oyining 4-kunida raislik etuvchi (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, Farg‘ona shahar
prokurori yordamchisi (F.I.O.) ishtirokida arizachi (F.I.O.)ning otalik faktini belgilash
to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha 1-253/10-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib,
Fuqaro (F.I.O.) sudga ariza bilan murojaat qilib, 2008-yil 17-noyabr kuni fuqaro
(F.I.O.)ga qonuniy nikohdan o‘tmagan holda turmushga chiqqanligini, 2009-yil 22-
mart kuni (F.I.O.) o‘z joniga qasd qilib vafot etganini, 2009-yil 12-noyabr kuni
ularning farzandlari (F.I.O.) tug‘ilganligini, marhum turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida
qonuniy nikoh bo‘lmaganligi sababli qiziga (F.I.O.) emas, balki (F.I.O.) berilganligini,
u marhum turmush o‘rtog‘ining qirqi o‘tgunicha (F.I.O.)ning xonadonida qaynota-
qaynonasi bilan birga ahil yashab kelganini, farzandi kelgusida otasining familiyasida
bo‘lishi uchun otalik faktini sud tartibida belgilash lozimligini bayon qilib, 2009-yil
12-noyabr kuni tug‘ilgan farzandi (F.I.O.)ning otasi (F.I.O.) ekanligi faktini belgilab
Sud majlisida arizachi (F.I.O.) arizani quvvatlab, haqiqatan ham 2008-yil 17-
noyabr kuni fuqaro (F.I.O.)ga qonuniy nikohdan o‘tmagan holda turmushga
chiqqanligini, 2009-yil 22-mart kuni (F.I.O.)ga o‘z joniga qasd qilib vafot etganini,
2009-yil 12-noyabr kuni ularning farzandlari (F.I.O.) tug‘ilganligini, marhum turmush
o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida qonuniy nikoh bo‘lmaganligi sababli qiziga (F.I.O.) emas,
balki (F.I.O.) berilganligini, u marhum turmush o‘rtog‘ining qirqi o‘tgunicha
(F.I.O.)ning xonadonida qaynota-qaynanasi bilan birga ahil yashab kelganini, hozirgi
kunda ham farzandini olib vaqti-vaqti bilan qaynana-qaynotasining uyiga kelib
turishini, farzandi kelgusida otasining familiyasida bo‘lishi uchun otalik faktini sud
tartibida belgilash lozimligini bayon qilib, 2009-yil 12-noyabr kuni tug‘ilgan farzandi
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
447
Sud majlisida guvoh sifatida so‘ralgan (F.I.O.) arizachi (F.I.O.)ning qaynotasi
ekanligini, o‘g‘li (F.I.O.) va kelini (F.I.O.)lar 2008-yil 17-noyabr kuni qonuniy
nikohdan o‘tmagan holda turmush qurishganini, 2009- yil 2-mart kuni o‘g‘li o‘z
joniga qasd qilib vafot etganini, 2009-yil 12-noyabr kuni uning (F.I.O.) ismli nevarasi
tug‘ilganini, o‘g‘li va kelini qonuniy nikohdan o‘tmaganligi sababli nevarasiga
(F.I.O.) o‘rniga (F.I.O.) berilganini, kelini 2009-yil may oyigacha o‘zlari bilan birga
yashaganini, hozirda ham nevarasi bilan kelib turishini, marhum farzandidan qolgan
yagona (F.I.O.) ismli nevarasiga familiya berish uchun otalik fakti sud tartibida
belgilanishi lozim ekanligini bildirdi.
Sud majlisida guvoh sifatida so‘ralgan (F.I.O.) marhum (F.I.O.) bilan qo‘shni
yashashganini, (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 2008-yil 17-noyabr kuni qonuniy nikohdan
o‘tmagan holda turmush qurishganini, u to‘yda shaxsan ishtirok etganini, 2009-yil 22-
mart kuni (F.I.O.) o‘z joniga qasd qilib vafot etganini, 2009-yil 12- noyabr kuni
(F.I.O.) ismli farzand tug‘ilganini, haqiqatan ham marhum (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 2009-
yil 22-martgacha bir oila bo‘lib yashab kelishganini, arizachi turmush o‘rtog‘ining
qirqini o‘tkazib, ota-onasining uyiga ketganini, hozir ham arizachi qizi bilan qaynota-
qaynanasining uyiga kelib turishini bildirdi.
Sud arizachi va guvohlarning ko‘rsatmalarini, prokurorning fikrini eshitib, ish
hujjatlarini har tomonlama o‘rganib chiqib, ariza quyidagi asoslarga ko‘ra
qanoatlantirilishi lozim degan xulosaga keladi.
FPKning 283-moddasiga asosan, fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy
huquqlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni,
jumladan, otalikni tan olish (belgilash) faktini sud belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 4-qismiga muvofiq,
bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan
shaxs vafot etgan taqdirda, uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.
Fuqarolik ishi holatlaridan aniqlanishicha, haqiqatan ham (F.I.O.) va (F.I.O.)lar
2008-yil 17-noyabr kuni qonuniy nikohdan o‘tmagan holda turmush qurishgan.
Birgalikdagi turmushlaridan 2009-yil 12-noyabr kuni (F.I.O.) ismli farzandlari
tug‘ilgan. Biroq, farzand tug‘ilmasdan oldin 2009-yil 22-mart kuni (F.I.O.) o‘z joniga
qasd qilib vafot etgan. Shuning uchun, tug‘ilgan farzandga Farg‘ona tuman FHDYo
bo‘limida tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvida ota haqidagi ma’lumotlar ona
arizasidagi ko‘rsatma asosida yozilgan. Arizachi (F.I.O.) 2009-yil may oyiga qadar
qaynota-qaynanasining xonadonida birga yashab kelgan. Voyaga yetmagan
(F.I.O.)ning otasi (F.I.O.) ekanlik fakti sudda so‘ralgan guvohlarning ko‘rsatmalari,
ishda to‘plangan hujjatlar, jumladan, Farg‘ona tuman Chimyon MFY
ma’lumotnomasi va dalolatnomasi, (F.I.O.)ning o‘lgalik to‘g‘risidagi guvohnomasi
nusxasi, shuningdek, (F.I.O.)ning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi bilan
tasdiqlanadi. (F.I.O.) vafot etganligi uchun farzandiga uning otaligi belgilanmagan,
bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvida otasining ismi va familiyasi
(F.I.O.) deb ko‘rsatilgan.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
448
Binobarin, arizachi (F.I.O.)ning arizasi qanoatlantirilishi, bolaning otasi 1982-yil
16-avgust kuni tug‘ilib, 2009-yil 22-martda vafot etgan fuqaro (F.I.O.) ekanligi fakti
belgilanishi lozim.
Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
62-moddasi hamda FPKning 283–285-, 203–206-moddalariga asosan, sud
Do'stlaringiz bilan baham: