2-§. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar
bo‘yicha sudga beriladigan da’vo arizalari, sud tomonidan
chiqariladigan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va ularni
rasmiylashtirishning protsessual tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligiga ko‘ra,
quyidagilar mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga
murojaat qilish huquqiga egadirlar:
1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik
organi;
2) mehnat huquqi bo‘yicha inspektor;
3) ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi
bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, unga xodim tomonidan
yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;
4) prokuror.
Do'stlaringiz bilan baham: |