401
Aniqladi:
Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uy-
joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga
murojaat qilgan.
Sud majlisida da’vogar (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) da’vo talablarini
quvvatlab, Qonun bo‘yicha nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-
uy da’vogarga 1996-yil 2-maydagi vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishli
ekanligini, mazkur uyda da’vogar o‘z oilasi bilan yashab kelayotganini, javobgar
(F.I.O.) da’vogarning akasi ekanligini, javobgar (F.I.O.) va uning farzandlari Olmazor
tumani Talant ko‘chasi 8-uyda 16 yildan beri yashamasligini, javobgarlar shu kunga
qadar nizoli xonadonda istiqomat qilmasa-da, xonadonning doimiy ro‘yxatidan
chiqmaganini va uy bilan bog‘liq kommunal to‘lovlarni ham to‘lamasligini, hozirgi
kunda da’vogar javobgarlar uchun ham kommunal to‘lovlarni to‘lab kelayotganini,
javobgar (F.I.O.) nizoli xonadonda 1998-yildan beri yashamasligini, javobgarlar
(F.I.O.), (F.I.O.)lar nizoli uyda umuman yashamaganliklarini bayon qilib, da’vo
talablarini qanoatlantirishni hamda javobgarlar (F.I.O.) (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larni
nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan foydalanish huquqini
yo‘qotgan deb topishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olmay, ikki
yildan beri pasport ololmay yurganini, otasi (F.I.O.) ukasi bilan kommunal to‘lovlarni
kelishganini, hozirgi kunda nizoli uyda yashamasligini bayon qilib, da’vo arizani rad
qilishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olmay, akasi
javobgar (F.I.O.)ning ko‘rsatmalarini tasdiqlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi.
Sud majlislarining vaqti va joyi haqida bir necha marotaba ogohlantirilgan
javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.) sudga kelmadilar, kelmaslik sabablari haqida ma’lumot
bermadilar, bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etmadilar. Bunday holatda, sud
javobgarlarning kelmaganlik sabablari haqida ma’lumot yo‘qligi sababli sud uning
kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb, javobgarlar ishni qasddan cho‘zayotgan deb topadi
va ishni javobgarlarga nisbatan FPKning 174-moddasi talabiga binoan ko‘rib chiqishni
lozim deb hisoblaydi.
Sud da’vogarning bayonotini, javobgarlarning ko‘rsatmalarini tinglab, ish
hujjatlarini muhokama etib va to‘plangan dalillarga huquqiy baho berib, da’vo
talablarini asosli deb hisoblab, quyidagilarga ko‘ra uni qanoatlantirish lozim deb topdi.
Sudda aniqlanishicha, nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-
uy da’vogar – (F.I.O.)ga Toshkent shahar 1-sonli DNI notariusi (F.I.O.) tomonidan
1996-yil 2- mayda rasmiylashtirilib, qonun bo‘yicha rasmiy reestr kitobiga 639-son
bilan qayd etilgan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishlidir.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
402
Javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 1998-yildan buyon nizoli
xonadonda umuman yashamaydi. Biroq o‘tgan vaqt mobaynida javobgarlarning nizoli
xonadonga qaytib kirishi va doimiy yashashi uchun da’vogar yoki boshqa biror bir
shaxslar tomonidan to‘sqinlik ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, javobgarlarning o‘zi nizoli
xonadonga qaytishni istamagan va uzoq muddat davomida u yerda doimiy ravishda
istiqomat qilmagan.
Javobgarlar nizoli xonadonda doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lsa-da, biroq ularning
amalda ushbu manzilda istiqomat qilmasligi Toshkent shahar Olmazor tumani
“Olimpiya” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan dalolatnoma bilan o‘z
tasdig‘ini topdi.
Garchi, javobgarlar nizoli xonadonda istiqomat qilmayotgan bo‘lsa-da, shu
manzilda doimiy ro‘yxatda qayd qilinganligi tufayli da’vogar hozirgi kunga qadar
ularning o‘rniga ham kommunal xizmat va boshqa yig‘imlar uchun qo‘shimcha
to‘lovlar to‘lab kelmoqda. Bu holat esa da’vogarning moddiy ahvoliga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi bois, u javobgarlarni
nizoli xonadondan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqida da’vo arizasi
bilan sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq, fuqarolar
belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganligi oqibatida turar joydan foydalanish
huquqini olti oy davomida saqlab turadi. Mazkur masala sud majlisi jarayonida
muhokama qilinib, javobgarning uzrli sabablari yo‘qligi tufayli nizoli uyga belgilangan
olti oylik muddatini uzaytirish uchun asos yo‘q deb hisoblaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 54-moddasiga ko‘ra, fuqarolarni
belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganlari oqibatida munitsipal, idoraviy uy-joy va
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish
huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab
qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning da’vo arizasiga binoan sud tartibida
amalga oshiriladi.
Shunungdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Uy joy nizolari
bo‘yicha sud amaliyoti haqida” gi 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli qarorining 18-
bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq
ko‘ra, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining
uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan
doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida, turar joy olti oy muddat
davomida ularning hisobida saqlanadi.
Shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davr mobaynida uyda bo‘lmasligi
oqibatida turar-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topilishi manfaatdor
shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud yo‘li bilan amalga oshiriladi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
403
Bunday holatda, sud javobgarlarning uzrli sabablarsiz qariyb o‘n olti yildan ortiq
vaqt mobaynida nizoli xonadonda yashamayotganligini inobatga olib, da’vogarning
da’vo talablarini qanoatlantirishni hamda javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va
(F.I.O.)larni nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan
foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblashni lozim topdi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-
moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 11-, 32-, 54-moddalarini
hamda FPKning 174-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |