116
muassasalarining ichki tartib qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami
2495).]
Nazorat va tekshirishda qo’llaniladigan texnika vositalari ro’yxati,
ulardan foydalanish tartibi, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan
shaxslarga o’z yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar ro’yxati
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan
narsalar va buyumlar muassasa boshlig’i qaroriga binoan olib qo’yiladi
hamda mahkum ozod bo’lgunga qadar saqlash uchun to’shiriladi yoki yo’q
qilinadi yohud davlat foydasiga o’tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat (akt)
tuziladi. Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga o’tkazish to’g’risidagi
qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi. Olib qo’yilgan pul va qimmatli
ashyolar ularni olib qo’ygan mansabdor shaxsning dalolatnomasi yoki
raporti
(bildirgisi) bo’yicha uzog’i bilan bir sutkalik muddat ichida muassasa
boshlig’ining navbatchi yordamchisi tomonidan kassaga yoki buxgalteriyaga
to’shiriladi. Ularning hisobini yuritish mahkumlardan olib qo’yilgan pullar
va qimmatliklar baho buyumlar kiritilgan daftarda qayd etiladi, daftar
muassasaning navbatchilik xizmati tomonidan yuritiladi. Mazkur xizmatni
o’tash samaradorligi ustidan nazorat qilish maqsadida bunday daftarlar
kontrolerlar va harbiy naryadlar boshliqlari tomonidan ham yuritiladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida foydalanishi
man etilmagan, lekin
mahkumlarning yonida belgilangan tur va miqdordagidan ortiqcha narsa va
ashyolar ham olib qo’yiladi hamda saqlash uchun omborga to’shirilib, bu
xususida tegishli dalolatnoma tuziladi. Agar omborda saqlanayotgan narsalar
yoki ashyolar mahkumga kerak bo’lib qolsa va ular belgilangan tur va
miqdordagidan ortiqcha bo’lmasa, ular berilgan ariza asosida egalariga
to’shiriladi.
Mahkumlarning saqlashi man etilgan, ulardan olib qo’yilgan, ammo
qimmatli narsa va ashyolar jumlasiga kirmaydigan narsa va ashyolar (spirtli
ichimliklar va h.k.), shuningdek, g’ayriqonuniy olingan oziq-ovqat
mahsulotlari mahkumlarning hozirligida yo’q qilib tashlanadi yoki
omborxonaga to’shirilib, bu xususda dalolatnoma to’shiriladi. [O’zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki
ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Davlat bojxona
qo’mitasining 2006-yil 8-avgustdagi 63, KGB-176-06, 3/2161, 9, 19, 12, 01-
02/22-19-son qarori bilan tasdiqlangan Tergov, surishtiruv va sud davomida
jinoyat ishlari va materiallari bo’yicha olib qo’yilayotgan ashyoviy dalillar
va moddiy boyliklarni olib qo’yish, hisobga olish, saqlash, berish va yo’q
117
qilib tashlash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma (O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi,
ro’yxat raqami 2174).]
Mahkumlarning yonidan saqlashi man etilgan narsa va ashyolar,
shuningdek qonunga xilof ravishda olingan oziq-ovqat mahsulotlari
topilganligi va olib qo’yilganligi yuzasidan xizmat tekshiruvi o’tkazilib,
ularning natijalari asosida aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy ta’sir
choralari ko’riladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning
buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining
obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda ko’zdan kechirilishi mumkin.
Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo’lgan shaxslar tomonidan amalga
oshiriladi. Turar-joy binolarini ularda mahkumlar bo’lgan chog’da tintuv
qilishga kechiktirib bo’lmaydigan hollardagina yo’l qo’yiladi.[
O’zbekiston
Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son
buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki
tartib qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-
yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2495).]
Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ushbu muassasaga hamda
mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning
transport vositalarini, buyumlari va kiyimini ko’zdan kechirishga haqli,
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tintuv qilish va ko’zdan kechirish tartibi O’zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:
1)
mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini
ta’minlash;
2)
mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan
jinoyatlarni
aniqlash va fosh etish;
3)
sodir etilgan jinoyatlar va saqlash rejimi buzilganligini aniqlash
va
ularning oldini olish;
4)
jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh
etish;
5)
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni
qidirish;
6)
boshqa jinoyatlarni fosh etishga yordam berish maqsadida olib
boriladi.
118
Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor
xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli
organlar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: