FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
500
Kassatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim
AJRIM
2012-yil 16-iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy
tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ning kassatsiya shikoyatini qabul
qilish masalasini muhokama qilib, quyidagilarni
A n i q l a d i:
Da’vogar (F.I.O.) javobgar Sirg‘ali tuman hokimiyati va boshqalarga nisbatan
hokim qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo talablari bilan sudga murojaat
qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2012-yil 27-iyuldagi
hal qiluv qarori bilan da’vogar (F.I.O.) ning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan.
Ushbu hal qiluv qaroridan javobgar (F.I.O.) norozi bo‘lib, unga nisbatan
kassatsiya tartibida shikoyat keltirgan. (F.I.O.) mazkur kassatsiya shikoyatini bir
nusxada bergan.
FPK ning 348
3
-moddasiga asosan kassatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok
etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi.
Sudya, zarur hollarda, kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki kassatsiya protesti
keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyati yoki protestiga ilova qilingan yozma
materiallarning nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda
taqdim etish majburiyatini yuklashi mumkin.
FPK ning 348
5
- moddasiga muvofiq agar kassatsiya shikoyati berish yoki protesti
keltirish paytida FPKning 348
3
- va 348
4
- moddalari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan
bo‘lsa yoki davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj
to‘lamagan bo‘lsa, kassatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi.
Kassatsiya shikoyati yoki protestini harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya bu
shikoyat yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni va ularni
tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi.
Agar shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxs ajrimda ko‘rsatilgan
kamchiliklarni belgilangan muddatda tuzatsa, shikoyat yoki protest dastlab sudga
taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki protest berilmagan
hisoblanib, shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga qaytariladi va bu haqda
ajrim chiqariladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan qonun talabidan kelib chiqib, javobgar (F.I.O.) ning
kassatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirishni va yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni
bartaraf qilish uchun unga 10 kunlik muddat berishni lozim topaman.
Yuqoridagilarga asosan va FPK ning 348
3
-, 348
5
-, 237–238-moddalarini qo‘llab,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
Do'stlaringiz bilan baham: