FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
477
Ajrim namunasi
AJRIM
2012-yil oktabr oyining 15-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar
Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya
(F.I.O.), (F.I.O.) ning kotibligida, arizachi (F.I.O.) ning hakamlik sudining hal qiluv
qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib,
sud quyidagilarni
Aniqladi:
Sudga (F.I.O.) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish haqidagi arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Sud majlisida (F.I.O.) arizasini qo‘llab-quvvatlab, O‘zHSA Toshkent shahar
huzuridagi Hamza tumani doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi sudi tomonidan javobgar
(F.I.O.)dan o‘zining foydasiga 3.000.000 so‘m asosiy qarz, 300.000 so‘m hakamlik
yig‘imi va 5.000 so‘m pochta xarajatlari undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi yuzasidan
10-7/10-07-0087-sonli hakamlik ishi bo‘yicha 2012-yil 29-mart kuni bilan hal qiluv
qarori qabul qilinganligini, hakamlik sudining hal qiluv qarorini javobgar ham
olganligini, javobgar ko‘rsatilgan muddatda va uning tomonidan bir necha bor qilgan
murojaatlarini inobatga olinmay paysalga solib kelayotganini bayon qilib, arizasini
qanoatlantirishni hamda “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 50-moddasiga
asosan Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqa
berishni so‘radi.
Sudga javobgar (F.I.O.) tegishli tartibda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan
noma’lum sabablarga ko‘ra kelmaganligi va kelmaslik sabablarini sudga ma’lum
qilmaganligi sud mazkur ishni javobgar (F.I.O.) ning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim
deb topadi.
Sud arizachi (F.I.O.) ning ko‘rsatmalarini tinglab, ish hujjatlari bilan tanishib
chiqib va ularga huquqiy baho bergan holda quyidagi xulosaga keladi.
Aniqlanishicha, O‘zbekiston HSA Toshkent shahar filiali huzuridagi Hamza
tuman doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tomonidan ko‘rilgan hakamlik
sudining 2012-yil 29-mart kungi hal qiluv qaroriga asosan, javobgar (F.I.O.) dan
da’vogar (F.I.O.) ning foydasiga jami 3.305.000 so‘m undirilgan.
FPKning 309
9
-moddasiga asosan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy
ijro etish uchun ijro varaqa berish to‘g‘risidagi masala hakamlik sudining hal qiluv
qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa,
o‘sha tarafning arizasiga binoan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqa berish
to‘g‘risidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki joylashgan yerdagi yoxud, agar
qarzdor yashaydigan joy yoki joylashgan yer noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki
turgan joydagi sudga beriladi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
478
FPKning 309
11
-moddasiga muvofiq, hakamlik sudining hal qiluv qarorini
majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza FPKda nazarda tutilgan
qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan
mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud, da’vogarning arizasi va taqdim etilgan materiallarni o‘rganib chiqib,
shuningdek, hakamlik sudining qarori amaldagi fuqarolik protsessual qonunchilik
talablariga muvofiq chiqarilganligini inobatga olib, arizani qanoatlantirib, hal qiluv
qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni lozim deb hisoblaydi.
Shuningdek, FPKning 116-moddasi hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga
chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga
tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan
hamma xarajatlarni undirib beradi.
Bunday holatda sud javobgar (F.I.O.)dan da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga sudga
hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish
haqidagi ariza bilan murojaat qilganligi uchun to‘langan 144.710 so‘m miqdoridagi
davlat bojini undirishni lozim deb topadi.
Yuqoridagilarga binoan,
FPKning 116-, 309
9
–309
11
-, 237-238-moddalarini
qo‘llab, sud
Ajrim qiladi:
(F.I.O.)ning hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasi berish haqidagi arizasi qanoatlantirilsin.
O‘zbekiston HSA Toshkent shahar filiali huzuridagi, Hamza tumanida doimiy
faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga
nisbatan qarz undirish haqidagi 2012-yil 29- martdagi 10-7/10-07-0087-sonli hal qiluv
qaroriga asosan ijro varaqasi berilsin.
Javobgar (F.I.O.)dan javobgar (F.I.O.)ning foydasiga sudga hakamlik sudining
hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ariza bilan
murojaat qilganlik uchun to‘langan 125.840 (bir yuz yigirma besh ming sakkiz yuz
qirq) so‘m miqdoridagi davlat boji undirilsin.
Ajrimdan norozi tomonlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish
to‘g‘risidagi ushbu ajrim ustidan shu sud orqali Toshkent shahar sudiga xususiy
shikoyat berishi yoki prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.
Raislik etuvchi sudya:
imzo
(F.I.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: