Er-xotindan birining o‘limi natijasida fuqarolik holati aktlarini
qayd etish organlarida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmay
qolsa, qonunda belgilangan hollarda, ularning, haqiqatda, er-xotinlik
munosabatlarida bo‘lganlik faktini belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Yuridik ahamiyatga
ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandida belgilanishicha, O‘zbekiston SSR Oliy
Soveti Prezidiumining 1944-yil 22-avgustdagi Farmoniga ko‘ra, faktik
nikoh munosabatlarida bo‘lganlik fakti faqat bunday munosabatlar 1944-yil
8-iyulgacha vujudga kelgan bo‘lsa va nikohni fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd qilish organida er-xotindan birining vafoti tufayli
ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmasagina belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |