2014-yil oktabr oyining 15-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar
Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya
(F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, arizachi (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan
hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, sud
huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining 2014-yil 15-sentabrdagi
405-sonli hal qiluv qarori bilan (F.I.O.) ning da’vo talablari qanoatlantirilib, (F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
474
dan 5.457.445 so‘m asosiy qarz va 10% qo‘shimcha bilan jami 6.003.189 so‘m pul
mablag‘i, 209.236 so‘m hakamlik yig‘imi undirilgan.
Mazkur qabul qilingan hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, (F.I.O.) sudga ariza bilan
murojaat qilib, “New Century” MChJ huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi
hakamlik sudining 2014-yil 15-sentabrdagi 405-sonli ish bo‘yicha chiqargan hal qiluv
qarorini bekor qilishni so‘ragan.
Sud majlisida arizachi hakamlik bitimi sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan
imzolanganligini, ushbu bitimni imzolash vaqtida u nikohda bo‘lmaganligini,
hakamlik sudyalarini saylashda arizachi ishtirok etmaganliklarini, ishni ko‘rish vaqti va
joyi to‘g‘risida xabardor bo‘lmaganliklarini bildirib, arizani to‘liq qanoatlantirib
berishni so‘radi.
Javobgar arizachi talablariga e’tiroz bildirib, arizani rad etishni so‘radi.
Sud, taraf vakillarining tushuntirishlarini tinglab, ish materiallarini o‘rganib
chiqib, quyidagi asoslarga ko‘ra ariza talablarini to‘liq qanoatlantirishni lozim topdi:
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, 2014-yil 13-iyun kuni (F.I.O.) va (F.I.O.) ning
sobiq turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) o‘rtasida nizoni “New Century” MChJ huzuridagi
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida ko‘rishga topshirish to‘g‘risida bitim
tuzilgan. Bundan ko‘rinadiki, hakamlik bitimi tuzilgan vaqtda (F.I.O.) xabardor
bo‘lmagan va u ushbu bitimni (F.I.O.) imzolash huquqiga ega bo‘lmagan.
Bundan tashqari, hakamlik sudining hal qiluv qaroridan ko‘rinishicha, sud
majlisida javobgar (F.I.O.) ishtirok etib, qarzdorlikni qisman tan olgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-
moddasiga ko‘ra, hakamlik bitimi mavjud bo‘lgan taqdirda, nizo hakamlik sudining
hal qiluviga topshirilishi mumkin.
Ushbu qonunning 12-moddasiga ko‘ra, hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi.
Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shartnoma sharti yoki alohida
bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 107-moddasiga asosan, yozma
shaklda tuzilgan bitimni, agar ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib
chiqmasa, taraflar yoki ularning vakillari imzolashi kerak.
FPKning 309
7
-moddasiga muvofiq, hakamlik sudining qarori quyidagi asoslarga
ko‘ra bekor qilinishi mumkin: hakamlik sudining hal qiluv qarori, hakamlik bitimi
qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini; hakamlik sudi hal qiluv
qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri
kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan
chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining
hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim
bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan ajratib olish mumkin
bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
475
olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;
hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-, 15-, 16- va 25-moddalari qoidalariga
muvofiq emasligini; hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi talablari buzilgan holda
chiqarilganligini; hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi
taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini
saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida
tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z
tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha FPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan
qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Sud, (F.I.O.) ning tegishli vakolatga ega bo‘lmasdan hakamlik bitimini
imzolaganligini, hakamlik sudida javobgar sifatida ishtirok etganligini, (F.I.O.) ning
sudda ishtirok etmaganligini e’tiborga olib, arizachi (F.I.O.) ning arizasini
qanoatlantirishni va “New Century” MChJ huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi
hakamlik sudining 2014-yil 15-sentabrdagi hal qiluv qarorini bekor qilishni lozim deb
topadi.
FPKning 237-238-, 309
4
–309
8
-moddalarini, O‘zbekiston Respublikasi
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-, 12-, 14–16-, 25-moddalarini qo‘llab
sud,
Ajrim qiladi:
Arizachi (F.I.O.)ning hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish
to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilsin.
“New Century” MChJ huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi
tomonidan 2014-yil 15- sentabrda 405-sonli hakamlik ishi bo‘yicha chiqarilgan hal
qiluv qarori bekor qilinsin.
Javobgar (F.I.O.) dan arizachi (F.I.O.) foydasiga sudga hakamlik sudining hal
qiluv qarorini bekor qilish haqidagi ariza bo‘yicha to‘langan 215.270 so‘m
miqdoridagi davlat boji undirilsin.
Ajrimdan norozi tomonlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish
to‘g‘risidagi ushbu ajrim ustidan shu sud orqali Toshkent shahar sudiga xususiy
shikoyat berishi yoki prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.
Raislik etuvchi sudya:
imzo (F.I.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: