Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   548
 

Portlovchi moddalarni tekshiruv 

 

Portlovchi moddalar va ulardan yasalgan qurilmalarni tadqiq qilish 



tobora ko‘proq uchramoqda. Bu vazifani bajarish maxsus bilim, uslub va 

texnika vositalarini talab qiladi. 

Mazkur  ekspertiza  hal  qiladigan  masalalar  asosan  uch  turda 

bo‘ladi. 



Birinchi  guruhni  portlovchi  moddalar,  ular  qo‘llanilga  joy, 

portlashdan qolgan izlarni aniqlashni tashkil qiladi. 




 

105 


Ikkinchi  turdagi  vazifalar  portlatish  qurilmalarining  tuzilishi, 

ishlatilgan  portlovchi  moddaning  turi,  miqdori,  portlatish  vositasi  va 

uslubi hamda boshqa tasvirlovchi xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. 

Uchinchi guruh vazifalariga quyidagilar kiradi: 

-  portlatish uchun tayyorgarlik ko‘rilganlik holatini aniqlash; 

-  portlatish  oqibatlari  yoki  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan 

oqibatlarni belgilash; 

-  hodisa joyining portlatishdan avvalgi holatini tiklash; 

-  portlatish qurilmasi o‘rnatilgan joyni aniqlash; 

-  portlovchi  moddalarning  o‘z-o‘zidan  o‘t  olishi  mumkinligini 

aniqlash; 

-  bir 

necha 


joylarda 

har 


xil 

vaqtlarda 

sodir 

bo‘lgan 


portlatishlarning o‘zaro o‘xshashligi - bog‘liqligini aniqlash; 

-  ekspertizaga  yuborilgan,  ob’ektlarda  portlatish  moddalarning 

qoldiqlari  mavjudmi,  agar  bor  bo‘lsa  ularning  turi,  hususiyati  va 

ishlatish sohasi; 

-  portlatish  qurilmasi  va  uning  qismlarini  tayyorlash  va  ishlatish 

usluji;  

-  portlatish  qurilmasini  o‘t  oldirish  usuli  va  uni  amalga 

oshirishning oldinma-ketinligi; 

-  portlatilgan trotilning hajmiga ko‘ra portlash kuchi;  

-  portlatish  qurilmasi  sanoat  ishlab  chiqarishida  tayyorlangan 

bo‘lsa,  uning  turi,  markasi  (artilleriya  snaryadi,  mina,  granat  yoki 

yasama vositalar); 

-  portlatish  qurilmasi  qo‘lda  yasalgan  bo‘lsa,  uni  bajargan 

shaxsning bu sohadagi mutaxassislik malakasi. 

Mazkur portlash moddalari turkumiga tutunsiz yonadigan poroxlar 

(masalan,  peraksinil,  nitroglitserin)  va  tutunli  poroxlar  kiradi.  SHuni 

eslatib  o‘tish  joizki,  dutsiz  yonadigan  poroxlarning  ba’zi  turlari  uning 

detonatsiya  kuchi  (yonish  tezligi)  ularning  qoplamaga  joylanish  va 

birlamchi  portlovchi  moddaning  kuchiga  bog‘liq  ravishda  bir  necha 

km/sekni tashkil qilishi mumkin. Dutli poroxlarning yonish tezligi yopiq 

qoplama  hajmiga  joylashtirilgan  bo‘lsa,  maksimal  darajasi  400  m/s  ni 

tashkil etadi. 

Pirotexnik 

qo‘shilma  moddalar  tarkibini  turli  mexanik 

aralashmalar,  achitqich,  yonilg‘i,  ularni  bog‘lovchi  moddalar  tashkil 

qiladi. Bular asosan yorug‘lik tovushi va tutun effektlarini hosil qilishga 

mo‘ljallangan  vositalardir.  Mazkur  moddalar  yonish  tezligi  mm 

bo‘lagidan  bir  necha  sm/sek.ni  tashkil  etadi,  shuning  uchun  ularning 




 

106 


portlash  kuchi  minimal  darajaga  egadir.  Lekin  ba’zi  xlorat,  perxlorat, 

pirotexnik birikmalari va shuningdek, brizantli portlovchi moddalarning 

qo‘shilmalari  mavjud  bo‘lgan  birikmalar  ma’lum  sharoitlarda  kuchli 

detonatsiyaga  aylanib  ketishi  mumkin.  Mazkur  perotexnik  birikmalar 

berk  va  mahkam  bo‘lgan  qoplama  hajmiga  joylashtirilgan  hollarda 

ularning  yonish,  o‘t  olish  tezligi  bir  muncha  yuqorilashtirilganligi 

kuzatilgan. 

Portlash  qurilmasi  deganda  maxsus  ishlangan  va  ma’lum 

sharoitlarda  portlash  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  turli  qurilmalar 

tushuniladi. 

Bular  ishlanishi  va  tuzilishi  bo‘yicha  sanoatda  yoki  qo‘lbola 

usulda tayyorlangan bo‘ladi. Portlatish qurilma (moslama)larning birorta 

qismi qo‘lda yasalgan yoki ayrim qismlari sanoat normalari belgilangan 

tartibdan  tashqari  usulda  yig‘ilgan  bo‘lsa,  yasama  qurilmalar  bo‘lib 

hisoblanadi. 

Pirotexnik  ekspertiza  ob’ektlariga:  detonator  kapsullari,  elektr-

detonatorlar,  olov  o‘tkazuvchi  shnurlar,  qo‘l  granatalari,  shuningdek, 

trotil shashkalari, ammonit zaryadlari, portlovchi paketlar kiradi.  

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish