Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Markaziy saylov komissiyasining tashkil etish tartibi va tarkibi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   250
2-§. Markaziy saylov komissiyasining tashkil etish tartibi va tarkibi  
Markaziy saylov komissiyasini tashkil qilish (shakllantirishning) asosiy qoidasi 
O’zbekiston  Konstitusiyasida  belgilangan.  Konstitusiyaning  117-moddasida, 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
saylov 
komissiyasining 
a’zolari 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent  shahar  Kengashlarining  tavsiyasi  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.  
Bu  birinchidan,  Markaziy  saylov  komissiyasi  tarkibi  vakillik  xarakteriga  ega 
ekanligini,  unda  mamlakatimizning  barcha  xududiy  tuzilmalaridan  vakillar 
bo’lishligini  ko’rsatadi.  Ikkinchidan,  Markaziy  saylov  komissiyasini  saylash 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  har  ikkala  –  quyi  va  yuqori  palata, 
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari doirasiga kiradi.  
 
Xorijiy  mamlakatlarda  ham  saylov  o’tkazish,  uni  nazorat  kilish  uchun  Markaziy  saylov 
komissiyalari  tuziladi.  Markaziy  saylov  komissiyasini  shakllantirish  tartibi  turlicha.  Rossiya 
Federasiyasida ham Markaziy saylov komissiyasi tuziladi va ularda ham u doimiy ishlovchi organ 
hisoblanadi,  farqi  shuki  O’zbekistonda  Markaziy  saylov  komissiyasining  vakolat  muddati 
ko’rsatilmagan  Rossiyada  esa  Markaziy  saylov  komissiyasining  vakolat  muddati  to’rt  yil  deb 
belgilangan.  Rossiya  Federasiyasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  15  nafar  a’zodan  iborat  bo’lib, 
uning  5  a’zosi  Davlat  Dumasi  deputatlari  tomonidan,  5  a’zosi  Federasiya  Kengashi  tomonidan,  5 
a’zosi  Prezident  tomonidan  tayinladi.  Bu  tartib  ham  vakillik  xarakteriga ega.  Shu  bilan  birga Oliy 
davlat hokimiyati subektlarining tengligini ta’minlanishini nazarda tutadi.  
 
Markaziy  saylov  komissiyasi  Raisini  lavozimga  tayinlash  tartibi  ham 
Konstitusiyaviy  qoida  asosida  belgilangan.  Unga  asosan,  komissiya  Raisi,  Oliy 
Majlis  tomonidan  saylangan  a’zolar  orasidan  O’zbekiston  Prezidenti  taqdimiga 
asosan 
saylanadi. 
Agar 
Rossiyada 
Prezident 
Rossiya 
Markaziy 
saylov 
komissiyasining  besh  a’zosini  tayinlash  orqali  Markaziy  saylov  komissiyasining 
shakllantirishda 
ishtirok 
etsa, 
O’zbekistonda  Prezident  Markaziy  saylov 
komissiyasini  shakllantirishda  uning  Raisi  nomzodini  taqdim  etish  bilan  ishtirok 
etadi. Rais komissiya majlisida saylanadi.  
Boshqa  barcha  Markaziy  saylov  komissiyasiga  tegishli  masalalar  “Markaziy 
saylov  komissiyasi”  hamda  saylovlar  to’g’risidagi  O’zbekiston  qonunlarida 
belgilangan.  Unga  asosan  Markaziy  saylov  komissiyasi  Raisining  o’rinbosarlari, 
kotibi, komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. Ularning nomzodi 
komissiya raisi tomonidan ko’rsatiladi.  
                                                           
1
 Xuddi shunday dastur 2015-yil 29-martda bо‘lgan О’zbekistоn Respublikasi Prezidenti saylоvi uchun ham ishlab 
chiqilgan. 


113 
 
Qoidaga ko’ra, komissiya a’zolari siyosiy partiyalarning a’zosi, boshqa saylov 
komissiyalarining  a’zosi  bo’lishi  mumkin  emas.  Komissiya  a’zolari  nomzodlarning 
ishonchli vakili ham bo’lishi mumkin emas.  
Markaziy  saylov  komissiyasining  vakolatlari  Oliy  Majlis  tomonidan 
to’xtatilishi, har qanday vaqtda ayrim a’zolar komissiya tarkibidan chiqarilishi, yangi 
a’zolar  saylanishi  mumkin.  Amaldagi  qonunga  asosan,  O’zbekiston  Prezidentligiga 
nomzod,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasiga  hamda  Senat  a’zoligiga  nomzod  etib 
ruyhatga  olingan  Markaziy  saylov  komissiyasi  a’zosi  komissiya  tarkibidan  chiqib 
ketgan hisoblanadi.  
Markaziy  saylov  komissiyasini  a’zolarining  vakolati  quyidagi  hollarda 
to’xtatiladi, ya’ni ular komissiya a’zoligidan chiqariladi: 
1)  agar  bu  haqda  komissiya  a’zolarini  a’zolikka  tavsiya  etgan  organ 
taqdimnoma kiritsa; 
2) a’zo o’z vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza bersa; 
3) u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilsa (sud qarori bilan); 
4) unga nisbatan sudning ayblov xukmi kuchga kirgan bo’lsa; 
5) komissiya a’zosi o’z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelsa.  
Komissiya  a’zoligidan  chiqarish  ixtiyoriy  va  majburiy  xarakterda  bo’lishi 
bulardan  ko’rinib  turibdi.  A’zolikdan  chiqarish  Oliy  Majlis  palatalari  majlislarida 
ovozga  qo’yilib  rasmiylashtiriladi.  Markaziy  saylov  komissiyasining  yangi  a’zosini 
saylash ham palatalar majlisida amalga oshiriladi.  
Qaysi  organ  tavsiyasi  bilan  saylangan  a’zoning  vakolati  tugatilsa,  ya’ni  shu 
organning  tavsiyasi  bilan  yangi  a’zo  saylanadi.  Markaziy  saylov  komissiyasining 
ba’zi a’zolari, komissiya qaroriga asosan, komissiyada doimiy asosda ishlashi (ya’ni 
shu  ishga  xaq  olishi)  mumkin.  Ayrim  a’zolari  asosiy  ishlaridan  ajralmagan  holda, 
jamoatchilik asosida komissiya a’zoligini amalga oshiradi.  
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish