadi
va majlisda albatta ishtirok etadi.
“Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatini, O’zbekiston Respublikasi
Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida”gi
qonunda ham Markaziy saylov komissiyasiga ta’luqli vakolatlar berilgan
1
.
Deputatni chaqirib olish to’g’risidagi masala tegishli vakillik organlarining,
Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida ko’rib chiqilib, chaqirib olish
to’g’risida qaror qabul qilinsa, u qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi,
tegishli okruglarda chaqirib olish bo’yicha ovoz berishni Markaziy saylov
komissiyasi tashkil etadi. Senatorlarni deputat bo’lib saylangan okrugida, chaqirib
olishga bag’ishlangan ovoz berishni ham Markaziy saylov komissiyasi tashkil etadi.
Ovoz berish natijalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olinadi va
matbuotda e’lon qilinadi. Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishni haqiqiy emas
deb topishi ham mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi hamda Qonunchilik palatasiga
saylovni o’tkazuvchi tuzilma sifatida faoliyat ko’rsatadi, ayrim holatlarda ularni
mahalliy Kengash deputatini sayloviga ham ta’sir qiladi, masalan;
- mahalliy Kengash deputatlari saylovi ham Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan e’lon qilinadi;
- mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiya vakolatli
vakilini tayinlash tartibini belgilaydi;
- deputatlarni chaqirib olish uchun ovoz berishni tayinlaydi.
Markaziy saylov komissiyasi, o’z vakolatlari doirasida davlat organlari, jamoat
birlashmalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi. Ular bilan
munosabatda Markaziy saylov komissiyasi nomidan uning Raisi ish olib boradi.
Saylov qonunchiligining yanada takomillashtirishda, uning xalqaro talablarga
javob berishini ta’minlashda, xalqaro tajribalarni o’rganishda, o’z tajribamizni
umumlashtirib, jahonga yoyishda Markaziy saylov komissiyasi katta ko’lamdagi
ishlarni olib boradi.
Markaziy
saylov
komissiyasi
tashabbusi
bilan
o’tkazilgan xalqaro
anjumanlarda O’zbekiston saylov tizimi haqida ma’lumotlar bilan xorij
mutaxassislari tanishadi va saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish bo’yicha
ularning fikr-mulohazalari tinglanadi.
1
О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2005 yil, №1., 12-mоdda.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |