Javobgar (F.I.O.)ni voyaga yetmagan 2007-yil 10-iyun kuni tug‘ilgan (F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
382
SIRTDAN HAL QILUV QARORI
O‘ZBKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida 2009-yil
sentabr oyining 16-kunida raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida,
Mirobod tuman prokurori yordamchisi (F.I.O.) ishtirokida, da’vogar Mirobod tuman
prokurorining javobgar (F.I.O.)ga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilish
to‘g‘risidagi da’vosi bo‘yicha fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Aniqladi:
Mirobod tuman prokurori sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, tuman
prokuraturasi tomonidan moddiy ta’minotga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarga
aliment pullarining o‘z vaqtida undirilishi ahvoli yuzasidan tekshirish o‘tkazilganini,
Mirobod tuman “Madaniyat” MFY yashovchi (F.I.O.) Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Mirobod tumanlararo sudining 2009-yil 20-fevral kunidagi sud buyrug‘iga asosan,
moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan (F.I.O.) va (F.I.O.) ismli
farzandlarining moddiy ta’minoti uchun muntazam ravishda aliment to‘lab borishi
lozim bo‘lsa-da, javobgar (F.I.O.) bir necha marta ogohlantirilgan bo‘lishiga
qaramasdan 2009-yil fevral oyidan beri turli bahonalar bilan farzandlarini moddiy
ta’minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotganligini bildirib, javobgar (F.I.O.)ni
voyaga yetmagan farzandlari (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan otalik huquqidan mahrum
qilishni so‘ragan.
Sud majlisida da’vogar Mirobod tuman prokurori yordamchisi (F.I.O.) da’voni
quvvatlab, haqiqatan ham tuman prokuraturasi tomonidan moddiy ta’minotga muhtoj
bo‘lgan voyaga yetmaganlarga aliment pullarini o‘z vaqtida undirilishi ahvoli
yuzasidan tekshirish o‘tkazilganini, (F.I.O.) Mirobod tumanlararo sudining 2009-yil
20-fevral kunidagi sud buyrug‘iga asosan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga
yetmagan (F.I.O.) va (F.I.O.) ismli farzandlarining moddiy ta’minoti uchun muntazam
ravishda aliment to‘lab borishi lozim bo‘lsa-da, javobgar (F.I.O.) bir necha marta
ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2009-yil fevral oyidan beri turli bahonalar
bilan farzandlarini moddiy ta’minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotganligini
bildirib, javobgar (F.I.O.)ni voyaga yetmagan farzandlari (F.I.O.) va (F.I.O.)ga
nisbatan otalik huquqidan mahrum qilishni so‘rab bayonot berdi.
Javobgar (F.I.O.) sud majlisiga bir necha marta chaqirilganiga qaramasdan,
noma’lum sabablarga ko‘ra, sudda hozir bo‘lmadi, o‘zining sudga kelmaslik
sabablarini bildirmadi, ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan
murojaat qilmadi. Bunday holatlarda sud javobgarning sudga kelmaslik sabablarini
uzrsiz deb topib, ishni FPKning 224-moddasi asosida unga nisbatan sirtdan ko‘rish
to‘g‘risidagi xulosaga keladi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
Do'stlaringiz bilan baham: