Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Bemorni ruhiy kasallar shifoxonasidan chiqarish to’g’risida xabar



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/317
Sana09.09.2021
Hajmi2,49 Mb.
#169271
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   317
Bog'liq
jazoni ijro etish muassasalari

Bemorni ruhiy kasallar shifoxonasidan chiqarish to’g’risida xabar 
berish  tartibi  va  bemorlarni  yashash  joyiga  yuborish.  Bemorni 
shifoxonadan  chiqarishdan  o’n  kun  oldin  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasi 


307 
 
ma’muriyati  bu  haqida  uning  yashash  joyidagi  ichki  ishlar  organlariga, 
shuningdek uning qarindoshlari yoki vasiylariga xabar qiladi. 
Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin o’n sutka 
ichida  davolash  muassasasi  ma’muriyati  bemorning  yashash  joyidagi 
psixonevrologiya  dis’anseriga  ambulatoriya  kartasidan  ko’chirma  yuboradi 
hamda  uning  qarindoshlari  yoki  vasiylarini,  shuningdek  bemorning  yashash 
joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan xabardor qiladi. 
Majburiy davolanishda bo’lgan barcha bemorlar 3-6 oyda bir martadan 
kam bo’lmagan holda ularning ruhiy holatini aniqlash va sud oldiga majburiy 
davolashni  o’zgartirish  yoki  bekor  qilish  to’g’risidagi  masalasini  qo’yish 
imkoniyatini  yaratish  uchun,  shifoxonaning  bosh  vrachi  taqdimnomasiga 
ko’ra  tuzilib,  shifoxona  bo’ysinadigan  organ  tomonidan  tasdiqlanadigan 
shifokorlar  komissiyasi  tomonidan  tekshirishdan  o’tkaziladi.  Agarda 
bemorning  holati  o’zgarsa,  tekshirish  olti  oy  o’tgunga  qadar  har  qanday 
vaqtda o’tkazilishi mumkin. 
Bemorning  sog’ayb  ketishi  yoki  uni  jamiyat  uchun  xavfsiz  bo’lishiga 
olib  kelgan  hamda  shifoxonada  saqlash  va  majburiy  davolash  zaruratini 
istisno qiluvchi ruhiy holatining o’zgarishi hollarida, davolash muassasasiga 
bo’ysunuvchi  sog’liqni  saqlash  organi  bosh  psixiatrining,  shifokorlar 
komissiyasi  xulosasiga  asoslangan  taqdimnomasiga  binoan  sud  tomonidan 
majburiy davolash bekor qilinadi. Shifokorlar komissiyasi tomonidan tegishli 
xulosa  chiqarilgandan  so’ng  o’n  kunlik  muddatdan  kechiktirmagan  holda 
bosh psixiatr tibbiy yo’sindagi  majburlov chorasini bekor qilish yoki uning 
turini o’zgartirish haqida sudga taqdimnoma bilan murojaat qilishi zarur. 
Tibbiy  yo’sindagi  majburlov  chorasini  o’zgartirish,  bemorni  umumiy 
tipdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan (bo’limidan) yoki ixtisoslashtirilgan 
reabilitatsion  bo’limdan  kuchaytirilgan  kuzatuvli  ruhiy  kasalliklar 
shifoxonasiga  o’tkazish  to’g’risidagi  sud  ajrimini  ijro  etish  O’zbekiston 
Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda 
amalga oshiriladi. 
Sud  tomonidan  majburiy  davolash  bekor  qilinganidan  so’ng,  bemor 
shifoxonadan  chiqarilgunga  qadar  o’n  kunlik  muddatdan  kechiktirmasdan 
ruhiy  kasalliklar  shifoxonasi  bemorning  yashash  joyidagi  psixonevrologik 
dis’anserga  (dis’anser  bo’limi,  kabinetiga)  statsionarda  davolangan 
bemorning  ambulator  kartasidan  ko’chirma  yuboradi.  Bir  vaqtning  o’zida, 
ruhiy  kasalliklar  shifoxonasining  ma’muriyati  majburiy  davolash  bekor 
qilinganligi  va  bemor  shifoxonadan  chiqarilgnaligi  haqida  bemorning 
qarindoshlari  yoki  qonuniy  vakillariga,  shuningdek  bemor  yashash  joyidagi 
militsiya bo’linmasiga xabar beradi. 


308 
 
Bemorlarni 
ruhiy 
kasalliklar 
shifoxonasidan 
chiqarish 
tartibi 
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Ruhiy  kasalliklar  shifoxonasidan  chiqarilgan  shaxslarga  davolanishda 
bo’lgan vaqti to’g’risida ma’lumotnoma beriladi. 
Shuningdek,  bemorlarni  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasidan  chiqarish 
tartibi  mazkur  shifoxonaning  tipiga  bog’liq  bo’ladi  va  O’zbekiston 
Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  vazirligiga  oid  hujjatlar  bilan  tartibga 
solinadi. 
Ruhiy  kasalliklar  shifoxonasidan  chiqarilgan  shaxslarga  shifoxonada 
bo’lgan  muddat  to’g’risida  ma’lumotnoma  beriladi.  Odatda,  bunday 
ma’lumotnoma bemorni kuzatuvchi shaxslarga beriladi. 
Bemor  chiqarilganidan  so’ng  kasallik  tarixi  shifoxonada  qoladi, 
devonxonada ro’yxatga olinadi va arxivga to’shiriladi. Zarurat tug’ilganda u 
keyinchalik talab qilib olinishi mumkin, bunday holarda undan tegishli nusxa 
olinadi. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish