13-BOB
232
Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki og’ir oqibatlarni keltirib
chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun uch yildan
ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari
jazosi o’rniga shu muddatga xizmat bo’yicha cheklash jazosi qo’llanilishi
mumkin.
Xizmat bo’yicha cheklash kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tayotgan
shaxsga nafaqat u javobgarlikka tortilayotgan modda sanksiyasida ushbu
jazo ko’rsatilganida, balki xizmatchining muayyan qilmishi uchun modda
sanksiyasida axloq tuzatish ishlari nazarda tutilgan bo’lsa ham qo’llanilishi
(bu hol harbiy xizmatchining xizmat vazifasi bilan bog’liq bo’lmagan
jinoyatga taalluqlidir) mumkin.
Ushbu jazoni ijro etishda mazkur jazoga hukm qilingan aybdor jazoni
o’tash vaqtida mavjud muhitdan ajratilmagan holda o’z ijtimoiy foydali
faoliyatini uzluksiz davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Xizmat bo’yicha cheklash jinoiy jazo chorasi sifatida axloq tuzatish
ishlari bilan mazmunan o’xshash (miqdori, mohiyati va h.k.) bo’lib, ushbu
jazolarning farqli jihatini ularning subyektida ko’rish mumkin. Ushbu jazoni
ijro etishda mazkur jazoga hukm qilingan aybdor jazoni o’tash vaqtida
mavjud muhitdan ajratilmagan holda o’z ijtimoiy foydali faoliyatini uzluksiz
davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Xususan, axloq tuzatish ishlari jinoyat sodir etish vaqtida harbiy
xizmatni o’tamayotgan fuqarolarga nisbatan qo’llanilsa, xizmat bo’yicha
cheklash jinoyat sodir etgan vaqtda amalda harbiy xizmatni o’tayotgan
233
harbiylarga nisbatan qo’llaniladi. Yuqoridagilar asosida va JK 47-moddasini
mazmunan tahlil etib shunday xulosaga kelish mumkinki, xizmat bo’yicha
cheklash harbiylarga nisbatan axloq tuzatish ishlarini qo’llashda
ifodalanadigan jinoiy jazo chorasidir.
Jinoyat qonun hujjatlarida ushbu jazo turining mohiyati mahkum pul
ta’minotining muayyan miqdorini (10%dan 30%gacha) ushlab qolishda
ifodalanadi, xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni o’tash muddati
davomida mahkumning mansabi, harbiy yoki maxsus unvoni oshirilishi
mumkin emas, jazoni o’talgan vaqt esa, uning ko’p yil ishlaganlik,
navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos
bo’ladigan xizmat muddatiga qo’shilmaydi. Ushbu jazo turining o’ziga xos
xususiyati shundaki, mahkum harbiy xizmatni o’zi xizmat qilayotgan
qismda, o’z harbiy jamoasida davom ettiradi. Bu esa uning xulq-atvoriga
ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida mazkur jazoni ijro
etishga alohida e’tibor berilgan (141-147-moddalar). Kodeksning 14-
moddasi 3-qismiga ko’ra, xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazo harbiy
xizmatchi xizmatni o’tayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar)ning
qo’mondonligi tomonidan ijro etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 141-moddasi
xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibini
mustahkamlaydi. Unga ko‘ra, xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo
ijrosini mahkum harbiy xizmat o‘tayotgan joydagi komandir (boshliq)
tomonidan ijro etiladi.
Komandir hukm nusxasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun
ichida quyidagilarni ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi:
- mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvondan ko‘tarishga
taqdim etmaslik asosi va muddati;
- harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya
tayinlash uchun uning xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydigan vaqt;
- mahkumning pul ta`minotidan davlat foydasiga o‘tkaziladigan
chegirma miqdori (sud hukmiga ko‘ra xizmat bo‘yicha cheklangan harbiy
xizmatchining pul ta`minotidan chegirma lavozim va harbiy unvonga doir
maoshdan hisoblab chiqariladi) ;
- komandir (boshliq) buyrug’i mahkum harbiy xizmatchi e’tiboriga
yetkaziladi va uning shaxsiy hujjatlar yig’majildiga hukm nusxasi bilan
birgalikda qo’shib qo’yiladi;
- komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga
uch kunlik muddat ichida xabar beradi.
234
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 144-moddasi
mahkum harbiy xizmatchi harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy qism
qo‘mondonligiga u bilan tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish majburiyatini yuklaydi.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazo muddati mobaynida mahkum harbiy
xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas.
Qonun harbiy xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish
muddatidan oldin tugatilishini ( JIK 147- moddasi) ham nazarda tutadi.
Muddatidan oldin ozod qilish asoslari turli xil bo‘lishi mumkin.
Birinchidan, shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilish yoki ushbu
turdagi jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish, ikkinchidan, afv qilish yoki
amnistiya aktlarining qo‘llanilishi, uchinchidan, ushbu jazo bilan jazolangan
harbiy xizmatchining xizmatni o‘tashning alohida sharoitlari bilan bog‘liq
holatlarni belgilash.
Harbiy qism komandiri sudning hukmini ijro etishdan bo’yin tovlagan
taqdirda, u sud hujjatini ijro yetmaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan
O’zbekiston Respublikasi JK 232-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.
Mahkum-harbiy xizmatchi xizmat bo’yicha cheklash jazosining
ijrosi(ta’siri)ni oylik ish haqini olgan kuni his etadi. Chunki, o’sha kundan
boshlab sud hukmida ko’rsatilgan miqdordagi summa uning pul ta’minotidan
ushlab qolinadi. O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat
va harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonuniga (2002-yil) muvofiq harbiy
xizmatchilarning pul ta’minoti uning harbiy mansabi bo’yicha oylik ish haqi
va harbiy unvoni bo’yicha oylikdan tashkil topadi. Xizmatni kontrakt
bo’yicha o’tayotgan shaxslar yuqoridagilardan tashqari turli qo’shimchalarni
(uzoq muddat xizmat qilganligi, alohida sharoitlarda xizmat qilganligi)
shuningdek, qo’shimcha pul to’lovlarini (kalendar yili yakuni bo’yicha,
ta’tilga ketish vaqtida, harbiy xizmatni yangi joyda o’tashga o’tkazilishi
munosabati bo’yicha ) oladilar. Ushlab qolish yuqorida ko’rsatilgan barcha
turdagi to’lovlardan amalga oshiriladi.
Mahkum harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o’tash vaqtida kasalligi
yoki shikast olganligi munosabati bilan to’lanadigan sug’urta miqdoridan
ushlab qolinmaydi. Mazkur jazo turini ijro etishning boshqa salbiy oqibati
ham bo’lib, u xizmat vazifasini o’zgartirishga ham ta’sir ko’rsatadi, xususan,
xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazo muddati mobaynida mahkum
harbiy xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas.
Bunday holda komandir (boshliq)ga mahkumni harbiy qism doirasida yoki
boshqa qismga ko’chirgan holda boshqa teng lavozimga o’tkazish huquqi
beriladi (JIK 145-m.). Komandir (boshliq) jazoni ijro qilishning maqsadga
muvofiqligi, shuningdek, muayyan harbiy qismda teng lavozim mavjudligini
e’tiborga olib, qaror qabul qiladi. Agar harbiy xizmatchining roziligi bilan u
235
boshqa qism yoki joyga o’tkazilgan bo’lsa, bu haqida hukm chiqarilgan sud
xabardor qilinadi. Kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tayotgan shaxs
muayyan qismda yoki boshqa joyda harbiy xizmatni o’tashga rozi bo’lmasa,
u bilan tuzilgan kontrakt bekor qilinishi mumkin. Bu holda ham hukm
chiqargan sud xizmat bo’yicha cheklash jazosini boshqa turdagi jazo bilan
almashtirishi uchun xabardor qilinadi.
Ushbu jazo turi nafaqat jazolash, balki tarbiyaviy ta’sir choralarini ham
nazarda tutadi. Xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazoni o’tayotgan
harbiy xizmatchilar bilan ular sodir etgan jinoyatning xususiyatini, ijtimoiy
xavflilik darajasini va mahkumning shaxsi, shuningdek, xulq-atvori, hamda
harbiy xizmatga munosabatini inobatga olgan holda tarbiyaviy ish olib
boriladi (JIK 144-m.). Bunday tarbiyaviy ishlarning shakli va usullari
qonunda ko’rsatilmagan, ammo tarbiyaviy ishlarni olib borishda ular sodir
etgan jinoyatning xususiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi va mahkumning
shaxsi, shuningdek, xulq-atvori va harbiy xizmatga munosabatini e’tiborga
olish lozimligi ko’rsatilgan, ya’ni mazkur ishni tashkil qilish va o’tkazishda
individual yondashuv talab qilinadi. Qonunda tarbiyaviy ishlarni olib borish
vazifasi harbiy qism komandiri zimmasiga yuklatilgan bo’lsada, qoidaga
ko’ra uni shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish bo’yicha uning
o’rinbosari olib boradi. Ushbu ishga ofitserlar va serjantlar tarkibidan
tajribali va obro’li xizmatchilar jalb qilinishi bilan birga, qismda faoliyat
yuritayotgan jamoat tashkilotlari (masalan, ofitserlar kengashi, ayollar
kengashi, “Kamolot” YoIH BT va h.k.)lar ham ishtirok etadilar. Qism
komandiri mazkur ishni nazorat qiladi, shuningdek, shaxsan o’zi u yoki bu
tarbiyaviy xususiyatdagi tadbirni o’tkazishi mumkin. Asosiysi tarbiyaviy ish
tizimli va chuqur o’ylangan tarzda, harbiy xizmatchidagi muayyan jinoyatni
sodir etilishiga turtki bo’lgan sifatlarni bartaraf qilishga, neytrallashtirishga
qaratilishi kerak. Xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazo muddati
mobaynida mahkum-harbiy xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni
oshirilishi mumkin emas. Xizmat bo’yicha cheklash muddati tugashidan
kamida uch kun oldin komandir (boshliq) jazo ijrosi tugaydigan sanani
ko’rsatib buyruq chiqaradi. Mazkur buyruqda avvalo, jazoning ijrosi
tugaydigan muddat, ya’ni uning oxirgi kuni ko’rsatiladi. JK 47-moddasi 2-
qismiga ko’ra, ushbu jazo chorasining muddati oylar va yillar bilan
o’lchanadi. Shuningdek, buyruqda harbiy xizmatchining pul ta’minotidan
chegirib qolishning to’xtatilganligi, lavozim va harbiy unvonini ko’tarish
muddatlarining tiklanishi ko’rsatilishi kerak. Buyruqning nusxasi hukm
chiqargan sudga yuborilishi shart. Bu sudga ushbu turdagi jazoning ijrosini
nazorat qilish imkonini beradi. Qonunda xizmat bo’yicha cheklash jazosi
236
ijrosini muddatidan ilgari to’xtatish yoki tugatish imkoniyatlari ham nazarda
tutilgan.
Bunday jazodan:
- ushbu jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish;
- amnistiya akti yoki avf etish asosida;
- aynan ushbu harbiy xizmatchi tomonidan xizmatni o’tash bilan bog’liq
bo’lgan alohida holatlarga ko’ra muddatdan ilgari ozod qilish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat to’g’risida”gi qonuniga muvofiq kontrakt bo’yicha xizmatni
o’tayotgan harbiy xizmatchi tuzilgan kontrakt bekor qilinishi munosabati
bilan harbiy xizmatdan muddatdan ilgari bo’shatilishi mumkin. Mazkur
qonunga muvofiq va JIKning 165- moddasiga binoan mahkum kasalligi
tufayli yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganligi munosabati bilan ham jazodan
ozod qilinishi mumkin (bunday hollarda harbiy-tibbiy komissiyaning
xulosasi talab qilinadi). Ayol harbiy xizmatchilar xizmat bo’yicha cheklash
tariqasidagi jazoni o’tashdan homiladorlik va tug’ish ta’tili berilishi
munosabati bilan ham ozod qilinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |