Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§.  Markaziy  saylov  komissiyasining  hokimiyat  tizimidagi  o’rni  va



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   250
1-§.  Markaziy  saylov  komissiyasining  hokimiyat  tizimidagi  o’rni  va 
vazifasi 


110 
 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasi  11-moddasi  “O’zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo’linishi  prinsipiga  asoslanadi”  deb  belgilangan  va 
Konstitusiyaning  tegishli  moddalarida  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 
hokimiyati qanday organlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.  
Mamlakatimiz  davlat  organlari  tizimida  yana  shunday  davlat  organlari, 
muassasalari  borki,  ular  biror  bir  hokimiyat  tizimiga  kirmaydi  va  alohida  maxsus 
vazifalarni bajaradi, masalan prokuratura, Milliy xavfsizlik organlari, Markaziy bank 
va hokazo. Xuddi shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi ham biror bir hokimiyat 
tizimiga  kirmaydi.  Biron  bir  hokimiyat  tizimiga  kirmaydigan  tuzilmalar  tomonidan 
saylovlarni  tashkil  etish,  o’tkazish,  saylovlarni  demokratik,  adolatli  o’tishini 
ta’minlovchi vositalardandir.  
Saylovlarni  tashkil  etish  va  o’tkazishga  davlat  hokimiyati  organlarining 
aralashuvini  cheklash,  ularni  xolis  organlar  tomonidan  o’tkazilishini  ta’minlash 
buning  uchun  bu  ishga  mas’ul  kilingan  Markaziy  saylov  komissiyasining  vazifa  va 
vakolatlarini  kengaytirib  borish  demokratik  islohotlarning  ajralmas  qismlaridan 
bo’lib kolgan.  
Buni  “Shu  borada  saylov  qonunchiligimizga  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va 
uni o’tkazish  bilan  bog’liq  bo’lgan,  eng  rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida 
ham  kamdan-kam  uchraydigan  mutloq  vakolatlarni  Markaziy  saylov  komissiyasiga 
berilishini ko’zda tutadigan o’zgartirishlarning kiritilishi o’ta muhim ahamiyatga ega 
ulkan voqеa bo’ldi”
1
- deb ta’kidladi mamlakatning Birinchi Prezidenti.  
 
Agar  ba’zi  rivojlangan  mamlakatlarda  jumladan  Italiya,  Angliyada  saylovga  tayyorgarlik 
ko’rish  va  o’tkazish  vazifasi  Ichki  ishlar  vazirligiga  yuklatilganligini,  Italiya  va  AQShning  ayrim 
shtatlarida  saylov  o’tkazuvchi  komissiya  tarkibiga  albatta  davlat  xizmatchilarining  (chinovniklar), 
sudyalarni  kiritilishi  shartligini  ko’rsak
1
,  bizning  saylovlarimiz,  saylov  o’tkazuvchi  organlarimiz 
demokratik, xolislik prinsipida tuzilishini ko’ramiz.  
 
Mamlakatimizda  saylov  qonunchiligini  rivojlanib  borishi  bilan  Markaziy 
saylov  komissiyasining  roli,  vazifasi,  vakolatlari  kengayib  bormoqda.  Ko’pchilik 
davlatlarda  oliy  davlat  organlariga  tegishli  bo’lgan  mamlakat  Prezidenti  yoki  Oliy 
Qonunchilik 
organiga 
saylovlarni 
tayinlash 
huquqi, 
saylov 
kampaniyasi 
boshlanganligini e’lon qilish vakolati, O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasiga 
berilgan
2
.
 
Markaziy saylov komissiyasining konstitusiyaviy maqomi kengayib bormoqda. 
Agar  avval  Markaziy  saylov  komissiyasining  konstitusiyaviy  maqomi  faqat, 
Konstitusiyaning  78-moddasi  14-bandidagi  Oliy  Majlis  palatalarining  birgalikdagi 
vakolati  asosida  Markaziy  saylov  komissiyasi  tuzilishini  belgilagan  qoida  bilan 
cheklangan  bo’lsa,  16  aprel  2014  yilgi  Konstitusiyaga  kiritilgan  o’zgartirish  va 
qo’shimchaga asosan, uning konstitusiyaviy-huquqiy maqomini belgilovchi qoidalar 
ancha kengaydi.  
                                                           
1
 Karimоv  I.A.  Mamlakatimizda  demоkratik  islоhatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyatini 
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T.О’zbekistоn. 2010. 36-bet. 
2
 Qarang: Конституционное право зарубежных стран. M. «Норма», 2010, стр-241. 


111 
 
Konstitusiyaning  “Saylov  tizimi”  bobining  117-moddasiga  kiritilgan 
qo’shimchaga asosan Markaziy saylov komissiyasi ish faoliyatining asosiy prinsiplari 
(mustaqillik,  qonuniylik,  kollegiallik,  oshkoralik  va  adolatlilik)  faoliyatida  amal 
qiladigan qonunlar (Konstitusiya, O’zbekiston Respublikasining saylov to’g’risidagi, 
referendum  va  boshqa  qonunlari),  tarkibini  shakllantirish  va  raisini  saylash  tartibi 
Konstitusiyaviy  qoidalar  asosida  belgilab  qo’yildi.  Natijada  Markaziy  saylov 
komissiyasining Konstitusiyaviy asoslari kengayda va kuchaydi. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  ish  faoliyati  mustaqillik  prinsipi  asosida  ish 
olib  borilishini  Konstitusiyada  mustahkamlanishi,  ularning  o’z  vazifasini  bajarishda 
har  qanday  hokimiyat  tuzilmalari,  jamoat  birlashmalaridan  holi  bajarishini,  ularning 
faoliyatiga hеch kim aralasha olmasligini ko’rsatadi.  
Markaziy saylov komissiyasi tashkil bo’lgandan to hozirga qadar mamlakatda 
o’tkazilgan  saylovlarni  demokratik,  adolat  asosida  o’tishini  ta’minlash  bilan  bir 
qatorda,  o’zi  ham  boy  tajriba  to’plamoqda,  saylovlarni  o’tishiga  ijobiy  ta’sir 
qilmoqda.  
2009 yilgi saylovni o’tkazishda, saylov arafasida Markaziy saylov komissiyasi 
tomonidan  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman 
va  shahar  Kengashlari  sayloviga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish  bo’yicha 
Konsepsiya”  ishlab  chiqilganligi,  u  Konsepsiya  xorijiy  ekspertlar  tomonidan 
tomonidan 
fuqarolarning 
o’z  xohish-irodasini  erkin  bildirish  borasidagi 
Konstitusiyaviy  huquqlariga  rioya  etilishi  bo’yicha  muhim  ahamiyatli,  noyob  hujjat 
sifatida  baholanganligi,  hamda  Konsepsiyani  amalga  oshirilishi  natijasida 
saylovlarning qonun talablariga to’la muvofiq holda, siyosiy partiyalarning o’ta faol 
ishtirokida,  saylov  jarayoniga  markaziy  va  mahalliy  davlat hokimiyati  organlarining 
aralashuviga  yo’l  qo’ymasdan  o’tkazilishini  ta’minlashda  muhim  rol  o’ynaganligi 
Birinchi Prezidentimiz tomonidan alohida qayd qilindi
1

Markaziy saylov komissiyasining vazifasi, nima maqsadda tuzilishi, “Markaziy 
saylov  komissiyasi  to’g’risida”gi  qonunning  1-moddasida  belgilab  quyilgan.  Unga 
asosan  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o’tkazish uchun 
tuziladi hamda u o’z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi
2

Demak,  Markaziy  saylov  komissiyasining  asosiy  vazifasi  yuqorida  tilga 
olingan  saylov  va  referendum  tashkil  etish  hamda  o’tkazish  orqali  fuqarolarning 
xohish-irodalarini erkin, hech qanday moneliksiz amalga oshirishlarini ta’minlash va 
uning  natijasida,  saylov  orqali  mamlakatda  ishchan,  qobiliyatli,  vakolatli  davlat 
organlarini  vujudga  kelishini  ta’minlash,  referendum  orqali  esa  jamiyat  hayotidagi 
muhim voqеalarni adolatli hal qilinishini ta’minlashdir. 
Shuning uchun Markaziy saylov komissiyasini u davlat muassasasi bo’lsa ham, 
davlat demokratik instituti deb hisoblash mumkin.  
                                                           
1
 Karimоv  I.A.  Mamlakatimizda  demоkratik  islоhatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyatini 
rivоjlantirsh Kоnsepsiyasi. T. О’zbekistоn. 2010. 36-37-betlar. 
2
 Referendum ham saylоv kabi fuqarоlarning  xоhish-irоdasini bildirish  vоsitalaridan biri bо‘lib, оvоz berish оrqali 
amalga оshiriladi. Bu haqda darslikda maxsus mavzu mavjud.  


112 
 
2014-yil  21-dekabrda  o’tkazilgan  saylovlarni  muvaffaqiyatli,  erkin,  qonun 
talablari  darajada  o’tishi  uchun  Markaziy  saylov  komissiyasi  maxsus  Dastur  ishlab 
chiqqan
1
.  Markaziy  saylov  komissiyasining  mavjudligi  saylovga  quyiladigan 
demokratik  talablarga,  hamda  Parlamentlararo  Ittifoq  Kengashi  qabul  qilgan  “Erkin 
va  adolatli  saylov  mezonlari  to’g’risida”gi  Deklarasiya  ko’rsatmalariga  to’la  mos 
keladi.  
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish