16-BOB
Boshqa jinoyat-huquqiy
ta’sir choralari jumlasiga:
shartli hukm qilish;
tibbiy
yo’sindagi
majburlov
choralari;
voyaga
yetmaganlarga
nisbatan majburlov
choralari.
285
xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa
holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o’tamasdan turib ham
uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga
kelsa, shartli hukm qo’llashi mumkin.
Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida
jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni
ijro etmaslik to’g’risida qaror chiqaradi. Sinov muddati bir yildan uch
yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti,
shartli hukm qilish to’g’risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan
taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.
Shartli hukm qilinganlar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida va sud
hukmida ko’zda tutilgan cheklash va majburiyatlardan tashqari O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari uchun qonunlarda belgilangan barcha huquqlardan
foydalanadilar.
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo’lsa, sud
mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish,
ishga yoki o’qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o’qish joyi o’zgarib qolsa,
bu holda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi
organlarga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib, bu organlardan
ro’yxatdan o’tib turish, muayyan joylarda bo’lmaslik, muayyan vaqtda
yashash joyida bo’lishi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil
kasalligidan davolanish kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Shartli jazo belgilash tartibi o’ta og’ir jinoyati uchun hukm
qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun
ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan
qo’llanilmaydi, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi
guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar
bundan mustasno. Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida
yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 60-
moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo’yicha jazo tayinlaydi.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari jinoiy jazo hisoblanmaydi.
Majburiy davolanish sud ajrimi bilan belgilanadi va tugatiladi, ammo sud
davolanish muddatini belgilamaydi. Shaxsning sog’ayganligi yoki ruhiy
holatida yaxshilashish sezilganda yoki u tomondan ijtimoiy xavf
yo’qolganda majburiy davolanish davolash muassasi ma’muriyatining
taqdimnomasiga binoan qisqa muddat ichida bo’lsa ham bekor qilinishi
mumkin.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralariga quyidagilar kiradi:
286
a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo’lish va ruhiy kasallik
mutaxassisida davolanish;
b) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
v) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog’liqni tiklash
maxsus bo’limida majburiy davolanish;
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki
bo’linmasida majburiy davolanish.
Majburiy ambulatoriya kuzatuvi va ruhiy kasallik mutaxassisida
davolanish ruhiy kasalligi zo’rayb ketayotganligini ko’rsatuvchi alomatlar
bo’lmagan, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan ruhiy kasallarga
nisbatan, bunday kasallikning qaytarilmasligi va yangi ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etilmasligi uchun tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish
ijtimoiy xavfliligi ruhiy holati bilan bog’liq bo’lgan, umumiy asoslarda
davolash talab etiladigan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ijtimoiy xavfliligi ko’proq salomatlikni tiklovchi choralarni ko’rishni
talab qiladigan, ularni esa ixtiyoriy tartibda o’tkazish mumkin bo’lmagan
ruhiy kasallarga nisbatan umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining
sog’liqni tiklash maxsus bo’limida majburiy davolash tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo’limda
majburiy davolash o’ta ijtimoiy xavfli bo’lgan yoki o’z xulqiga ko’ra
umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasi sharoitida davolanishining
imkoni bo’lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Kuzatuv
kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo’limda ruhiy kasallar
batamom ajratilgan holda saqlanadi va qo’riqlanadi.
Jinoyat kodeksiga ko’ra tibbiy yo’sindagi majburlov choralari ruhiy
kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan
ularni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishining
oldini olish maqsadida qo’llaniladi. Sud jazolash bilan bir qatorda
alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo’liqqan shaxslarga
nisbatan davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga ko’maklashuvchi
sharoit yaratish uchun tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini tayinlashi
mumkin. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida yoki hukm
chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o’tash vaqtida ruhiy kasallikka
chalinganligi oqibatida o’z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o’z
harakatlarini boshqara olmaslik holatida sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u
ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko’ra jamiyat uchun
xavfli deb to’ilsa, sud tibbiy yo’sindagi majburlov choralari tayinlashi
mumkin.
287
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari muddatini uzaytirish,
o’zgartirish va bekor qilish masalasini ruhiy kasalliklar shifokorlari
komissiyasining xulosasiga asoslangan holda sud hal qiladi.
Agar ruhiy kasalga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburiy davolash
choralari qo’llash zarurati bo’lmasa, shuningdek bu choralar bekor qilingan
bo’lsa, sud uni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy ta’minot
muassasalariga yuborish masalasini hal etish uchun sog’liqni saqlash
organlariga to’shirishi mumkin.
Alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlikka yo’liqqan shaxslar
tomonidan jinoyat sodir etilgani taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo’lsa,
sud jazo tayinlash bilan birga ularga tibbiy yo’sindagi choralarni ham
tayinlashi mumkin.
Alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlikka yo’liqqan shaxslar,
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoga hukm qilingan
bo’lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlikka yo’liqqan shaxslar
ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo’lsa, ularni davolash
jazoni o’tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o’tab bo’lganidan keyin
agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo’lsa, umumiy asosda tibbiy
muassasalarda davolanadi.
O’zbekiston Respublikasi JKning 88-moddasida belgilanishicha
voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari
qo’llanadi:
a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so’rash. Sud uzr
so’rashning shaklini voyaga yetmaganni jazodan ozod qilish bilan birga
ko’rsatadi. Uzr so’rash O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya
kodeksining 195-moddasida belgilanganiga ko’ra, og’zaki yoki yozma
ravishda ko’pchilikning oldida yoki yakka tartibda bo’lishi mumkin.
Uzr so’rash joy, vaqtini va tartibini sud belgilaydi. Uzr so’rash
majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi
to’g’risida tegishli hujjat tuziladi;
b) o’n olti yoshga to’lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o’z
mablag’i hisobidan yoki mehnati bilan to’lash yoki bartaraf qilish
majburiyatini yuklash mumkin. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar
belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravaridan oshib kyetmagan
bo’lsa, qo’llaniladi. Agar yetkazilgan zarar ushbu miqdordan oshib ketsa,
yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi. Yetkazilgan zararni
qo’lash yoki bartaraf etish tartibi va muddati sud tomonidan belgilanadi;
v) voyaga yetmaganni maxsus o’quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish
tayinlanishi mumkin.
288
Do'stlaringiz bilan baham: |