11
Jinoyatchilik ijtimoiy tarixiy hodisa, u har bir davrda o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Jumladan, hozirgi sud-huquq islohotlarining yangi
bosqichida mahkumlarning xulq-atvorini tuzatish, jazoning maqsadlariga
erishish va h.k. masalalar o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Mazkur darslik ilgari chop etilgan o’quv adabiyotlaridan farq qiladi. U
huquqiy fanlar va adabiyotlar bo’yicha yangi avlod darsliklariga qo’yilgan
talabalar asosida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi
qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1990 sonli qarori,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi
“Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashni
takomillashtirish to’g’risida”gi 4-sonli qaroriga muvofiq yaratildi.
Jinoyat-ijroiya huquqi darsligi bakalavriat yo’nalishi bo’yicha o’quv
rejasiga muvofiq tarzda yozilgan bo’lib, unda asosiy matndan tashqari
mavzuga oid muammoli savollar va kazuslar berilgan. Shuningdek, uning
glossariy qismiga asosiy atamalarning tushunchasi ham bayon qilingan.
Ushbu darslik O’zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya huquqi fanining
Umumiy va Maxsus qismlari mavzulari bo’yicha qisqacha tushuncha va
materiallardan tashkil topgan bo’lib, unda mavzular bo’yicha qisqa va aniq
izohlar
berilgan.
Darslik
jinoyat-ijroiya
huquqi
fani
doirasida
tayyorlanganligi sababli fanning maqsadi, mahkumlarning huquqiy holati,
jinoiy jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini ijro etish, ularni ijro etuvchi
organlar, jazoni ijro etish tizimidagi mavjud holat haqida atroflicha ma’lumot
berish hamda O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi
normalarini to’g’ri tushunish va qo’llashga yordam beradi. Shundan kelib
chiqib aytish joizki, darslikning asosiy maqsadi talabalarga fanning muhim
masalalarini o’rganishda yordam berish, shuningdek qo’shimcha bilim olish
uchun zarur adabiyotlar va normativ hujjatlar bilan tanishishga
ko’maklashishdan iboratdir.
Jinoyat-ijroiya huquqi bo’yicha yozilgan darslikda hozirgi paytda
respublikamizdagi jazoni ijro etish koloniyalardagi mahkumlarning huquq va
majburiyatlari, turli xildagi jinoiy jazolarni ijro etish, jinoiy jazolarni ijro
etish qoidalari, jazoni ijro etishdan ozod qilish qoidalari batafsil bayon
etilgan.
Jinoyat-ijroiya huquqiga oid darslik nafaqat oliy yoki maxsus o’quv
yurtlari talablariga, balki jinoiy jazoni ijro etish muassasalari xodimlari,
ilmiy tadqiqotchilar uchun ham qiziqarli bo’ladi, ushbu sohaga qiziqqan
fuqarolarning bilimlarini
oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.