HAL QILUV QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida 2014-yil iyul
oyining 1-kunida sudya (F.I.O.) raisligida, (F.I.O.)ning kotibligida ochiq sud
majlisida arizachi (F.I.O.)ning yuridik ahamiyatga ega faktni belgilash haqidagi
arizasi yuzasidan 1-1016/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Aniqladi:
Fuqaro (F.I.O.) sudga ariza bilan murojaat qilib, 1960-yil 1-mayda tug‘ilganini,
turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) bilan 1991-yil may oyidan boshlab turmush qurib birga
yashab kelayotganini, turmush o‘rtog‘i (F.I.O.)ning birinchi xotini (F.I.O.) 1990-
yilda vafot etganini, ularning 4 nafar farzandi bo‘lganini, shundan 1988-yil 23-
oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va (F.I.O.) ismli egizak farzandlar uch yoshda bo‘lib, ular
1991-yil may oyidan uning tarbiyasida va qaramog‘ida bo‘lganini, 1992-yil 8-
yanvarda u ushbu bolalalarning otasi bilan qonuniy nikohdan o‘tganini, chunki o‘sha
payt u birinchi farzandiga homilador bo‘lganini, uning birgalikdagi turmushlaridan 3
nafar farzandlari tug‘ilganini, hozirgi kunga kelib imtiyozli nafaqa rasmiylashtirish
vaqtida hujjatlarini Mirobod tuman budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga
topshirolmay qiynalayotganligini, 5 nafar farzandi bor ayollarga beriladigan
imtiyozdan foydalanishi uchun unga fuqarolik sudiga murojaat qilish
tushuntirilganligini, ularning (F.I.O.) bilan 1991-yil may oyidan birga turmush
qurganlari hamda egizak farzandlari shu paytdan boshlab uning qaramog‘ida
bo‘lganligini guvohlar tasdiqlashini bildirib, 1988-yil 23-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.)
va (F.I.O.)larning 1991-yil may oyidan boshlab uning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini
belgilab berishni so‘ragan.
Sud majlisida arizachi (F.I.O.) arizani quvvatlab, haqiqatan ham 1960-yil 1-
mayda tug‘ilganini, turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) bilan 1991-yil may oyidan boshlab
turmush qurib birga yashab kelayotganini, turmush o‘rtog‘i (F.I.O.)ning birinchi
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
444
xotini (F.I.O.) 1990-yilda vafot etganini, ularning 4 nafar farzandi bo‘lganini,
shundan 1988-yil 23-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va (F.I.O.) ismli egizak farzandlar
uch yoshda bo‘lib, ular 1991-yil may oyidan uning tarbiyasida va qaramog‘ida
bo‘lganini, 1992-yil 8-yanvarda u (F.I.O.) bilan qonuniy nikohdan o‘tganini, chunki
o‘sha payt u birinchi farzandiga homilador bo‘lganini, uning (F.I.O.) bilan
birgalikdagi turmushlaridan 3 nafar farzandlari tug‘ilganini, hozirgi kunga kelib
imtiyozli nafaqa rasmiylashtirish vaqtida hujjatlarini Mirobod tuman budjetdan
tashqari pensiya jamg‘armasiga topshirolmay qiynalayotganligini, 5 nafar farzandi
bor ayollarga beriladigan imtiyozdan foydalanishi uchun unga fuqarolik sudiga
murojaat qilish tushuntirilganligini, ularning (F.I.O.) bilan 1991-yil may oyidan birga
turmush qurganlari hamda (F.I.O.) va (F.I.O.)lar shu paytdan boshlab uning
qaramog‘ida bo‘lganligini guvohlar tasdiqlashini bildirib, 1988-yil 23-oktabrda
tug‘ilgan (F.I.O.) va (F.I.O.)larning 1991-yil may oyidan boshlab uning qaramog‘ida
bo‘lganlik faktini belgilab berishni so‘radi.
Sud majlisida manfaatdor shaxs Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
Mirobod tuman bo‘limi vakili (F.I.O.) o‘zining bayonotida (F.I.O.) tuman ijtimoiy
ta’minot bo‘limiga nafaqa tayinlash borasida murojaat qilganini, O‘zbekiston
Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-
moddasi “z” bandiga asosan besh va undan ortiq farzand tug‘gan va ularni sakkiz
yoshgacha tarbiyalagan ayollar ish staji kamida 15 yil bo‘lganda imtiyozli tarzda
nafaqaga chiqishlari mumkinligini, agar ayol o‘gay o‘g‘il yoki o‘gay qizni ular sakkiz
yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular
haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinishini, arizachi (F.I.O.) fuqaro
(F.I.O.) bilan 1991-yilda turmush qurganini, 1988-yilda tug‘ilgan egizak farzandlari
arizachining qaramog‘ida bo‘lganini, (F.I.O.) va (F.I.O.)larning birgalikdagi
turmushidan 3 nafar farzandi tug‘ilganini, biroq (F.I.O.) va arizachi (F.I.O.)lar 1992-
yilda qonuniy nikohdan o‘tishganini, shu sababli arizachiga imtiyozli nafaqaga
chiqish uchun 1988-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) va (F.I.O.)larni 1991-yil maydan
arizachining qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilash uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha
sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilganligini, chunki hozirgi kunda mazkur fakt
faqat sud tartibida belgilanishi mumkinligini bayon qildi.
Sud majlisida so‘ralgan guvoh (F.I.O.) arizachi (F.I.O.)ni uzoq yillardan buyon
tanishini, ular bir qishloqda qo‘shni bo‘lib istiqomat qilishini, (F.I.O.)ning birinchi
turmush o‘rtog‘i 1990-yilda vafot etganini, shu payt (F.I.O.)ning to‘rt nafar voyaga
yetmagan farzandi bo‘lganini, 1991-yil may oyida (F.I.O.) va (F.I.O.)lar o‘zaro oila
qurishganini, arizachi (F.I.O.)ning farzandlarini o‘z bolasiday tarbiyalab voyaga
yetkazganini, birgalikdagi turmushlari davomida ularning uch nafar farzandi
tug‘ilganini, 1991-yil maydan arizachi turmush o‘rtog‘ining to‘rt nafar farzandini
tarbiyalab kelganini bayon qildi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
445
FPKning 283-moddasiga binoan, fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy
huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni sud
aniqlaydi. Chunonchi, sud shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi faktini aniqlaydi.
Fuqarolik ishi hujjatlaridan aniqlanishicha, fuqarolar (F.I.O.) va (F.I.O.)larning
birgalikdagi turmushidan to‘rt nafar – 1985 yilda (F.I.O.), 1987-yilda (F.I.O.), 1988-
yilda (F.I.O.) va (F.I.O.) ismli farzandlari tug‘ilgan. (F.I.O.) 1990-yil 4-noyabrda
vafot etgan.
Arizachi (F.I.O.) 1960-yil 1-may kunida tug‘ilgan, u fuqaro (F.I.O.) bilan 1991-
yil may oyida qonuniy nikohdan o‘tmagan holda turmush qurib, bir oila asosida
yashab kelgan. Ularning birgalikdagi turmushidan uch nafar – 1992-yilda (F.I.O.),
1993-yilda (F.I.O.) va 1998-yilda (F.I.O.) ismli farzandlari tug‘ilgan. 1992-yil 8-
yanvar kunida arizachi (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Mirobod tuman FHDYo bo‘limida 342-
son bilan ro‘yxatga olingan qonuniy nikohdan o‘tganlar.
Mirobod tuman Yangi Qo‘yliq MFY faollari ishtirokida 2012-yil 7-aprelda
tuzilgan dalolatnomada haqiqatan ham arizachining 1991-yil may oyida fuqaro
(F.I.O.) bilan o‘zaro turmush qurib, bir oila sifatida yashab kelishgani, 1991-yil may
oyidan beri (F.I.O.)ning 4 nafar farzandini tarbiyalab kelayotgani, Yangi Qo‘yliq
MFYning 2012-yil 6-apreldagi 580-sonli ma’lumotnomasida hozirgi kunda yetti
nafar farzandlari borligi qayd etilgan. Hozirda arizachi imtiyozli nafaqaga
chiqmoqchi bo‘lib Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Mirobod tuman bo‘limiga
murojaat qilganida, unga sudga murojaat qilish tushuntirilgan.
Haqiqatan ham arizachi (F.I.O.)ning 1991-yil may oyida (F.I.O.) bilan o‘zaro oila
qurishgani yuqorida ko‘rsatilgan dalillar bilan, chunonchi, Mirobod tuman Yangi
Qo‘yliq MFY dalolatnomasi va ma’lumotnomasi, farzandlarning tug‘ilish
guvohnomalari hamda guvohlarning ko‘rsatmasi bilan tasdiqlanadi. Binobarin, 1988-
yil 23-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 1991-yilda hali uch yoshda bo‘lgani,
arizachi (F.I.O.) ularni uch yasharligidan o‘z farzandi kabi qaramog‘iga olib tarbiyalab
kelgani sababli (F.I.O.) va (F.I.O.)larning 1991-yil may oyidan boshlab arizachining
qaramog‘ida bo‘lganlik fakti belgilab berilishi lozim, zero bu hol huquqiy oqibat
keltirib chiqaradi va ushbu faktni boshqacha yo‘l bilan belgilashning imkoniyati
mavjud emas.
Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, FPKning 283–285-, 203–206-moddalariga
asosan, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |