ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR
157
X BОB
Yuqorida ko‘rsatilgan vaqtdan keyin vujudga kelgan faktik nikoh
munosabatlari yuridik oqibat keltirib chiqarmaydi va bunday faktlarni
belgilash to‘g‘risidagi arizalar sud tartibida ko‘rishlik uchun qabul
qilinmaydi. Mazkur holatda er yoki xotindan biri sudga er-xotinlik
munosabatlarida bo‘lganlik fakti haqida emas, balki birovning qaramog‘ida
bo‘lganlik faktini belgilash to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Agar er-xotindan biri 1944-yil 8-iyulgacha boshqa faktik nikohga
kirgan yoki bir vaqtning o‘zida qonuniy nikohda bo‘lgan bo‘lsa,
shuningdek, bu munosabatlar tomonlardan birining vafotiga qadar
tugatilgan bo‘lsa, bunday faktlarni sud belgilashi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |