Loyiha titul «Tasdiqlayman»



Download 1,41 Mb.
bet12/153
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#271791
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153
Bog'liq
Uzviy matematika 30.04.2021

estetik talablar:

imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;

matnlar o‘quvchi-yoshlarga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi;

bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;

rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.



  1. gigienik talablar:

matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo‘lishi;

harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim.

2-§. Matematik ta’lim tizimining moddiy-texnik ta’minotini
mustahkamlash


Matematik ta’lim moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

Maktabgacha ta’lim tizimida.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, jumladan maktabda “matematika” fanida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tiladigan mashg‘ulotlarda shakllantiradi. Ushbu bilim va ko‘nikmalarni samarali shakllantirish uchun quyidagilarni mustahkamlash zarur:

O‘quv-metodik hamda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv uskunalar bilan jihozlash;

maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning ijtimoiy javobgarligini oshirilishi, moliyalashtirish manbalarining kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishi;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda moliyalashtirishni zaruriy darajada amalga oshirilishi, maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Umumiy o’rta ta’lim tizimida.

“Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi zamonaviy auditoriyalarni (sinflarni) barpo etish;

Auditoriyalarni zamonaviy mebel, jihozlar, asbob-uskuna va moslamalar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter, interaktiv doska, planshet va multimedia texnikalari, internet, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni ta’minlash, ularning o‘z vaqtida yangilab borish choralarini ko‘rish;

Auditoriyalarni jihozlanish darajasini xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv uskunalari (asbob-uskuna va moslamalar, zamonaviy didaktik materiallar) bilan ta’minlash;

davr talabi hamda o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda dolzarb kasblarning birlamchi asoslarini o‘rgatish uchun to‘garaklar, shu jumladan STEAM yo‘nalishlari moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash;

xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda foydalanish.

Oliy ta’lim tizimida.

Jahon oliy ta’lim tizimidagi matematik ta’lim yo‘nalishiga oid yetuk zamonaviy kadrlar tayyorlash davlat dasturi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda malakali mutaxassislar tayyorlashda yangi turdagi zamonaviy o‘quv ishlab chiqarish majmualarini (laboratoriya) barpo etish;

Auditoriya hamda amaliy (laboratoriya) xonalarini zamonaviy mebel, jihozlar, asbob-uskuna va moslamalar, o‘quv-uslubiy materiallar, laboratoriya jihozlari, kompyuter, interaktiv doska, planshet hamda multimedia texnikalari, internet, videokuzatuv tizimlari, masofaviy o‘qitish jihozlari, 3D printer bilan ta’minlash, ularni o‘z vaqtida yangilab borish choralarini ko‘rish;

Fanlarni o‘qitish uchun ilmiy tadqiqot va laborotoriya tajribalarini o‘tkazish ob’ektlarni belgilash va jihozlanish darajasini xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv metodik ta’minot bilan yaxshilash;

masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish;

oliy ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz ta’minlash, talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish;

talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish