Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Manzil-koloniyalarda  mahkumlarning  mehnati,  ta’limi



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/317
Sana09.09.2021
Hajmi2,49 Mb.
#169271
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   317
Bog'liq
jazoni ijro etish muassasalari

Manzil-koloniyalarda  mahkumlarning  mehnati,  ta’limi.  Jinoyat-
ijroiya  kodeksining  115-moddasida  manzil-koloniyalarda  mahkumlar 
mehnati  va  ta’limini  tartibga  soluvchi  normalar  belgilab  qo’yilgan  bo’lib, 
mazkur  normaga  ko’ra,  manzil-koloniyalarda  mahkumlar  mehnati  JIKda 
belgilab  qo’yilgan  istisno  va  cheklashlarni  hisobga  olgan  holda  mehnat 
to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  bilan  tartibga  solinadi.  Mahkumlarni  boshqa 
ishga  o’tkazishni  korxona,  muassasa  yoki  tashkilot  manzil-koloniya 
ma’muriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi.  
Manzil-koloniyalardagi 
mahkumlarni 
mehnatga 
jalb 
etishning 
xususiyatlari:  jazoni  manzil-koloniyalarda  o’tayotgan  mahkumlar  shu 
muassasalarning  korxonalaridagi,  mahkumlarning  xulq-atvori  ustidan  ‘uxta 
nazorat  ta’minlangan  taqdirda,  boshqa  vazirliklar  va  idoralarning  ishlab 
chiqarish  obyektlaridagi,  yuridik  shaxs  bo’lmish  fermer  xo’jaliklari  va 
boshqa tashkilotlardagi mehnatga jalb etiladilar. 
Manzil-koloniya  hududidan  tashqaridagi  mehnatga  mahkumlarni  jalb 
etish  ularning  har  kuni  muassasaga  qaytishlari  ta’minlangan  taqdirdagina 
amalga oshiriladi. 
Mahkumlarga muassasa joylashgan yerdagi oliy va o’rta maxsus o’quv 
yurtlarida sirtdan o’qishga ruxsat etiladi. 
Respublikamizda  mehnat  to’g’risidagi  qonunchilik  hujjalari  barcha 
shaxslar  uchun  bir  xil  harakatda  bo’ladi,  istisno  sifatida  manzil-
koloniyalardagi  mahkumlarga  ishga  qabul  qilish,  ishdan  bo’shatish  va 
boshqa  ishga  o’tkazish  qoidalari  qo’llanilmaydi.  Muassasa  ma’muriyati  har 
bir  mahkumni  o’z  kasb  faoliyati,  hunari  va  mutaxassisligi  bo’yicha  ishga 
joylashtiradi.  Eng  ahamiyatli  jihati  ham  shundaki,  manzil-koloniyaga 


187 
 
ko’chiriluvchi mahkumlar albatta biror bir kasb-hunarga ega bo’lishi lozim. 
Manzil-koloniya  ma’muriyati  mahkumni  boshqa  mutaxassislik  bo’yicha 
ishga o’qitib, uni ishga joylashtirish huquqiga ega. 
Mahkumlar  odatda,  muassasa  ichidagi  xo’jalik  ishlari  bilan 
shug’ullanadi,  ba’zi  hollarda  istisno  sifatida  ma’muriyat  ruxsati  bilan 
mahkum  boshqa  korxonalarda  ham  o’z  mutaxassisligi  bo’yicha  shartnoma 
asosida  boshqa  hududda,  boshqa  ishga  o’tkazilishi  mumkin.  Bu  xil 
munosabatlar xo’jalik organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Mahkumlarning ish vaqti ishlab chiqarishning tabiatiga bog’liq bo’lib, 
mehnat  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  majmuasining  normalari  bilan 
belgilanadi.  Mahkumlar,  odatda,  haftada  olti  kun  mobaynida  mehnatga  jalb 
etiladi,  dam  olish  va  bayram  kunlaridagi,  shuningdek,  ish  vaqtidan  tashqari 
ishlar uchun ularga ikki hissa haq to’lanadi. 
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy o’rta va kasb-
hunar ta’limi hamda ularning ishlab chiqarishdagi kasb tayyorgarligi tashkil 
etiladi.  O’quv  jarayoni  va  kasbga  o’rgatishni  tashkil  etish  ta’lim 
organlarining normativ hujjatlari talablariga muvofiq ravishda hamda saqlash 
rejimi,  kun  tartibi  va  turli  toifadagi  mahkumlarni  batomom  ajratib  qo’yish 
qoidalariga rioya etilishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. 
Mahkumlarning  oliy  va  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlarida  ta’lim  olishiga 
yo’l  qo’yilmaydi,  jazoni  manzil  koloniyalarda  o’tayotgan  shaxslar  bundan 
mustasno  bo’lib,  ular  o’quv  yurtlarining  sirtqi  bo’limlarida  ta’lim  olishlari 
mumkin. 
Muassasalarning  ma’muriyati  maktablar  hamda  kasb-hunar  ta’limi 
yo’nalishidagi  o’quv  dargohlari  ishiga  har  taraflama  yordam  beradi  hamda 
o’quv  jarayonini  nazorat  qilib  boradi.  Shuningdek,  o’quv  yurtlarida  ta’lim 
olayotgan  mahkumlar  imtihonlarni  to’shirish  vaqtida  O’zbekiston 
Respublikasi  qonun  hujjatlari  majmuasida  belgilangan  tartibda  ishdan  ozod 
etiladilar, ana shu davr ichida ularga ish haqi O’zbekiston Respublikasining 
mehnat  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  majmuasiga  muvofiq  hisoblab 
chiqariladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


188 
 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish