ish yuritishni tugatish (FPKning 100–101-moddalari); sud buyrug‘ini
chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish (FPKning
238
5
-moddasi); sud buyrug‘ini bekor qilish (FPKning 238
10
-moddasi);
protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash (FPKning 130-moddasi).
Ushbu ajrimlar orqali murakkab masalalar hal qilinadi va ular ustidan
shikoyat qilinishi mumkin.
Yuridik adabiyotlarda alohida protsessual hujjat shaklida chiqariladigan
ajrimlar sud hal qiluv qarorlari kabi quyidagi to‘rt qismdan iborat bo‘lishi
haqida fikr-mulohazalar ilgari suriladi: kirish; bayon; asoslantiruvchi va
xulosa qismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |