397
HAL QILUV QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
2014-yil avgust oyining 19-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar
Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya
(F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.) va
(F.I.O.)larga nisbatan uyga kiritish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-
3597/14 sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Aniqladi:
Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.) ga nisbatan uyga kiritish
haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talablarini quvvatlab, javobgar (F.I.O.)
bilan 2000-yil 26-aprelda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurishganini, birgalikdagi
turmushlaridan ikki nafar – 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-
fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari borligini, javobgar bilan Toshkent shahar
Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyda istiqomat qilganini, javobgar bilan
boshida yaxshi yashaganini, lekin keyinchalik o‘rtalarida kelishmovchiliklar yuzaga
kelganini, u bir necha bor oilani saqlab qolish uchun harakat qilganini, lekin javobgar
oxirgi
vaqtlarda
qattiq
o‘zgarganini,
javobgar
(F.I.O.)
2008-yil
20-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasining 3-qismi “a” va “v”
bandlari
bilan
sudlanib,
8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinganini, javobgarlar uni haydagani uchun
da’vogar farzandlarini olib uydan chiqib ketishga majbur bo‘lganini, 2014-yil mart
oyidan beri ota-onasining uyida, ya’ni, Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi 356-uyda
ikki nafar farzandi bilan yashab kelayotganini, nizoli xonadonda doimiy ro‘yxatda
turishini bayon qilib, suddan da’vogarni ikki nafar voyaga yetmagan (F.I.O.) va (F.I.O.)
bilan birgalikda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga
kiritib qo‘yishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talabini tan olmay, sudga o‘z
e’tiroznomasini taqdim qilib, unda da’vogar bilan 2000-yilda qonuniy nikohdan o‘tib
turmush qurganini, o‘rtalarida ikki nafar – 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va
2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari borligini, da’vogar bilan
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyda istiqomat qilganini,
da’vogar bilan bir oila bo‘lib yashayotgan davrda jinoiy jazoga tortilganini, 2014-yil 6-
fevralda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqanidan keyin o‘z uyi – Toshkent
shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kelganini, shundan keyin
da’vogar bilan biroz muddat birga yashashganini, lekin da’vogar javobgar va uning oila
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
398
a’zolari bilan urushib, janjal ko‘tarib uydan chiqib ketganini, oxirgi marta 2014-yil 1-
mart kuni uydan ketganini, hozirgi kunda da’vogar ikki nafar farzandini javobgarlarga
ko‘rsatmasdan uning otalik huquqini cheklayotganini, shuningdek, uy-joy talab
qilayotganini, lekin javobgar (F.I.O.)ning hozirgi kunda yashayotgan uy o‘zining mulki
emas, balki ota-onasining mulki ekanligini bayon qilib, da’vogarning da’vo talablarini
rad qilishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olmay, nizoli
uyga da’vogar 2000- yilda kelin bo‘lib tushganini, o‘g‘li bilan da’vogarning
birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar farzandlari borligini, da’vogar bilan 2011-yil
dekabr oyigacha yashaganini, 2014-yil 6-fevral kuni jazodan ozod bo‘lib, uyga
qaytganini, shundan so‘ng da’vogar bilan 3 kun birga yashaganini, ishga ketdim deb
qaytib kelmaganini, fevral oyining oxirlarida yana qaytib kelganini, janjal-to‘polon
qilganini, 2014-yil 1-mart kuni kasalxonaga yotganini, uning kasalxona xarajatlarini
o‘zlari to‘laganliklarini, da’vogarning nizoli uyga kirishiga qarshi ekanligini, da’vogar
uyga yashash uchun kirsa, ularga tuhmat qilishdan qaytmasligini, lekin nabiralarining
uyga kirishiga qarshi emasligini ta’kidlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi.
Sud majlisiga uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan (F.I.O.) da’vo arizani tan
olmay, da’vogar uning kelini ekanligini, uydan ketganiga 3 yil bo‘lganini, o‘g‘li
qamoqdan qaytganidan keyin da’vogar ham kelganini, ular 3 kun birga yashaganini,
keyin uydan chiqib ketganini, uni hech kim haydamaganini, o‘z xohishi bilan chiqib
ketganini, yana qaytib kelib biroz muddat yashaganini, 2014-yil 1-mart kuni
kasalxonaga yotganidan keyin nizoli uyda yashamayotganini, oxirgi marta uyda janjal
bo‘lganida eridan taloq so‘raganini, uning janjalda uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganini,
da’vogarning nizoli uyga kirishiga qarshi ekanligini, chunki u bilan yashashning
umuman imkoni yo‘qligini, nabiralarining kirishiga esa qarshi emasligini bildirib,
da’vo talablarini rad qilishni so‘radi.
Sud majlisida uchinchi shaxs (F.I.O.) bu oilaning kelini ekanligini, 2014-yil 1-
martdan oldin uyda janjal bo‘lganini, da’vogar uydan o‘z xohishi bilan chiqib
ketganini, uning uyga kirishiga qarshi ekanligini bildirdi.
Sud majlisida uchinchi shaxslar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar ham yuqoridagi
javobgarlarning va uchinchi shaxslarning ko‘rgazmalariga o‘xshash ko‘rgazmalar
berib, da’vo arizani rad qilishini so‘radilar.
Sud da’vogar va javobgarlar, shuningdek, uchinchi shaxslarning bayonotlarini
tinglab, ish hujjatlarini o‘rganib quyidagilarga ko‘ra da’vogarning da’vo arizasini
qanoatlantirishni lozim deb topadi.
Aniqlanishicha, nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi
60-uy 1991-yil6 iyundagi Oktabr rayon ijroqo‘mning 129/10-sonli qaroriga asosan
javobgar (F.I.O.)ga tegishlidir.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
399
Da’vogar (F.I.O.) va javobgar (F.I.O.) 2000-yil 26-fevralda qonuniy nikohdan
o‘tib turmush qurishgan va da’vogar (F.I.O.) nizoli Toshkent shahar Shayxontohur
tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kelin bo‘lib tushgan va shu yerda javobgarlar, ya’ni
turmush o‘rtog‘i hamda uning oila a’zolari bilan birga yashay boshlagan.
Birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va
2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor.
Da’vogar (F.I.O.) 2014-yil 1-martda javobgar bilan kelishmovchiliklar natijasida
nizoli uydan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Hozirda da’vogar nizoli xonadonga
qaytishga harakat qilgan, lekin javobgarlar uyga kirishga qarshilik qilayotganliklari
sababli sudga murojaat etishga majbur bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, uy, kvartira
mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar
ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa,
uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular
mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib
kiritishga haqlidirlar. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy
munosabatlarni tugatgan taqdirda ham, ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib
qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksning 52- va 54-moddalarida munitsipial,
idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan
fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida
saqlanib turishi, fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganlari oqibatida
munitsipial, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining
uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining
yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning da’vo
arizasiga binoan sud tartibida amalga oshirilishi, agar ijaraga oluvchi, uning oila
a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra
turar joyda olti oydan ortiq bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan
ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi
ko‘rsatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil 14-
sentabrdagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandiga
ko‘ra, “Mulkdorning oila a’zolari deb, u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va
ularning farzandlari tan olinadi”. Da’vogar (F.I.O.) nizoli uyda mulkdor bilan
yashagan, oila a’zosi bo‘lgan va unda shu uydan foydalanish huquqi shakllangan.
Ushbu holatda, sud da’vogar (F.I.O.)ning da’vo muddatini o‘tkazmagan holda
sudga murojaat qilganini, uning nizoli xonadondan foydalanish huquqi shakllanganini,
shu uyda doimiy ro‘yxatda turishini hamda nizoli xonadondan boshqa turar joyi
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
400
yo‘qligini inobatga olib, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni va uni ikki
nafar: 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.)
ismli farzandlari bilan birgalikda nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal
ko‘chasi 60-uyga kiritishni lozim deb topadi.
Shuningdek, sud davlat boji masalasini muhokama qilib, da’vogar tomonidan
sudga murojaat qilish vaqtida davlat boji to‘langanligini inobatga oladi va shu bilan
cheklanishni lozim deb topadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-
moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 116-, 180-, 219-
, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |