Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan
paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda
belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida
berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining
2003-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari
ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi 19-
sonli qarorida belgilanishicha, boshqa shaxslarning huquqlarini va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish
maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki
ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizalar, shuningdek,
prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi
arizasi FPKning 149-moddasi talablariga javob berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |