45
ma’muriyatini chetlab o’tib, qonunga xilof yo’llar bilan jo’natish muassasa
rejimini buzish hisoblanadi.
Mahkum taklif, ariza va shikoyatni faqat o’z nomidan hamda faqat o’z
shaxsiga taalluqli masalalar yuzasidan beradi. Shaxslar guruhi nomidan yoki
boshqa mahkumlar uchun, shuningdek boshqa shaxslarga taalluqli holatlar
yuzasidan taklif, ariza va shikoyatlar berishga ruxsat etilmaydi. Yo’qlovlar,
posilkalar olish, uchrashuvlar, telefon orqali so’zlashuvlarga ruxsat olish,
tibbiy yordam ko’rsatilishi, ashyoviy mol-mulk bilan ta’minlash masalalari
hamda amalda jazoni ijro etish muassasasininig ma’muriyati tomonidan hal
etilishi mumkin bo’lgan boshqa masalalar yuzasidan yuqori idoralarga
yuborilgan taklif, ariza va shikoyatlar bu idoralar yoki tegishli mansabdor
shaxslar tomonidan ko’rib chiqilishi natijalarini kutib o’tirmasdanoq
muassasaning o’zida hal etilishi mumkin.
Uyatli so’zlardan iborat taklif, ariza va shikoyatlar ko’rsatilgan
manzilga yuborilmaydi, ularni yozgan shaxslarga intizomiy jazo chorasi
qo’llaniladi.
Yozma shaklda berilgan taklif, ariza va shikoyatlar jazoni ijro etish
muassasalarining kanselyariyasida ro’yxatdan o’tkaziladi hamda uzog’i bilan
uch kunlik muddat ichida ko’rsatilgan manzilga yuboriladi hamda arizachi
bu xususda xabardor etiladi, og’zaki taklif, ariza va shikoyatlar mahkumlarni
shaxsiy masalalar bo’yicha qabul qilish daftarida qayd etiladi. Taklif, ariza
va shikoyatlarning ko’rib chiqilganligi natijalariga oid javoblar muassasaga
kelib tushganidan keyin uzog’i bilan uch kunlik muddat ichida mahkumlarga
ma’lum qilinib, bu haqda tilxat olinadi hamda bu narsa mahkumning shaxsiy
yig’ma jildiga qo’shib qo’yiladi.
Taklif, ariza va shikoyatlarni yuborish bilan bog’liq harajatlar to’lovi
mahkumlarning shaxsiy hisobvarag’idagi mablag’lar hisobidan amalga
oshiriladi. Bunday mablag’lar bo’lmagan taqdirda harajatlar jazoni ijro etish
muassasalarining ta’minoti harajatlari smetasi hisobidan amalga oshiriladi.
Mahkumlarga jazoni o’tash tartibi va shartlari bilan bog’liq xolda
qonunlarni bajarish majburiyati ham yuklatilgan. Jumladan, axloq tuzatish
ishlari turiqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar o’z xohishiga ko’ra
mehnat shaklini tanlay olmaydi va shu bilan birga mehnati uchun olgan ish
haqining 10% dan 30% gacha (sud hukmi asosida) miqdoridagi pul
summasini davlat byudjetiga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: